Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi fakulteti


Publisistik maqolaga ta’rif


Download 50.5 Kb.
bet3/6
Sana08.04.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1342566
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehriniso

Publisistik maqolaga ta’rif

Publitsistika (lotincha: publicus - ij-timoiy) — davrning ijtimoiy-siyosiy va boshqa dolzarb masalalariga bagʻishlangan adabiy ijod turi. Publitsistikaning vazifasi ijtimoiy fikr uygʻotish va uni shakllan-tirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirish, hujjatli faktmaʼlumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan ibo-rat. Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador oʻtmish va kelajak faktlari Publitsistikaning predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmogʻi ortgan sari publitsistning, yaʼni ijodkorning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifodalash tamoyili ham oshdi. Publitsistika fan, sanʼat, adabiyot asarlari tarkibiga tobora koʻproq kirib bormoqda. Publitsistik roman, pyesa, kino asarlari paydo boʻlmoqda.
Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham P.ga kiradi. Publitsistika mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-munozarali, tashviqot-targʻibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga ega. Publitsistika janr jihatidan voqeiy-informatsion (xabar, reportaj, hisobot), tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik (ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi maqolasi) turlarga boʻlinadi. Publitsistika hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, yaʼni ij-timoiypublitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. Publitsistika il-miy-nazariy xususiyatlarga ega boʻlishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin. Publitsistikaning shakli, ichki tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning oʻzaro birikuvidan iborat. Publitsistika janrida obraz oʻziga xos meʼyorda qoʻllanadi. Publitsist shaxsiyati shoir shaxsiyati singari oʻzining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari bilan namoyon boʻladi. Oʻrta Osiyo xalklari tarixida Publitsistika ancha qadimiydir. Publitsistika xususiyatlari "Qobusnoma" (P-asr)da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning "Majolis un-nafois", "Munshaot", "Mahbub ul-qulub" asarlarida P.ning tugal xususiyatlari uchraydi. Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va boshqa xaqidagi adabiy portretlarini publitsistik ocherklar, deb atash mumkin. Navoiy nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni oʻzbek badiiy P.sining asoschisi, deb atashga imkon beradi. Publitsistik xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir dastlabki publitsistik maqolalar "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida chop etilgan. Biroq milliy uygʻonish (jadidchilik harakati)ning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan milliy mat-buot oʻsha davrdagi jamiyatning kamchilik va illatlarini ochiqoshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor sharhlaganligi bilan ham qadrlidir. Ayniqsa, bunday maqolalar "Taraqqiy" gaz.dan boshlab keng koʻlamda koʻrina boshlaydi. I. Obidiy, M. Behbudiy, Fit-rat, Choʻlpon, U. Xoʻjayev, A. Avloniy, H. Muin, M. Abdurashidxonov, S. Aj-ziy va boshqa hurfikr jadid ziyolilari qalamiga mansub oʻlka va xalqaro may-dondagi ijtimoiy-siyosiy, fan va taʼlim, madaniyat va sanʼat, milliy siyosat va boshqa masalalarga bagʻishlangan publitsistik maqolalar "Shuhrat", "Xurshid", "Osiyo", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona", "Najot", "Turon", "Hurriyat", "Yurt" kabi gaz. va jur. sa-hifalarida chop etilgan. Xususan, Beh-budiyning oʻzi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan "Samarqand" gaz. hamda "Oyna" jur.da chop qilingan maqolalari oʻsha davr jamo-atchiligi tomonidan zoʻr qiziqish bilan qarshilangan ("Sayohat xotiralari", "Til masalasi", "Bizni kemirguvchi illatlar", "Ehtiyoji millat" va boshqalar).
90-yillardan soʻng oʻzbek milliy jurnalistikasida ham oʻziga xos oʻzgarishlar kuzatildi. Anʼanaviy sharhlash jurnalistikasi oʻrniga yangiliklar jurnalistikasi paydo boʻldi. Natijada publitsistik janrlar axborot janrlariga koʻproq oʻrin bera boshladi. Publitsistika keyingi yillarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Ozod Sharofiddinov, Oʻtkir Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad, Erkin Aʼzam, Sultonmurod Olim va boshqa oʻzlarining dolzarb publitsistik maqolalari bilan oʻzbek P.siga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
Publitsistikaning yozma va ogʻzaki shakllaridan tashqari grafik-tasvir (plakat, karikatura va boshqalar), fotokinematografik (hujjatli kino), teatr-dramatik (agitbrigada va boshqalar) shakllari ham bor.
Maqola (arab tilidan olingan) — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo'jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim.Maqola Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi. Nazariy Maqola va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy Maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli Maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi. Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi, asosan, „Turkiston viloyatining gazeti“ bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz Maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir. Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat boʻladi: 1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi. Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga toʻliq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati koʻrsatiladi.



Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling