BOSIM VA SIYRAKLANISHNI O`LCHASH
ERKABOYEV A.X.
REJA TEXNOLOGIK JARAYONLARDA BOSIMNI O`LCHASH Bosim texnologik jarayonlarning asosiy parametrlaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonlarining to‘g‘ri olib borilishi, ko‘pincha bosim kattaligiga bog’liq bo’ladi. Tekis sirtga normal ta’sir ko‘rsatuvchi tekis taqsimlangan kuch bosim deb ataladi: P =F/S , bu yerda: S — tekislik yuzi; F— shu tekislik yuziga tik ta ’sir qiladigan bosim kuchi. - Bosim xalqaro birliklar tizimida paskal (Pa) bilan o’lchanadi. 1 Pa qiymati jihatidan kuchga perpendikular boigan 1 m2 yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuch hosil qilgan bosimga teng (N/m2). Karrali kPa va MPa birliklar keng qo’llaniladi, N/sm2, bar, N/m2 (mm suv ust.), mm sim.ust. kabi birliklardan ham foydalanish mumkin. Quyidagi jadvalda ko‘p uchraydigan bosim birliklarining nisbati keltirilgan.
Birliklar
|
Pa
|
Bar
|
N/sm2
|
N/m2 (mm.suv.ust)
|
mm.sim.ust
|
1 Pa
|
1
|
10-5
|
1,0197∙10-5
|
0,10197
|
7,6006∙10-5
|
1 Bar
|
105
|
1
|
1,0197
|
1,0197∙10-4
|
750,06
|
1 N/sm2
|
9,80∙104
|
0,98066
|
1
|
104
|
735,56
|
N/m2 (mm.suv.ust)
|
9,8066
|
0,98066∙10-4
|
10-4
|
1
|
7,3566∙10-4
|
1 mm.sim.ust
|
133,32
|
1,3332∙10-3
|
1,33595∙10-3
|
13,595
|
1
| BOSIM TURLARI - O’lchashda mutlaq, ortiqcha, atmosfera va vakuum bosimlar mavjud.
- Pmut - mutlaq bosim - modda holatining (suyuqlik, gaz, bug‘) parametrik ko’rsatkichi bo’lib, Patm - atmosfera va Port - ortiqcha bosimlar yigindisidan iborat:
- Pmut= Patm + Port .
- Ortiqcha bosim mutlaq va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:
- Port =Pmut - Patm .
ustunining bosimi; uning qiymati barometrlar ko‘pincha barometrik bosim deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa, vakuum (siyraklanish) sodir bo’ladi. - Bosim o`lchash asboblari ishlash prinsipiga va o’lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra bir necha turlarga bo’linadi.
Bosim o’lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra: - Suyuqlikli – o`lchanayotgan bosim suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashtiriladi;
- deformatsion (prujinali) – bosim elastik elementlarning deformatsiyasi bilan muvozanatlashadi;
- yuk-porshenli – o`lchanayotgan bosim porshenga qo`yilgan ortiqcha yuk bilan muvozanatlashtiriladi;
- elektr, ionli va issiqlik turlariga bo’linadi.
BOSIM O`LCHASH VOSITALARI KLASSIFIKATSIYASI - Prujinali (deformatsion) asboblarning ishlash prinsipi bosim ta’sirida turli elastik elementlarning deformatsiyalanishi yoki ularning kuchini o’lchashga asoslangan. Elastik elementda bosim kuchi ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalanish natijasida o’lchash asbobining strelkasi to‘g‘ri chiziqli yoki burchakli shkala bo‘yicha siljib, bosim qiymati P ni ko‘rsatadi.
- Prujinali asboblar ortiqcha bosim, siyraklanish, bosimlar farqi va shu kabilarni o’lchash uchun qo’llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |