Bosim orttiruvchi nasos uskunasi


Suv ta’minoti tarmog‘ini yotqizilish chuqurligi va ularning xususiyatlari


Download 1.6 Mb.
bet42/94
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1531109
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
Bog'liq
Binnnooooooo

Suv ta’minoti tarmog‘ini yotqizilish chuqurligi va ularning xususiyatlari.
Tayanch so‘z va iboralar: muzlash chuqurligi, trubadagi suvning harorati, mexanik ta’sirlar, minimal chuqurlik, suv ta’minoti tarmog‘ini sinash va ishga tushirish.Hovli suv ta’minoti tarmog‘i yer tagidan o‘tkaziladi. Quvurlarni qanday chuqurlikda o‘tkazish kerakligi ayni hududda yerning muzlash chuqurligiga bog‘liq. Ichimlik suv quvurlarini turar joy binolariga o‘tkazish chuqurligi shahar tashqi suv ta’milash tarmog‘ining o‘tkazish chuqurligiga teng bo‘lishi lozim. Tarqatish tarmog‘i yerning muzlash chuqurligidan 40 sm pastroq o‘tkaziladi. Janubiy hududlarda quvurlarni o‘tkazish chuqurligini tanlashda issiq kunlari quvurdagi suv isib ketmasiligini ham hisobga olish lozim. Quvurlarni o‘tkazishda yer ustidan quvur ustigacha bo‘lgan o‘rtacha chuqurlik: shimoliy hududlar uchun 2,2–2,7 m, markaziy va janubiy hududlar uchun 1–1,5 m ni tashkil etadi. Agar quvur uncha chuqur o‘tkazilmasa, qatnaydigan transportdan tushadigan tashqi zo‘riqishlarni hisobga olish va quvurlarining mexaniq shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish kerak. Suv ta’minlash quvurlarining oqova suv quvurlari bilan kesishgan joylarida suv ta’minlash liniyalari kanalizatsiya tarmoq- 16 laridan kamida 0, 4 m balandlikda o‘tkaziladi. Suv ta’minlash va oqova suv quvurlarining bir sathda o‘tkazilganida quvurlar devorlari orasidagi masofa diametri 200 mm gacha bo‘lgan quvurlar uchun kamida 1,5 m, katta diametrli quvurlar uchun kamida 3 m bo‘lishi kerak
Suv ta’minoti tarmog‘ining uskunalari.
Tayanch so‘z va iboralar: trubalar, cho‘yan truba, po‘lat truba, asbestosement truba, temir-beton trubalar, trubalarning ulanishi, zadvijka suv beruvchi kolonka, gidrantlar, vantuzlar, saqlovchi klapan, qaytma klapan, reduksion klapan.

Zulfinlar (zadvijka) – berkitish yoki boshqarish a’zolari diska shaklida bo‘lib, zichlangan qobig‘ bo‘ylab oqim o‘qiga perpendikular holatda harakat qiladi. Zulfinlar to‘la o‘tadigan va qisqartirilgan bo‘ladi. Qisqartirilganlarida zichlash halqalarning diametrlari 31 quvurning diametridan kichik bo‘ladi. Berkitish a’zosining (gardishining) tuzilishi bo‘yicha ponali va parallelli turlarga bo‘linadi, shpindellari (qobiq ichidagi gardishga ulangan o‘q) pastdan yuqoriga ko‘tariladigan va ko‘tarilmaydigan bo‘lad


Sozlovchi armatura sifatida qo‘zg‘aluvchan zolotnikli nasadkalar ishlatiladi, uning nisbiy sozlanishi prujina yordamida ochiladi. Saqlab qolish armaturasiga saqlab qolish klapanlari, teskari klapanlar va havo to‘plagichlar kiradi. Saqlab qolish armaturasi quvurlar va uskunalarni gaz va suyuqlikning ortiqcha va yo‘l qo‘yilgan bosimidan himoya qiladi. 46 Quvurlar tizimidagi yo‘l qo‘yilgan ishchi bosim ko‘payib ketganida, saqlab qolish klapani avariyaning oldini olish maqsadida avtomatik ravishda ishchi muhitdagi ortiqcha bosimni chiqarib tashlaydi. Klapanlar ochiq va yopiq bo‘ladi. Yopiq turdagi ishchi muhit suvquvurga uloqtiriladi. Bunday holda klapan germetik bo‘lib, bosimga qarama-qarshi ishlaydi. Suv olish armaturasi – ko‘zda tutilmagan va suzadigan suv sarfining asosiy manbasidir. Vazifasiga ko‘ra suv olish armaturasi shaxsiy suv oluvchi armaturalarga (hojatxonadagi qo‘l yuvish jo‘mraklari, umivalnikdagi, rakovinadagi va vannadagi aralashtirishlari) va to‘ldiruvchilarga (yuvish bakchalaridagi suzib yurish klapanlari) ega
Sovuq suv tizimining armaturalari quyidagi turlarga bo‘linadi: – ishlatilishi bo‘yicha bekituvchi, saqlovchi, ko‘rsatuvchi, tekshiruvchi, boshqaruvchi, maxsus; – tayyorlangan materiali bo‘yicha cho‘yan, po‘lat, maxsus po‘lat, zanglamaydigan po‘lat, rangli metallar, plastmassa, maxsus qoplamali; – boshqarish mexanizmi bo‘yicha qo‘lda, mexaniq, elektrli, elektromagnitli, gidravlik, pnevmatik; – zichlovchi va berkituvchi a’zolarining turi bo‘yicha; – armaturalarni quvur tarmoqlariga ulash bo‘yicha flanesli, muftali (ichki rezbasi bilan), payvandlangan, tashqi rezbasi bilan; – qopqoqlarining konstruksiya bo‘yicha boltli, rezbali, shpilkali; – salnik va shpindellarining konstruksiyasi bo‘yicha; Ishlashi bo‘yicha armaturalar aylantiriladigan (jo‘mrak, ventil, zulfin) va o‘zi ishlaydiganlar (bosim va sarfni tartibga soluvchi qurilma, kondensat uzatuvchilar, teskari klapanlar)ga bo‘linadi. Boshqariladigan armaturalar boshqarilish usuliga qarab, qo‘l bilan aylantiriladigan va masofadan boshqariladigan turlarga bo‘linadi. Qo‘l bilan aylantirib boshqariladigan armaturalarda shpindelga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki reduktor orqali harakatni uzatuvchi shtokka o‘rnatilgan maxovik yoki dastakni aylantirish yo‘li bilan boshqariladi. Aylantiriladigan armaturalarda aylantiruvchi qurilma bevosita armaturaning ustiga o‘rnatilgan bo‘ladi. Masofadan boshqariladigan aylantiruvchi qurilmalar elektr, elektromagnit, membranali yoki elektroboshqarish mexanizmi, pnevmatik, gidravlik, sifonli pnevmatik va pnevmagidravlik usullarda ishga tushirilishi mumkin. Quvur tarmoqlariga armaturalarni muftali (ichki rezbasi bilan yoki tashqi rezbasi bilan), flanesli va quvurga payvandlangan holda o‘rnatish mumkin. Flanesli armaturalar qo‘ng‘ir cho‘yandan va 27 qora cho‘yandan yasalgan bo‘ladi. Qo‘ng‘ir cho‘yandan tayyorlangan armaturalar ichki bosim 0,6 MPa gacha va harorat 100 ºC dan oshmaganda ishlatiladi va qora cho‘yandan tayyorlanganlari ichki bosim 1,6 MPa gacha va harorat 150 ºC gacha bo‘lganda qabul qilinadi. Po‘latdan yasalgan payvandlangan armaturalarni quvur tarmog‘ida mustahkamligiga va biriktirish zichligiga (issiqlik punktlarida) qo‘yilgan talab yuqori bo‘lganda ishlatiladi

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling