Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Quvurlarning diametri ulardagi suvning tejamkor harakatlanish tezligini hisobga olgan holda tanlanadi, bunda qurilish va foydalanish xarajatlari minimal bo'ladi
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqni hisoblash uchun uning konfiguratsiyasi, bolimlarning uzunligi va tugunlarda suv olish har doim malum (sozlangan). Suvta’minotiarmaturalarivaquvurlari.
Quvurlarning diametri ulardagi suvning tejamkor harakatlanish tezligini hisobga olgan holda tanlanadi, bunda qurilish va foydalanish xarajatlari minimal bo'ladi.
Suv ta'minoti tarmoqlari 100-350 mm diametrli quvurlar uchun 0,7-1,2 m / s va 400-1000 mm diametrli quvurlar uchun 1,0 -1,5 m / s tezlikda eng tejamkor hisoblanadi. Yong'in suvi oqimining o'tishi uchun tarmoqni hisoblashda tezlikni 2,5 m / s gacha oshirishga ruxsat beriladi. Tarmoqni hisoblash uchun uning konfiguratsiyasi, bo'limlarning uzunligi va tugunlarda suv olish har doim ma'lum (sozlangan). Suvta’minotiarmaturalarivaquvurlari. Tayanch so‘z va iboralar:zadvijkalar, ventillar, po‘latquvurlar, polietilenquvurlar, kranlar. Ichki suvquvur tizimida po‘lat, cho‘yan, asbestosement va plastmassa quvurlar ishlatiladi. Quvurlarning materialini tanlashda ular berilgan hisobiy sarfni ta’minlashi, suvning sifatiga ta’sir qilmaydigan, yetarli darajada uzoq yillarga chidaydigan, og‘ir bo‘lmagan, arzon, montaj uchun qulay, korroziyagi chidamli bo‘lishi kerak. Plastmassa quvurlaring bir qator afzalliklarga ega: korroziyaga chidamli, gidravlik qarshiligi unga qatta emas, yengil (po‘lat quvurlardan 7–8 barobar) montaj qilish qulay. Eng asosiy xususiyati po‘latning o‘rnini bosadi. Hozirgi kunda suv taminoti tizimlari uchun yuqori zichlikka ega bo‘lgan polimer quvurlari (PVP), zichligi kichik (PNP) va polipropilen (PP) quvurlar ishlatilmoqda. Sanoatda PVP va PNPlarning diametri 10 mm dan 150 mm gacha, shartli bosimi R4 = 0,6 MPa bo‘lgan turlari ishlab chiqariladi. Polipropilen (PP) quvurlar diametri 20 mm dan 300 mm gacha va bosimi R = 0, 7 MPa da ishlab chiqariladi. Plastmassa quvurlari payvandlash, rastrub yoki mufta yordamida flaneslar yoki gayka bilan birlashtiriladi. Bosim ostida ishlovchi asbest-sement va cho‘yan quvurlardan tarmoqning mavze ichidagi binoga kiritish quvurlarida qo‘llaniladi. Montaj qilish jarayoni yengil, mustahkam, egiluvchan xususiyatiga ega bo‘lgan po‘lat quvurlardan keng foydalaniladi. Odatda, binolarga suv bilan ta’minlash tarmoqlarini o‘tkazish uchun diametri 10 mm dan 150 mm gacha bo‘lgan suv-gaz o‘tkazuvchi po‘lat quvurlar ishlatiladi. Po‘lat quvurlarni birlashtirish ajraluvchi va ajralmaydigan bo‘ladi. Ishdan chiqqan uchastkadagi tugunlarni demontaj qilish uchun ajraluvchan biriktirish, ya’ni rezbali biriktiruvchi qisimlar yordamida amalga oshiriladi. Po‘lat quvurlar birlashtiruvchi qismlar yordamida biriktiriladi. Oxirgi yillarda turli sohalarda metall bo‘lmagan quvurlardan (plastmassa, faolit, issiqqa chidamli shisha, tekstolit, antegmit, sopol, chinni, faner) keng foydalanilmoqda. Polietilendan yasalgan quvurlar korroziyaga chidamli, egiluvchan, kerakli miqdorda mustahkam, tannarxi arzon, yengil va ularni montaj qilish oson. Bu quvurlarning kamchiligi issiqqa chidamliligining kamligidir, chunki bu quvurlar harorat 60–80 ºC bo‘lganda deformatsiyalanadi va o‘zining shaklini o‘zgartirishi mumkin. Polietilen etilenni past bosimda – 0,2–0,6 MPa va harorati 80 ºC gacha bo‘lganda polimerlash natijasida olinadi va u past bosimli polietilen deyiladi. Yuqori bosimda (150 MPa gacha) va harorati 180 ºC gacha bo‘lganda, katalizator sifatida kisloroddan foydalanib olingan polietilen yuqori bosimli polietilen deyiladi. Yuqori bosimli polietilenning mexaniq mustahkamligi kam bo‘ladi, lekin elastikligi oshadi. Bunday materiallarga mexaniq ishlov berish oson, yaxshi payvandlanadi, bosim ostida quyish mumkin, lekin ularni yelimlash qiyinlashadi. Polietilenning kamchiligiga yonishi, harorat oshishi bilan mustahkamligining keskin kamayishi (100 ºC da yumshaydi), uzunligi bo‘yicha chuzilish koeffitsiyentining kattaligi, quyosh nuri ta’sirida oksidlanishi (mustahkamligining kamayishi) kiradi. Nurning ta’sirini kamaytirish maqsadida polietilenga maxsus kul qo‘shiladi, shu sababli undan tayyorlangan quvurlarning rangi qora yoki qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi Polietilen bilan qoplangan quvurlar bosimi 1,6 MPa gacha va harorati –40 °C dan 70 °C gacha bo‘lganda ishlatilishi mumkin. Viniplast bilan qoplangan quvurlarni 1,6 MPa bosimgacha va harorati –10 °C dan 80 °C gacha bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin Ventil – berkitish va boshqarish a’zosi, zichlangan qobiq yuzasining markazida joylashgan o‘q bilan bo‘ylama pastga-yuqoriga harakat qiladigan armaturadir. Ventillar suv bilan ta’minlash tarmoqlarida suvni iste’mol qilish to‘xtatilganida gidravlik zarba paydo bo‘lmasligi uchun o‘rnatiladi (suv o‘tish yo‘lagini asta-sekin berkitish orqali). Shu sababli suv ta’minlash tarmoqlarida tiqinli jo‘mrak o‘rnatilmaydi, chunki tiqin buralganida, suv o‘tish yo‘lagi tezda yopiladi. Zulfinlar (zadvijka) – berkitish yoki boshqarish a’zolari diska shaklida bo‘lib, zichlangan qobig‘ bo‘ylab oqim o‘qiga perpendikular holatda harakat qiladi. Zulfinlar to‘la o‘tadigan va qisqartirilgan bo‘ladi. Qisqartirilganlarida zichlash halqalarning diametrlari 31 quvurning diametridan kichik bo‘ladi. Berkitish a’zosining (gardishining) tuzilishi bo‘yicha ponali va parallelli turlarga bo‘linadi, shpindellari (qobiq ichidagi gardishga ulangan o‘q) pastdan yuqoriga ko‘tariladigan va ko‘tarilmaydigan bo‘ladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling