Bosim orttiruvchi nasos uskunasi


Tabiyvasuniyto‘siqlardangaztarmoqlariniolibo‘tish


Download 1.6 Mb.
bet90/94
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1531109
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
Binnnooooooo

Tabiyvasuniyto‘siqlardangaztarmoqlariniolibo‘tish.
Tayanch so‘z va iboralar:dyuker, estakada, gaztarmoqlarivaboshqatarmoqlarorasidagimasofavaboshqalar


Gaz quvurlari o‘tkazish paytida har xil to‘siqlar bilan kesishishi
mumkin. Bunday to‘siqlarga daryolar, jarliklar, temir yo‘l, avtomobil
yo‘llari va har xil yer osti inshootlari kiradi. Magistral gaz quvurlari
bilan temir yo‘llari kesishganda, gaz quvurlari futlyar (g‘ilof) ichida
o‘tkaziladi (1. 6- rasm).
G‘ilof gaz quvurlari temir yo‘l izlari hamda avtomobil yo‘li tagidan o‘tganda gaz gaz chiqishining hamda yong‘in chiqishining oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, gaz quvuri
yotqizish davrida transport harakatini to‘xtatmasdan qurilish
ishlarini teshib o‘tish usulida
olib borishga imkon beradi.
G‘ilof metal quvurdan tayyorlanadi. Bunda gaz quvurning
diametri d
quvur Θ 200 mm bo‘lsa,
g‘ilof diametri d
G‘=d
quvur
+100
mm bo‘lishi kerak.
Agarda dquvur
>200 mm bo‘lsa, gilof diametri dG‘=d
quvur
+200 mm
bo‘lishi kerak. G‘ilof ichidagi gaz quvurlari iloji boricha bir butun
quvurdan tayyorlanishi kerak. G‘ilofning uchlari salnik bilan zichlanadi
hamda g‘ilofning bir uchiga nazorat quvuri yoki sham ulanadi. Agarda
g‘ilof ichidagi quvurdan gaz chiqa boshlasa, u nazorat quvuri yoki
sham orqali xavfsizroq joydan chiqarib yuboriladi. Agarda yer osti gaz
quvurlari kanalizatsiya kollektorlarini yoki shunga o‘xshash kanal yoki
kollektorlarni kesib o‘tsa, gaz quvuri g‘ilof ichida o‘tkazilishi kerak.
Bunda ham g‘ilofning diametri oldingi sxemaga o‘xshab qabul qilinadi.
Yer osti gaz quvuri bilan suv tarmog‘i, kanalizatsiya kesishgan vaqtda
ular orasi-dagi masofa 15 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Gaz quvuri
bilan issiqlik tarmog‘i kanali orasidagi masofa kamida 20 sm bo‘lishi
kerak. Gaz quvuri bilan kabel orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi
kerak. Agarda kabel asbestosement quvur ichidan o‘tgan bo‘lsa, unda
0,25 m bo‘lishi mumkin
Ko‘rsatgich belgilar yer osti gaz quvurlari uskunalarining turi va
ungacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadi. Odatda, ular bino devorlariga
yerdan taxminan 1,7 m balandlikda sariq bo‘yoq bilan chizib qo‘yiladi.
Ular kerak bo‘lgan vaqtda gaz quvuri uskunalarini tez va aniq topishga
yordam beradi.
Yer usti gaz quvurlari. Ular bino devorlari bo‘ylab, alohida turgan
tayanch, kolonna hamda estakadalar bo‘ylab o‘tkaziladi. Gaz quvurlarining yer sathidan minimal balandliklari quyidagicha:
transport yurmaydigan joylarda gaz quvurining balandligi kamida
2,2 metr bo‘lishi kerak;
avtomobil yo‘li bilan kesishgan joyda gaz quvurining minimal
balandligi 4,5 m bo‘lishi kerak;
tramvay yo‘li bilan va elektrlashtirilmagan temir yo‘l bilan kesishgan joyda gaz quvurining balandligi kamida 5,6 m bo‘lishi kerak;
elektrlashtirilgan temir yo‘l bilan kesishgan joyda gaz quvurining
balandligi 7,1 m bo‘lishi kerak.
Agarda sun’iy gaz quvurlari bo‘lsa, bunday quvurlar kamida i= 0,003
nishablikda o‘tkazilishi kerak va gaz quvurining eng past joyiga kondensatni chiqarib tashlash uchun drenaj shtutserlari o‘rnatilishi kerak.




Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling