Bosim orttiruvchi nasos uskunasi


Kanalizatsiya tarmog‘ini gidravlik hisoblash


Download 1.6 Mb.
bet77/94
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1531109
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94
Bog'liq
Binnnooooooo

Kanalizatsiya tarmog‘ini gidravlik hisoblash.
Tayanchso‘zvaiboralar:chiqindisuvsarfi, gidravlikqiyalik, o‘zinitozalash, joylashtirshchuqurligi, kanalizatsionkalodeslar

Hisoblanayotgan bosh kollektorning har bir bo‘limi uchun oqava suvlarning hisobli sarfi aniqlanib bo‘lgach, bosh kollektorni gidravlik hisoblashga kirishiladi. a) b) d) e) X.1- rasm. Ko‘cha tarmoqlarining chizmalarini chizish usuli: a — kvartallarning pastki tomonidan; b — kvartallarning barcha tomonlaridan; d — ilonizi shaklida; e — kvartallararo. 123 Kanalizatsiya tarmoqlari va kollektorlarni gidravlik hisoblashdan asosiy maqsad quvurlar diametri, qiyaligi, quvurlarning hisobli oqava suv oqib o‘tayotgandagi to‘lganligi, oqava suvlarning quvurlardagi oqish tezligi hamda quduqlardagi novlarning sathlari va ularning joylashish chuqurligini aniqlashdan iborat. Kanalizatsiya tarmoqlari loyihalanganda, tarmoqlarning maksimal va minimal joylashish chuqurligi inobatga olinishi kerak. Maksimal chuqurliklar kanalizatsiya tarmoqlarida loyihalanadigan zarur bo‘lgan nasos bekatlarining soni; qurilish ishlarini olib borish usuli va tarmoqlardan foydalanganda, ularga sarflanadigan mablag‘lar miqdoriga bog‘liq. Odatda, tuproq bo‘sh, yer osti suvlari yuqori bo‘lganda maishiy-xo‘jalik tarmoqlarini o‘tkazish chuqurligi 5,5—6,0 m ruxsat etiladi. Sog‘ tuproq va gillarda yer osti suvlari bo‘lmaganda, quvurlar chuqurligi 7,5—8,0 va undan yuqori bo‘lishi mumkin. Kanalizatsiya tarmoqlarining mumkin bo‘lgan chuqurlik qiymatiga ko‘pgina omillar, xususan, ko‘chaning kengligi, yer osti va yer ustidagi inshootlarning joylashishi, qurilish ishlarini olib borish usuli va hokazolar ta’sir qiladi. Kanalizatsiya tarmoqlarining minimal chuqurligi tuproqning muzlash chuqurligi, quvurlar mustahkamligi va quvurlarning o‘zaro ulanish usuliga, binodan oqib chiqadigan oqava suvlarni qabul qila olishiga qarab belgilanad


Kanalizatsiya quvurlarining minimal chuqurligi quvur yotqiziladigan mintaqa tuproq qatlamining muzlash chuqurligidan quvurning diametri 500 mm gacha bo‘lganda 0,3 m, quvur diametri 500 mm dan katta bo‘lganda 0,5 m dan kam qabul qilish mumkin, lekin quvurning yuqori qismidan yer sathigacha bo‘lgan masofa 0,7 m dan kam bo‘lmasligi lozim. Ko‘cha tarmoqlarining (X.2-rasm). boshlang‘ich chuqurligini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin: N=h+i(L+1)+Z1-Z2+Ñ, bu yerda: h — ko‘cha tarmog‘ida eng uzoqda joylashgan quvur chuqurligi yoki noqulay joylashgan quduq chuqurligi, m; L — hovli yoki kvartal kanalizatsiya uzunligi, berilgan chuqurlikdagi quduqdan qizil chiziqqacha, m; l — qizil chiziqdan ko‘cha kanalizatsiya tarmog‘igacha bo‘lgan masofa uzunligi, m; i — hovli yoki kvartal tarmog‘ining qiyaligini quyidagi qiymatlarda qabul qilish mumkin: quvurning diametri 125 mm.........0,04 quvurning diametri 150 mm.........0,007 quvurning diametri 200 mm.........0,005 Z1 — ko‘cha kanalizatsiya tarmog‘idagi quduqning yer sathi ko‘rsatkichi qiymati, m; Z2 — ko‘cha tarmog‘idan eng uzoqda joylashgan quvurning yer sathi qiymati, m; Ñ — hovli yoki kvartalda joylashtirilgan quvur tublari orasidagi farq qiymati. Agar uylarning yerto‘lalarida sanitariya jihozlari o‘rnatilsa, unda hovli kanalizatsiya tarmoqlari ancha chuqur o‘rnatiladi, shu sababli yerto‘lalardagi oqava suvlarni tashqariga chiqarish uchun ko‘pincha nasos bekatlari loyihalanadi. Kanalizatsiya tarmoqlari yopiq holatda qurilganda, ularning chuqurligi chegaralanmaydi. Quvurlarning yuqori qirralarining sathi yoki ulardagi suv sathi bir xil qilib ulanadi, ulangandan keyin bo‘limdagi quvurning boshlang‘ich nuqtasida joylashgan quvur tubi oldingi bo‘limda yotqizilgan quvurning oxirigi nuqtasidagi quvur tubidan birmuncha mm yoki sm kam bo‘lishi kerak

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling