Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Suv ta’minoti tizimida ishlatiladigan armatura va quvurlar
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
Suv ta’minoti tizimida ishlatiladigan armatura va quvurlar.
Tayanch so‘z va iboralar:quvurlar, armaturalar, zajvijka, ventil, kranlar,quvurlar Quvurlarga bir talay talablar qo‘yiladi. Hozirgi paytda qurilayotgan suv tarmoqlari va suv uzatish quvurlari murakkab yechimlar bilan farqlanishi katta hajmdagi qurilish va yig‘ish ishlarini talab qilishini e’tiborga olsak, qurish va yig‘ish ishlarini bundan buyon industrlashtirish lozim. Bu o‘z o‘rnida korxonalarda tayyorlanayotgan yig‘ma konstruksiyalardan foydalanishni taqozo etadi. Bu talablarga ma’lum miqdorda industrial usulda tayyorlanadigan quvurlar javob beradi. Ularni bir-biriga ulash yengil va ishonchlidir. Suv bilan ta’minlashning xo‘jalikichimlik tizimi uchun quvurlar materiali O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya bosh boshqarmasi tomonidan ruxsat etilgan talablarga javob berishi lozim. Foydalanish chog‘ida quvurlar ko‘pgina omillar ta’sirida bo‘lishi mumkin, ular quvurlarning ishlashiga yomon ta’sir qiladi, shu bois materiallarni tanlashda bu omillar e’tiborga olinishi lozim. Quvurlar korroziyaga chidamli bo‘lishi kerak. Quvurlar materiallari va ularning ustki va ichki qoplamlarining har birini aniq qurish va foydalanish sharoitini e’tiborga olgan holda to‘g‘ri tanlash, ulardan foydalanish muddatini uzaytiradi va ishlatish uchun sarflanadigan mablag‘ni kamaytiradi. Quvurlar ichki yuzasining g‘adir-budurliklari suvni oqizish uchun sarflanadigan quvvatga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Shu sababli quvurlarning ichki yuzasi silliq va foydalanish davrida o‘zgarmasligi kerak. Bu ko‘rsatkich quvurning materiali, uni tayyorlash texnologiyasi, oqiziladigan suv sifatida ichki qoplamasining o‘zgarish-o‘zgarmasligiga bog‘liq bo‘lad Quvurlar ishlatilishi davrida korroziyaga uchraydi. Metall quvurlarning ishonchli va samarali ishlatilishi mezoni asosan ularning korroziyadan saqlanish darajasi bilan belgilanadi. Ichki korroziya quvurlarning zanglashi natijasida teshilishi bilan birga ularning ichki yuzasining g‘adir-budurligini oshiradi, natijada quvurlarning suv o‘tkazish samaradorligi pasayadi. Ba’zi bir hollarda ularning gidravlik qarshiligi hisoblab aniqlansa, 8— 9 barobar ortiq bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi suv ta’minoti tarmoqlaridan foydalanish muddatini qisqartiradi. Tuzatish, qaytadan, yetkazish va qo‘shimcha quvurlar olib kelish uchun qo‘shimcha mablag‘ sarflashga olib keladi. Metall quvurlarni korroziyadan saqlash uchun faol va sust usullar qo‘llaniladi. Quvurlarning ustki va ichki yuzasini izolyatsiyalash yoki quvurlarni maxsus qobiq bilan yopish sust usul, elektrik himoyalash esa faol usuldir. Quvurlarning ichki yuzasida polimerli yuza hosil qilish uchun bir qator davlatlarda ta’mirlash — qayta tiklash ishlari olib boriladi, bunda foydalanilayotgan quvurlar ichidan polimer quvurlarni sudrab olib o‘tish usulidan foydalaniladi. Oxirgi 15—20 yil ichida yuzasini bo‘yoqlash usuli keng qo‘llanilmoqda. Metall quvurlarni korroziyadan saqlashda katodli himoyalash faol usulga kiradi. Bu usul korroziyalanishning elektrokimyoviy nazariyasiga asoslangan. Bu usulga ko‘p elektr quvvati sarflanishini inobatga olsak, bu usul quvurlarni qo‘shimcha himoyalashda foydalanilgan ma’qul. Elektrokimyoviy usulga quvurlarni rux bilan qoplash ham kiradi Shahar va sanoat suv o‘tkazish tarmoqlaridan foydalanishni ta’minlash uchun har xil armaturalar bilan jihozlanadi, tashqi suv o‘tkazish tarmoqlarida asosan quyidagi turdagi armaturalar ishlatiladi: 5 0 a) berkituvchi va boshqaruvchi — zulfinlar, ventillar va boshqalar; b) suv ajratish — ko‘chadagi suv ajratish kolonka va jo‘mraklari, yong‘in gidrantlari; d) ehtiyot qiladigan — ehtiyot qiladigan hamda teskari klapan va havo vantuzlari (havo kiritish va chiqarish uchun). Quvurdagi armaturalarning turi va ko‘rsatkichlarini tanlash suv ta’minoti tizimining sxemasiga, nasos asbob-uskunalari va suv iste’molchilariga bog‘liq. Berkituvchi armaturalar suv uzatish bo‘limlarini, tarmoqlari va nasos qurilmalarini ta’mirlash, o‘chirish uchun ishlatiladi. Buning uchun zulfin va egiladigan to‘siqlar qabul qilinadi. Zulfinlar to‘sish a’zolarining tuzilishi bo‘yicha parallel va ponali bo‘ladi (IV.1-razm). Parallel zulfinlarda qobig‘idagi suv yo‘lini bir-biri bilan ulangan harakatdagi disk yopadi va ular orasida joylashgan bitta yoki ikkita pona yordamida ikki tomonga suriladi. Qobig‘idagi va diskdagi zichlaguvchi halqalar bir-biriga parallel va zulfin o‘qiga tik joylashgan (IV.1a, b-rasm). Ponali zulfinda qobig‘idagi suv o‘tish yo‘li dumaloq disk bilan berkitiladi, ular uyasi qobig‘idagi engashgan zichlaguvchi halqalar orasida siljiydi. Zulfinlarning ikkala turida ham shpindellar chiqadigan va chiqmaydigan qilib tayyorlanadi. Birinchisining umumiy balandligi yuqori bo‘ladi. Zulfinlarning diametri 50—2000 mm oralig‘ida bo‘lib, bosimga chidash qiymati 0,25 dan 6,4 Mpa bo‘ladi. Katta diametrli zulfinlar aylanma qurilma bilan jihozlanadi. Bu qurilmalar to‘siqdan oldingi va keyingi bosimni muvozanatga keltiradi va shu bilan zulfinni ochishni osonlashtiradi. Ular qo‘lda gidravlik va elektrik aylantiriladigan bo‘lishi mumkin. Berkitish armaturalari uchun aylanadigan to‘siqlardan ham keng foydalaniladi. Aylanadigan diskli to‘siqlar diametri 50— 2400 mm bo‘lib, qo‘lda, elektr va gidravlik aylanadi, bosimga chidamliligi 0,25—1 MPa. Ehtiyot qiladigan armaturalar uchun teskari klapanlar qabul qilinadi, ularning diametri 50—1000 mm bo‘lib, 0,25—4,0 MPa bosimga mo‘ljallangan. Hozirgi vaqtda yopilishi boshqariladigan, diametri 200—1000 mm bo‘lgan teskari klapanlar ishlab chiqarilmoqda. Ular tarmoqlarda suvning teskari oqimi paydo bo‘lganda, quvurlarn zarbasiz o‘chirish uchun mo‘ljallangan va avtomatlashtirilgan nasos bekatlariga o‘rnatiladi. Suv ta’minoti tizimlarini tanlangan tartibda ishlashini ta’minlash uchun suv bosimlari klapanlar yordamida, shu bilan birga bosimni boshqarish qurilmalari yordamida boshqarib turiladi. Bosim boshqaruvchilariga aylanadigan to‘siqlar va halqali zulfinlar asos bo‘ladi. Boshqaruvchilar tuzilish konstruksiyasiga ko‘ra, bosimni «o‘zidan oldin» yoki «o‘zidan keyin» avtomatik ravishda ushlab turishi mumkin. Boshqaruvchilarning ikkala turi ham cho‘yandan richagli flansli tayyorlanadi. Bosimga chidamliligi 1,6 MPa. Tuzilishi bo‘yicha ikkala turdagi bosim boshqaruvchilari asosan bir xil (o‘zidan oldin) bo‘lib, bosim boshqaruvchida ikki seksiyali klapani pastdan yuqoriga (klapan ko‘tarilganda), o‘zidan keyin bosim boshqaruvchida yuqoridan pastga (klapan pastga tushganda) yopiladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling