Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi fakulteti
Download 48.62 Kb.
|
Bashorat Ergashboyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janr xususiyatlari
- 1.2 Tahliliy janr xususiyatlari
Asosiy vakillari:
insho; pamflet; risola; afsonasi; latifa. Shunday qilib, janr eng mashhur vakili insho, maksimal oshkor adabiy iste'dod jurnalist ehtimoli taklif xususiyatlari hisoblanadi. Janr xususiyatlari: adabiy; san'atidir (matn Tasviriy vositalar mavjudligi); hissiy shiddat; Aslida bir chuqur anglash (muallif ning). jurnalistika bu janr rivojlantirish uchun qulaylik uning professional ko'nikma va til mukammal bilim ortiq adabiy iqtidori muallifi borligiga katta darajada bog'liq. 1.2 Tahliliy janr xususiyatlari Ma’lumki, jurnalistika ijtimoiy hayotni aks ettirishning bir ko‘rinishi, uni bilish, tadqiq etish va unga qaytadan ta’sir etishning muhim vositasidir. Jumalistikaning jamiyat hayotmi bilish, tadqiq etishida publitsistikaning tahliliy qismi asosiy rol o‘ynaydi. Tahliliy publitsistika axboriy - xabardor etish publitsistikasining tadrijiy davomi boiib, u insoniyatning o‘zini o‘rab turgan dunyoni bilishdagi ikkinchi muhim qadami, real borliqning inson ongidagi in’ikosining ikkinchi qatlamidan kelib chiqadi. Inson tashqi dunyoni anglashda oddiydan murakkabga, yakkadan umumiyga qarab borishi tabiiy. Bu dunyoni bilishning induktiv (ko‘rsatish, moijalga olish) usuli boiib, fandagi ilmiy-tadqiqotlarda bosh o‘rinni egallaydi. Inson o‘zi ko‘rgan, guvohi boigan voqea va hodisalarni boshqalarga yetkazadi, xabar qiladi, hikoya qilib beradi, tasvirlaydi. Bu axboriy publitsistikaning kelib chiqishiga sabab boigan ijtimoiy-tarixiy hoi. Ammo inson bu bilan chegaralanib qolmaydi, u hayotda ko‘rgan, guvohi boigan ayrim faktlarni bir-biriga qo‘shadi, bir-biridan ajratadi, ularning kelib chiqishi sabablari va pirovard oqibatlarini bilishga intiladi, ularni baholaydi, ma’qullaydi yoki inkor qiladi va hokazo. Bu esa deduktiv (bilmoq, mohiyatni anglamoq) usul bilan dunyoni bilish, tahlil qilish, xulosa chiqarishdan iborat boiib, fan nazariyasining asosini tashkil etadi, publitsistikada esa uning tahliliy qismmi tashkil etadi. Agarda dunyoda mavjud boigan fakt, yuz bergan voqea, hodisalar uning tashqi, ko‘zga koiinib turgan yuza qatlaminj tashkil etsa bu faktlarning asosi, voqea va hodisalarni asl mohiyati, obyektiv qonuniyati ularning ko‘zga ko‘rinmaydigan ichki, chuqur qatlamlarini hosil qiladi, odamzod bu qatlamga yetib borish, anglash uchun ikkinchi bir, oldingisidan chuqurroq bilish usuli - tahlil va tadqiqni ishga soladi. Ana shu qonumyat tahliliy publitsistikada o‘z ifodasini topadi. Agarda inson hayotdagi fakt, voqea va hodisalarni jumalistikadagi axboriy publitsistika janrlari orqali ko‘rib, bilib, o‘qib xabar topsa, tahliliy publitsistika orqali ichki mohiyatini bilib oladi, anglaydi, o‘zi uchun zarur xulosalar chiqaradi, ijtimoiy faoliyatini belgilaydi. Ya’ni, axboriy publitsistika inson ongining ustki qatlamlariga etib kelsa, tahliliy publitsistika ongning chuqur qatlamlariga kirib boradi va ta’sir kolsatadi, insonga olamni bildiradi, uni zarur tajribalar, nazariya, bilimlar bilan qurollantiradi. Tahliliy publitsistika xuddi axboriy publitsistika singari hayotni tadqiq etishda fan, ilmning tekshiruv-tadqiqot, umumlashtiruv, yuqorida keltirilganidek, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanadi. Bu - fan bilan jurnalistikaning, publitsistikaning dunyoni bilishdagi bir-biriga yaqinligi, umumiy xususiyatlarga ega ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Ammo tahliliy publitsistikaning fandan, ilmiy tadqiqotdan farqi shundaki, u hayotdagi fakt, voqea va hodisalarni umuman, ilmiy zarurat nuqtai nazaridan emas, balki jamiyatning shu kuni, ayni zamoni manfaatlari nuqtai nazaridan o‘rganadi, tahlil etadi. Shu bilan birgalikda u fan singari ocz sohasiga tegishli bo‘lgan barcha fakt voqea va hodisalarni bir boshdan tekshirmaydi, balki shu kun, shu zamon uchun ijtimoiy ahamiyatga ega boTgan eng muhimlarini tanlab oladi va o‘zida aks ettiradi. Ya’ni, u shu kun, shu zamonni shu kunida, shu zamon kishilari uchun aks ettiradi va jamoatchilik fikrini uyg‘otishga harakat qiladi. Binobarin, tahliliy publitsistikaning bosh talabi ijtimoiy ahamiyatlilik, publitsistiklikdir. Tahliliy publitsistika ijtimoiy borliqni aks ettirish ko‘rinishlaridan bolmish adabiyot va san’at bilan ham yaqin aloqada boiadi, ulardagi ayrim tasviriy vositalaridan foydalanadi. Ammo u hayotni obrazlar vositasida tasvir etuvchi adabiyot va san’atdan hayotni tasvirlashda aniq va muayyan faktlarga asoslanishi hamda ma’lum ijtimoiy maqsadlarga xizmat qilishi, boshqacha qilib aytganda publitsistikaga oidligi bilan ajralib turadi. Tahliliy publitsistika ham xuddi axboriy publitsistika kabi jamiyat hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. U ijtimoiy-siyosiy publitsistikada ham, iqtisodiy-ishlab chiqarish publitsistikasida ham, ilmiy publitsistikada ham hamda publitsistikaning boshqa sohalarida ham asosiy o‘rm tutadi. Inson faoliyatining dunyoni bilish, ijtimoiy anglash borasidagi barcha sa’y-harakatlari, intilishlarida tahliliy publitsistika hoziru-nozirdir. Tahliliy publitsistika orqali inson jamiyat qonuniyatlarihi o‘rganadi, iqtisodiyot, fan-madaniyat, adabiyot va san’at va boshqa sohalarda mavjud boigan turli masala va muammolardan ogoh boiadi. Boshqacha qilib aytganda, tahliliy publitsistika kishilarga ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, axloqiy, ilmiy, tarixiy, falsafiy, badiiy-estetik bilim beradi, ularni tarbiyalaydi. Tashqi dunyoni bilishda, uning qonuniyatlarini anglab yetishda bilish quroli bo‘lgan nuqtai nazar, g‘oya va mafkura ham asosiy o‘rinni egallaydi. Ya’ni, inson dunyoga qaysi nuqtai nazardan, qanday ta’limot, qaysi bir g‘oya, mafkura asosida yondashadi - hamma gap shunda. Barcha fanlar, adabiyot-san’at singari publitsistika hamda yuqoridagi kabi ma’lum bir dunyoqarashga, ta’limotga, g‘oya va mafkuraga asoslanadi. Uning muhim qismi boigan tahliliy publitsistika eng haqqoniy, ilg‘or taraqqiyparvar ta’limot, mafkura va g‘oyalarga asoslangandagina hayotni to‘gLri, haqqoniy yorita oladi va o'z ijtimoiy vazifasini muvaffaqiyatli ado etadi. Ya’ni, ilg‘or, davr talablariga javob bera oladigan g‘oya, mafkura va ta’limot tahliliy publitsistikani amq, ravshan maqsadlarga yo'naltiradi, unga nimani va qanday tahlil etishni belgilab beradi. Aksincha, qoloq. eskirgan, zamon talablariga javob bermaydigan g‘oya va qarashlarga asoslangan tahliliy publitsistika esa cheklangan boiadi va inqirozga uchraydi. Bunday publitsistik asarlar joy olgan jurnalistikani omma rad etadi, o‘qimaydi. Tahliliy publitsistika jumalistikaning tahlil ijtimoiy vazifasini bajarishida xizmat qiladi. Shu boisdan u ommaviy axborot vositalarining barcha ko‘rinishlarida keng qoTlaniladi. Ammo ommaviy axborot vositalari ko‘rinishlari o‘z xususiyatiga qarab tahliliy publitsistikaga u yoki bu darajada, ko'proq yoki kamroq o4in berishi mumkin. Masalan, gazetalar jamiyatning shu kundagi, ayni zamondagi hayotim yoritar ekan, o'z sahifalarida axboriy publitsistikaga nisbatan ko‘proq o‘rin bergani holda tahliliy publitsistikaga nisbatan kamroq o‘rm ajratadi. Jurnallar esa jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy hayotining chuqur qatlamlarini yoritar ekan tahliliy publitsistikaga gazetalarga nisbatan keng o‘rin beradi. Radioeshittirishlar, televideniye va mtemetda tahliliy publitsistika axboriy publitsistika bilan deyarli teng o‘rin oladi. Tahliliy publitsistika axboriy publitsistika bilan uzviy bogliq. Axboriy publitsistika materiallarida tahlil elementlari mavjud bolganidek tahliliy publitsistikada ham axboriy, xabardor etishlik xususiyatlari ham mavjud. Publitsistikaning bu har ikki turi bir-birini toMdirib keladi. Bu tahliliy publitsistikaning janrlarida ham o‘z ifodasini topadi. Hayotning chuqur qatlamlarini yoritishga mo‘ljallangan tahliliy publitsistika o‘ziga xos janrlarga ega. Bular korrespondensiya (kengaytirilgan xabar), suhbat, maqola, taqriz, sharh, xat kabilardan iborat bo'lib, ularning har biri o‘z janriy xususiyatlariga ega. Jumladan, korrespondensiya axboriy publitsistikani tahliliy publitsistika bilan bog‘lovchi janr bo‘lib, hayotdagi faktlar, voqea va hodisalar tahliliga bag‘ishlanadi. Suhbat janri esa uning boshlang‘ich ko‘rinishi boigan so‘rab-surishtirish, intervyuning mantiqiy davomi hisoblanadi. Tahliliy publitsistikaning asosiy janri bo‘lmish maqola esa jamiyat hayotining barcha sohalaridagi muhim masala va muammolarini aks ettirish, hayot voqealarini kengroq tushuntirish, sharhlab berish vazifasini bajaradi. Taqriz janri ilm-fan, adabiyot va san’at asarlariga baho berish, ulami tahlil etishga moijallangan. Xat janri jamoatchilik fikrini uyg‘otishning muhim vositasi sifatida ish ko‘radi. Tahliliy publitsistikaning bu xildagi janriy rang-barangligi uning jamiyat hayotini barcha sohalarini qamrab olish va chuqur ijtimoiy qatlamlarga kirib bora olishdan iborat ijtimoiy vazifasidan kelib chiqadi. Tahliliy publitsistika shu bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarini turli kocrinishlaridan joy olishiga qarab jumalistika, radio va televideniye tahliliy publitsistikasiga boiinib ketadi va shunga binoan uning janrlari ham turlicha tus oladi. Tahliliy publitsistikaning o‘z ijtimoiy vazifasini muvaffaqiyatli bajara olishi uning qanday jurnalistikada ish ko‘rishiga, qaysi mafkuraga xizmat qilishiga bevosita bogliqdir. Yakka hukmdorlar manfaatiga xizmat qiluvchi jurnalistikada tahliliy publitsistika cheklangan boTib, o‘sha hukmdorlar manfaatiga xizmat qiladi. Kommunistik jurnalistikada esa u yakka hokimlik vositasiga aylandi. Faqat demokratik tuzum hukm surgan jamiyat jurnahstikasidagma tahliliy publitsistika chinakam taraqqiyot uchun xizmat qiladi. Ocz milliy mustaqilligiga erishgan va demokratik tuzum, adolatparvar fuqarolik jamiyati tuzish yoTidan borayotgan respublikamizda tahliliy publitsistika umuminsoniy qadriyatlar, ilg‘or qarashlarni o‘zida aks ettirib, jamiyat hayotining eng muhim masalalarini tahlil etib, jamoatchilik fikrini uyg‘otishga xizmat qilib kelmoqda. Gazetalarimiz, jurnaliarimizda bosilayotgan, radio va televideniyeda e’lon qilinayotgan tahliliy publitsistika materiallarida shu kunimizning eng dolzarb masalalari ocz ifodasini topmoqda. Download 48.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling