Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi fakulteti


ASOSIY QISM II BOB. Tahliliy maqola hamda publisistik maqolaning farqi


Download 50.5 Kb.
bet4/6
Sana08.04.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1342566
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehriniso

ASOSIY QISM
II BOB. Tahliliy maqola hamda publisistik maqolaning farqi
2.1 Jurnalistikada tahliliy hamda publisistik maqolaning o’rni
Ma’lumki, jurnalistika ijtimoiy hayotni aks ettirishning bir ko‘rinishi, uni bilish, tadqiq etish va unga qaytadan ta’sir etishning muhim vositasidir. Jumalistikaning jamiyat hayotmi bilish, tadqiq etishida publitsistikaning tahliliy qismi asosiy rol o‘ynaydi. Tahliliy publitsistika axboriy - xabardor etish publitsistikasining tadrijiy davomi boiib, u insoniyatning o‘zini o‘rab turgan dunyoni bilishdagi ikkinchi muhim qadami, real borliqning inson ongidagi in’ikosining ikkinchi qatlamidan kelib chiqadi. Inson tashqi dunyoni anglashda oddiydan murakkabga, yakkadan umumiyga qarab borishi tabiiy. Bu dunyoni bilishning induktiv (ko‘rsatish, moijalga olish) usuli boiib, fandagi ilmiy-tadqiqotlarda bosh o‘rinni egallaydi. Inson o‘zi ko‘rgan, guvohi boigan voqea va hodisalarni boshqalarga yetkazadi, xabar qiladi, hikoya qilib beradi, tasvirlaydi. Bu axboriy publitsistikaning kelib chiqishiga sabab boigan ijtimoiy-tarixiy hoi. Ammo inson bu bilan chegaralanib qolmaydi, u hayotda ko‘rgan, guvohi boigan ayrim faktlarni bir-biriga qo‘shadi, bir-biridan ajratadi, ularning kelib chiqishi sabablari va pirovard oqibatlarini bilishga intiladi, ularni baholaydi, ma’qullaydi yoki inkor qiladi va hokazo. Bu esa deduktiv (bilmoq, mohiyatni anglamoq) usul bilan dunyoni bilish, tahlil qilish, xulosa chiqarishdan iborat boiib, fan nazariyasining asosini tashkil etadi, publitsistikada esa uning tahliliy qismmi tashkil etadi. Agarda dunyoda mavjud boigan fakt, yuz bergan voqea, hodisalar uning tashqi, ko‘zga koiinib turgan yuza qatlaminj tashkil etsa bu faktlarning asosi, voqea va hodisalarni asl mohiyati, obyektiv qonuniyati ularning ko‘zga ko‘rinmaydigan ichki, chuqur qatlamlarini hosil qiladi, odamzod bu qatlamga yetib borish, anglash uchun ikkinchi bir, oldingisidan chuqurroq bilish usuli - tahlil va tadqiqni ishga soladi. Ana shu qonumyat tahliliy publitsistikada o‘z ifodasini topadi. Agarda inson hayotdagi fakt, voqea va hodisalarni jumalistikadagi axboriy publitsistika janrlari orqali ko‘rib, bilib, o‘qib xabar topsa, tahliliy publitsistika orqali ichki mohiyatini bilib oladi, anglaydi, o‘zi uchun zarur xulosalar chiqaradi, ijtimoiy faoliyatini belgilaydi. Ya’ni, axboriy publitsistika inson ongining ustki qatlamlariga etib kelsa, tahliliy publitsistika ongning chuqur qatlamlariga kirib boradi va ta’sir kolsatadi, insonga olamni bildiradi, uni zarur tajribalar, nazariya, bilimlar bilan qurollantiradi. Tahliliy publitsistika xuddi axboriy publitsistika singari hayotni tadqiq etishda fan, ilmning tekshiruv-tadqiqot, umumlashtiruv, yuqorida keltirilganidek, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanadi. Bu - fan bilan jurnalistikaning, publitsistikaning dunyoni bilishdagi bir-biriga yaqinligi, umumiy xususiyatlarga ega ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Ammo tahliliy publitsistikaning fandan, ilmiy tadqiqotdan farqi shundaki, u hayotdagi fakt, voqea va hodisalarni umuman, ilmiy zarurat nuqtai nazaridan emas, balki jamiyatning shu kuni, ayni zamoni manfaatlari nuqtai nazaridan o‘rganadi, tahlil etadi. Shu bilan birgalikda u fan singari ocz sohasiga tegishli bo‘lgan barcha fakt voqea va hodisalarni bir boshdan tekshirmaydi, balki shu kun, shu zamon uchun ijtimoiy ahamiyatga ega boTgan eng muhimlarini tanlab oladi va o‘zida aks ettiradi. Ya’ni, u shu kun, shu zamonni shu kunida, shu zamon kishilari uchun aks ettiradi va jamoatchilik fikrini uyg‘otishga harakat qiladi. Tahliliy publitsistikaning muhim janrlaridan biri - obzordir. Obzor ruscha obozret so‘zidan olingan bo‘lib ko‘zdan kechirish, kuzatish degan ma’noni bildiradi. Publitsistik janr sifatida esa hayotdagi ma’lum mavzu bilan o‘zaro bogTangan voqea, hodisalar, faktlar haqidagi umumlashtiruvchi materialga aytiladi. Agarda axborot hayotdagi ayrim faktlar, voqea va hodisalar haqida xabar qilsa, maqola mazkur faktlar, voqea va hodisalarning mohiyatini ochib beradi, obzor esa ularning umumiy manzarasini yaratadi, mazkur faktlar, voqea va hodisalarning voqe boTish oqimini, rivojlanib borishi jarayonini aks ettiradi. Ya’ni, obzor jamiyat hayoti muayyan sohasining shu kundagi, ayni zamondagi holatini, manzarasini tahlil va tadqiq etadi, undan shu kun, shu davr uchun zarur, dolzarb publitsistik xulosalar chiqaradi. Obzorda axboriy ijtimoiy vazifa bilan tahliliy mushohada uyg‘unlashib ketadi, u o‘quvchiga hayot haqida ham xabar, ham publitsistik fikr-xulosa yetkazadi, jamoatchilik fikrini uyg‘otadi. Ta’bir joyiz bo‘lsa obzorni insonning o‘zini o‘rab turgan tashqi - ijtimoiy olamni bilishdagi o‘ziga xos muhim publitsistik vositasi, oddiylikdan mukammallik sariga qo‘ygan yana bir zarur qadamiga qiyos etish mumkin. Obzor publitsistik janrlar ichida sharhga yaqin turadi, kuzatilgan hayot voqealarini tasvirlashda uning izohlash usulidan foydalanadi. Shuning uchun ham obzor yozuvchi (tayyorlovchi) jurnalist ko‘pincha sharhlovchi deb ham nomlanadi. Boshqa tahliliy publitsistik janrlar singari obzor ham ijtimoiy hayotning barcha sohalarini o‘zida aks ettirishi, qamrab olishi mumkin. Shu boisdan ham u ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, adabiy-badiiy, madaniy-ma’naviy va boshqa mavzularga doir obzorlarga boiinadi. 0 ‘zining qaratilgan obyektiga qarab obzorlar tashqi va ichki boiishi mumkin. Tashqi obzorlarda xalqaro hayot, mamlakat tashqarisida yuz berayotgan voqea, hodisalar aks etsa, ichki obzorlar mamlakatning ichki hayotining turli sohalariga bag‘ishlanadi. Bundan obzor ijobiy yoki tanqidiy xarakterga ham ega boTishi mumkin. Ayrim hajviy nashrlarda tanqidiy - hajviy obzor ham beriladi. Obzor janri gazeta, jurnal, radio, televideniye va intemetda keng qoilaniladi. Gazeta obzori kundalik hayot voqealarini tezkorlik bilan aks ettirishga moljallangan bolsa, jurnal obzorlarida tahlil yanada kengroq, batafsilroq boiishi mumkin. Radio va televideniye doimiy ravishda berib boradigan obzorlarda esa har ikki xususiyat ham o‘z ifodasini topishi mumkin. 0 ‘z shakliy xususiyatlariga qarab obzorlar umumiy yoki ma’lum mavzuga baglshlangan boiishi, shuningdek, tahririyatlarga kelgan xatlar obzori ham boiishi mumkin. Umumiy obzorlarda tashqi va ichki hayotning umumiy, doimiylik xususiyatiga ega boigan tomonlari aks etadi. Bu xildagi obzorlar “Olamda nima gap?”, “Dunyo hafta ichida”, “Iqtisodiy obzor”, “Adabiyot olamida”, “Ma’naviyat chorrahalarida”, “San’at sarchashmalari”, “Fan va hayot” kabi ruknlar ostida berilishi mumkin. Tabiiyki, bunday obzorlar radioda o‘ziga xos tarzda olingan intervyular bilan qo‘shilib, televidemyeda esa tasviriy vositalar orqali beriladi. Umumiy obzorlar hayotning turli sohalarini doimiy kuzatib borish, faktlar to‘plash va yig‘ish, ularni publitsistik mushohada etish orqali amalga oshiriladi. Biror mavzuga doir obzorlarda esa ma’lum bir mavzu aks ettiriladi. Masalan, ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz berayotgan muayyan voqea va hodisalar, chunonchi, saylovlar, biron bir rasmiy hujjat, tayyorlanayotgan qonunlar muhokamasi, ijtimoiy-siyosiy harakatlarning borishi yoki iqtisodiy hayotdagi biror muhim mavzu — sanoat korxonalarining faoliyati, mulkchilik shaklinmg o‘zgarishi, bozor iqtisodining u yoki bu masalasi yoxud biror madaniy-ma’naviy masalaga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. Bunday obzorlarda, faktlar har tomonlama tahlil etiladi, ularga, ijodiy yoki tanqidiy yondashiladi, publitsistik xulosalar chiqariladi. Tematik obzor umumiy obzorga qaraganda cheklangan, aniq, muayyan maqsadga qaratilgan boTadi. Sportning ayrim turlari, masalan jahon futboli yoki mamlakat chempionatining borishi, kurash, tennis, boks va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalarning borishi haqida ham mavzuga doir obzorlar berib boriladi. Obzorning eng muhim turlaridan biri - matbuot obzoridir. Bunda matbuot nashrlarining faoliyati, ularda berilayotgan materiallaming umumiy mundarijasi, yutuq va kamchiliklari ko‘rsatib beriladi. Kommunistik tuzum davrida matbuot obzoridan matbuot nashrlari ustidan umumiy majburiy partiyaviy nazorat o‘matib turish uchun foydalanildi. Hozirgi vaqtga kelib matbuot obzori matbuot materiallari bilan o‘quvchilami tanishtirish maqsadida tayyorlartadi. Jumladan, radio va tclevideniye orqali doimiy ravishda berib boriladigan matbuot obzorlari ana shu maqsadga xizmat qiladi. Obzor janri jurnalistdan katta bilim va publitsistik malaka talab etadi. U o‘zi obzor qilayotgan sohadan chuqur va har taraflama xabardor bo'lishi, bu sohadagi fakt, voqea va hodisalarning mohiyatini ochib berishi, ijodiy yoki tanqidiy baholashi, zarur publitsistik xulosalar chiqara bilishi lozim. Obzorning ichki tuzilishi, tili va uslubi ham uning publitsistik Xlisusiyatidan kelib chiqadi. Ilmiy, adabiy-badiiy obzorlarda o‘ziga xos til va uslub qo‘llaniladi. Umumiy, tematik va boshqa turlardagi obzorlarda faktlar, voqea va hodisalar tahlili o‘sha sohaga xos tushunchalar, atama va iboralar bilan olib boriladi. Obzorda ilmiy, maritiqiy tahlil bilan ijtimoiy publitsistik mushohada uyg‘unlashib ketishi lozim. Obzor hayot voqealarini shunchaki qayd etishdan iborat bolmasligi kerak. Adabiy- badiiy vositalar, his-hayajon uyg‘otadigan so‘z va iboralar ham o‘rnida ishlatilishi lozim. Hozirgi o'zbek ommaviy axborot vositalarida obzor keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy islohotlar, ko‘p qirrali hayotimizning yorqin manzaralari, masala va muammolari o‘z ifodasini topmoqda. “Xalq so‘zi” gazetasining 2005-yil 6-sentyabr sonida jurnalist U.Fayzievaning “Duoga qo‘l oching” sarlavhali obzor - maqolasi bosilgan. Unda gazetxonlardan kelgan xatlar asosida shu kunimizning eng muhim masalalari - mustaqilligimizni mustahkamlash, ona-Vatanni sevish va boshqa odamiylik xislatlari haqida so‘z yuritiladi, muayyan misollar keltiriladi. Jurnalist gazetxonlardan kelgan har bir xatga mehr bilan qaraydi, ularning mohiyatini ochib berishga harakat qiladi. “Hurriyat” gazetasining 2000-yil, 33-sonida bosilgan “Bi-ir gazitga chig‘orsangiz...” deb sarlavha qo‘yilgan obzor (muallifi N.Ochilov) da ham gazeta tahririyatiga kelgan xatlar haqida so‘z yuritiladi. Bunda hayotning muhim masalalari borasida fikr-mulohazalar yuritilgan xatlar bilan bir qatorda sarlavhaga chiqarilgan tarzdagi yengil-yelpi mazmundagi xatlar ham kelishi biroz kulgi ostiga olinadi. Jurnalist N.Muhammadievning Qarshi shahrining 2700 yilligi bayrami oldidan tayyorlagan “Voha tarixiga bir nazar” deb nomlanuvchi turkum materiali esa (“Xalq so‘zi” gazetasining 2005-yil 14,15-sentyabr sonlari) bu qadimiy shaharning tarixiga doir olib borilgan ilmiy- izlanishlar, topilgan yangiliklarning umumiy obzoridan iborat. Filologiya fanlari doktori S.Sodiqovning “Hurriyat” gazetasining 2000-yil, 27-dekabr sonida bosilgan “Efirda “Grand”, “Sezam”, “Vodiy sadosi” va boshqalar” sarlavhali materiali ham obzor janrining muayyan namunasidir. Unda muallif keyingi paytlarda paydo bo‘lib efirda ish ko‘rayotgan qator nodavlat - xususiy radio kanallarning faoliyati, ular olib borayotgan eshittirishlarning sifati haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi, ulami baholaydi. Binobarin, tahliliy publitsistikaning bosh talabi ijtimoiy ahamiyatlilik, publitsistiklikdir. Tahliliy publitsistika ijtimoiy borliqni aks ettirish ko‘rinishlaridan bolmish adabiyot va san’at bilan ham yaqin aloqada boiadi, ulardagi ayrim tasviriy vositalaridan foydalanadi. Ammo u hayotni obrazlar vositasida tasvir etuvchi adabiyot va san’atdan hayotni tasvirlashda aniq va muayyan faktlarga asoslanishi hamda ma’lum ijtimoiy maqsadlarga xizmat qilishi, boshqacha qilib aytganda publitsistikaga oidligi bilan ajralib turadi. Tahliliy publitsistika ham xuddi axboriy publitsistika kabi jamiyat hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. U ijtimoiy-siyosiy publitsistikada ham, iqtisodiy-ishlab chiqarish publitsistikasida ham, ilmiy publitsistikada ham hamda publitsistikaning boshqa sohalarida ham asosiy o‘rm tutadi. Inson faoliyatining dunyoni bilish, ijtimoiy anglash borasidagi barcha sa’y-harakatlari, intilishlarida tahliliy publitsistika hoziru-nozirdir. Tahliliy publitsistika orqali inson jamiyat qonuniyatlarihi o‘rganadi, iqtisodiyot, fan-madaniyat, adabiyot va san’at va boshqa sohalarda mavjud boigan turli masala va muammolardan ogoh boiadi. Boshqacha qilib aytganda, tahliliy publitsistika kishilarga ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, axloqiy, ilmiy, tarixiy, falsafiy, badiiy-estetik bilim beradi, ularni tarbiyalaydi.



Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling