Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi fakulteti
II BOB. Tahliliy janrlarga qo’yiladigan spetsifik talablar
Download 48.62 Kb.
|
Bashorat Ergashboyeva
II BOB. Tahliliy janrlarga qo’yiladigan spetsifik talablar
2.1 Tahliliy janrlarga qo’yiladigan talablar haqida Tahliliy publitsistikaning muhim janrlaridan biri - obzordir. Obzor ruscha obozret so‘zidan olingan bo‘lib ko‘zdan kechirish, kuzatish degan ma’noni bildiradi. Publitsistik janr sifatida esa hayotdagi ma’lum mavzu bilan o‘zaro bogTangan voqea, hodisalar, faktlar haqidagi umumlashtiruvchi materialga aytiladi. Agarda axborot hayotdagi ayrim faktlar, voqea va hodisalar haqida xabar qilsa, maqola mazkur faktlar, voqea va hodisalarning mohiyatini ochib beradi, obzor esa ularning umumiy manzarasini yaratadi, mazkur faktlar, voqea va hodisalarning voqe boTish oqimini, rivojlanib borishi jarayonini aks ettiradi. Ya’ni, obzor jamiyat hayoti muayyan sohasining shu kundagi, ayni zamondagi holatini, manzarasini tahlil va tadqiq etadi, undan shu kun, shu davr uchun zarur, dolzarb publitsistik xulosalar chiqaradi. Obzorda axboriy ijtimoiy vazifa bilan tahliliy mushohada uyg‘unlashib ketadi, u o‘quvchiga hayot haqida ham xabar, ham publitsistik fikr-xulosa yetkazadi, jamoatchilik fikrini uyg‘otadi. Ta’bir joyiz bo‘lsa obzorni insonning o‘zini o‘rab turgan tashqi - ijtimoiy olamni bilishdagi o‘ziga xos muhim publitsistik vositasi, oddiylikdan mukammallik sariga qo‘ygan yana bir zarur qadamiga qiyos etish mumkin. Obzor publitsistik janrlar ichida sharhga yaqin turadi, kuzatilgan hayot voqealarini tasvirlashda uning izohlash usulidan foydalanadi. Shuning uchun ham obzor yozuvchi (tayyorlovchi) jurnalist ko‘pincha sharhlovchi deb ham nomlanadi. Boshqa tahliliy publitsistik janrlar singari obzor ham ijtimoiy hayotning barcha sohalarini o‘zida aks ettirishi, qamrab olishi mumkin. Shu boisdan ham u ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, adabiy-badiiy, madaniy-ma’naviy va boshqa mavzularga doir obzorlarga boiinadi. 0 ‘zining qaratilgan obyektiga qarab obzorlar tashqi va ichki boiishi mumkin. Tashqi obzorlarda xalqaro hayot, mamlakat tashqarisida yuz berayotgan voqea, hodisalar aks etsa, ichki obzorlar mamlakatning ichki hayotining turli sohalariga bag‘ishlanadi. Bundan obzor ijobiy yoki tanqidiy xarakterga ham ega boTishi mumkin. Ayrim hajviy nashrlarda tanqidiy - hajviy obzor ham beriladi. Obzor janri gazeta, jurnal, radio, televideniye va intemetda keng qoilaniladi. Gazeta obzori kundalik hayot voqealarini tezkorlik bilan aks ettirishga moljallangan bolsa, jurnal obzorlarida tahlil yanada kengroq, batafsilroq boiishi mumkin. Radio va televideniye doimiy ravishda berib boradigan obzorlarda esa har ikki xususiyat ham o‘z ifodasini topishi mumkin. 0 ‘z shakliy xususiyatlariga qarab obzorlar umumiy yoki ma’lum mavzuga baglshlangan boiishi, shuningdek, tahririyatlarga kelgan xatlar obzori ham boiishi mumkin. Umumiy obzorlarda tashqi va ichki hayotning umumiy, doimiylik xususiyatiga ega boigan tomonlari aks etadi. Bu xildagi obzorlar “Olamda nima gap?”, “Dunyo hafta ichida”, “Iqtisodiy obzor”, “Adabiyot olamida”, “Ma’naviyat chorrahalarida”, “San’at sarchashmalari”, “Fan va hayot” kabi ruknlar ostida berilishi mumkin. Tabiiyki, bunday obzorlar radioda o‘ziga xos tarzda olingan intervyular bilan qo‘shilib, televidemyeda esa tasviriy vositalar orqali beriladi. Umumiy obzorlar hayotning turli sohalarini doimiy kuzatib borish, faktlar to‘plash va yig‘ish, ularni publitsistik mushohada etish orqali amalga oshiriladi. Biror mavzuga doir obzorlarda esa ma’lum bir mavzu aks ettiriladi. Masalan, ijtimoiy-siyosiy hayotda yuz berayotgan muayyan voqea va hodisalar, chunonchi, saylovlar, biron bir rasmiy hujjat, tayyorlanayotgan qonunlar muhokamasi, ijtimoiy-siyosiy harakatlarning borishi yoki iqtisodiy hayotdagi biror muhim mavzu — sanoat korxonalarining faoliyati, mulkchilik shaklinmg o‘zgarishi, bozor iqtisodining u yoki bu masalasi yoxud biror madaniy-ma’naviy masalaga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. Bunday obzorlarda, faktlar har tomonlama tahlil etiladi, ularga, ijodiy yoki tanqidiy yondashiladi, publitsistik xulosalar chiqariladi. Tematik obzor umumiy obzorga qaraganda cheklangan, aniq, muayyan maqsadga qaratilgan boTadi. Sportning ayrim turlari, masalan jahon futboli yoki mamlakat chempionatining borishi, kurash, tennis, boks va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalarning borishi haqida ham mavzuga doir obzorlar berib boriladi. Obzorning eng muhim turlaridan biri - matbuot obzoridir. Bunda matbuot nashrlarining faoliyati, ularda berilayotgan materiallaming umumiy mundarijasi, yutuq va kamchiliklari ko‘rsatib beriladi. Kommunistik tuzum davrida matbuot obzoridan matbuot nashrlari ustidan umumiy majburiy partiyaviy nazorat o‘matib turish uchun foydalanildi. Hozirgi vaqtga kelib matbuot obzori matbuot materiallari bilan o‘quvchilami tanishtirish maqsadida tayyorlartadi. Jumladan, radio va tclevideniye orqali doimiy ravishda berib boriladigan matbuot obzorlari ana shu maqsadga xizmat qiladi. Obzor janri jurnalistdan katta bilim va publitsistik malaka talab etadi. U o‘zi obzor qilayotgan sohadan chuqur va har taraflama xabardor bo'lishi, bu sohadagi fakt, voqea va hodisalarning mohiyatini ochib berishi, ijodiy yoki tanqidiy baholashi, zarur publitsistik xulosalar chiqara bilishi lozim. Obzorning ichki tuzilishi, tili va uslubi ham uning publitsistik Xlisusiyatidan kelib chiqadi. Ilmiy, adabiy-badiiy obzorlarda o‘ziga xos til va uslub qo‘llaniladi. Umumiy, tematik va boshqa turlardagi obzorlarda faktlar, voqea va hodisalar tahlili o‘sha sohaga xos tushunchalar, atama va iboralar bilan olib boriladi. Obzorda ilmiy, maritiqiy tahlil bilan ijtimoiy publitsistik mushohada uyg‘unlashib ketishi lozim. Obzor hayot voqealarini shunchaki qayd etishdan iborat bolmasligi kerak. Adabiy- badiiy vositalar, his-hayajon uyg‘otadigan so‘z va iboralar ham o‘rnida ishlatilishi lozim. Hozirgi o'zbek ommaviy axborot vositalarida obzor keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy islohotlar, ko‘p qirrali hayotimizning yorqin manzaralari, masala va muammolari o‘z ifodasini topmoqda. “Xalq so‘zi” gazetasining 2005-yil 6-sentyabr sonida jurnalist U.Fayzievaning “Duoga qo‘l oching” sarlavhali obzor - maqolasi bosilgan. Unda gazetxonlardan kelgan xatlar asosida shu kunimizning eng muhim masalalari - mustaqilligimizni mustahkamlash, ona-Vatanni sevish va boshqa odamiylik xislatlari haqida so‘z yuritiladi, muayyan misollar keltiriladi. Jurnalist gazetxonlardan kelgan har bir xatga mehr bilan qaraydi, ularning mohiyatini ochib berishga harakat qiladi. “Hurriyat” gazetasining 2000-yil, 33-sonida bosilgan “Bi-ir gazitga chig‘orsangiz...” deb sarlavha qo‘yilgan obzor (muallifi N.Ochilov) da ham gazeta tahririyatiga kelgan xatlar haqida so‘z yuritiladi. Bunda hayotning muhim masalalari borasida fikr-mulohazalar yuritilgan xatlar bilan bir qatorda sarlavhaga chiqarilgan tarzdagi yengil-yelpi mazmundagi xatlar ham kelishi biroz kulgi ostiga olinadi. Jurnalist N.Muhammadievning Qarshi shahrining 2700 yilligi bayrami oldidan tayyorlagan “Voha tarixiga bir nazar” deb nomlanuvchi turkum materiali esa (“Xalq so‘zi” gazetasining 2005-yil 14,15-sentyabr sonlari) bu qadimiy shaharning tarixiga doir olib borilgan ilmiy- izlanishlar, topilgan yangiliklarning umumiy obzoridan iborat. Filologiya fanlari doktori S.Sodiqovning “Hurriyat” gazetasining 2000-yil, 27-dekabr sonida bosilgan “Efirda “Grand”, “Sezam”, “Vodiy sadosi” va boshqalar” sarlavhali materiali ham obzor janrining muayyan namunasidir. Unda muallif keyingi paytlarda paydo bo‘lib efirda ish ko‘rayotgan qator nodavlat - xususiy radio kanallarning faoliyati, ular olib borayotgan eshittirishlarning sifati haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildiradi, ulami baholaydi. Download 48.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling