Botanika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu: O‘simlik to‘qimalari reja


Download 125.62 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi125.62 Kb.
#1169837
Bog'liq
Hujayra tuzilishi


Tekshirdi: Abdullayeva G
Bajardi: Eshdavlatova Sh
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA 1-KURS 104-GURUH TALABASI
ESHDAVLATOVA SHOHISTANING
BOTANIKA FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:O‘SIMLIK TO‘QIMALARI
REJA:
1.O‘simlik to‘qimalarining tuzilishi va klassifikasiyasi. 2.Hosil qiluvchi (meristema) to‘qimalar. Apikal, loteral va interkalyar meristemalar. 3.Asosiy to‘qimalar. So‘ruvchi, assimilyasion va g‘amlovchi parenximalar. 4.Qoplovchi to‘qimalar . Epiderma, probka va po‘stloq parenximalar. 5.Mexanik to‘qimalar. Kollenxima, sklerenxima va sklereidlar. 6.O‘tkazuvchi to‘qimalar. Naychalar va traxeidlar. 7.Ajratuvchi to‘qimalar. Smola yo‘llari va sut naychalari
Tuzilishi va bajaradigan vazifasi bir xil, kelib chiqishiga ko‘ra umumiy bo‘lgan hujayralar to‘plamiga to‘qimalar deyiladi. To‘qima ularni hosil qilgan hujayralarning shakliga qarab parenximatik va prozenxima to‘qimalarga bo‘linadi. Yumaloq, to‘g‘ri burchakli yoki ko‘p burchakli hujayralardan tashkil topgan to‘qimalar parenximatik to‘qima deyiladi. To‘qimani hosil qiluvchi hujayralar po‘stlarining ximiyaviy tarkibiga qarab yog‘ochlangan va po‘kaklangan to‘qimalar deb tariflanadi. Hujayra po‘stlarining nechog‘li qalinlashganligiga qarab ular qalin devorli va yupqa devorli to‘qimalar deb yuritiladi. To‘qimalar tashkil topib bo‘lgan to‘qima hujayralarida tirik modda bor yoki yo‘qligiga qarab tirik va o‘lik to‘qimalarga ajratiladi. To‘qimalar ularni hosil qiluvchi hujayralarning qay darajada tutashganligiga qarab ham bir-biridan farq qiladi. Agar hujayralar o‘zaro zich joylashgan bo‘lsa, ular pishiq to‘qima, hujayralararo bo‘shlig‘i katta bo‘lsa, g‘ovak to‘qima deyiladi.
HOSIL QILUVCHI (MERISTEMA) TO‘QIMALAR. Aytib
o‘tilganidek, meristema boshqa to‘qimalarni hosil qilishga xizmat qiluvchi, o‘sishni ta’minlovchi to‘qimadir. Kelib chiqishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi, o‘simlikda joylashishiga qarab apikal yoki uchki, loteral yoki yon va interkalyar yoki qo‘shimcha meristemalarga bo‘linadi. Apikal meristemalar o‘z navbatida vegetativ shoxcha apikali, hosil shoxlari apikali va ildiz apikaliga bo‘linadi. Shunday qilib, hosil qiluvchi to‘qimalar ildiz va novdaning uchki qismida joylashadi. Ular faqat asosiy novdaning emas, balki yon shoxlar va ildizning barcha tarmoqlari uchki qismida joylashadi.
ASOSIY TO‘QIMALAR. Asosiy to‘qimalar o‘simlikda eng ko‘p joyni egallab, ular tashqaridan qoplovchi to‘qimalar bilan o‘ralgan, ular orasida esa o‘tkazuvchi va mexanik to‘qimalar joylashgan bo‘ladi. Boshqa to‘qimalardan farq qilib, asosiy to‘qimalar hujayralararo bo‘shliqlarga juda boy Asosiy to‘qimalarning bosh vazifasi esa o‘simliklarni oziqlantirishda iborat. SHunga ko‘ra ular 3 turga: so‘ruvchi, assimilyasion va g‘amlovchi parenximalarga bo‘linadi. So‘ruvchi parenxima ildizning uchida, uning so‘ruvchi qismida joylashib, ildiz tukchalari tomonidan tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalarni so‘radi va uni ildizning markaziy qismiga o‘tkazadi. Bu moddalar undan o‘tkazuvchi maxsus tizimga o‘tib o‘simlikni barcha organlariga tarqaladi.
Assimilyasion parenxima yoki xlorenxima o‘zida ko‘plab xlorofill donachalari borligi bilan xarakterlanadi. Uning asosiy vazifasi fotosintez bo‘lib, birlamchi mahsulotlar hosil qilishdan iborat Uglevodlar hosil bo‘lishi faqat xloroplastlar borligi bilan emas, balki quyosh nuri tushishiga ham bog‘liq.
QOPLOVCHI TO‘QIMALAR. Yuksak o‘simliklarning organlari tashqaridan qoplovchi to‘qimalar bilan o‘ralgan. Qoplovchi to‘qimalarning esa 3 ta tipi mavjud. Bular epiderma, probka va po‘stloq. Epiderma qatlami dastlab o‘simlikning barcha kismini o‘rab turadi. U o‘simlikning butun hayoti davomida uning ayrim organlari, xususan yosh novda va barglarida saqlanib qoladi. Ko‘p yillik o‘simliklarda uning eniga o‘sishi asnosida o‘zgarib, dastlabki vegetasiyaning oxiridayoq ikkilamchi qoplovchi to‘qima – probka bilan o‘rin almashadi.
MEXANIK TO‘QIMALAR. O‘simlikda skelet bo‘lmaganligi sababli turli xil mexanik ta’sirlar: shamol, qor, yomg‘ir va o‘zining shox-shabbasi, bargi va mevalarini ko‘tarib turish vazifasini mexanik to‘mqimalar bajaradi. O‘simliklarning endigina hosil bo‘layotgan yosh organizmlarida mexanik to‘qimalar bo‘lmaydi. Ular turgor bosim yordamida o‘zini tutib turadi.
Keyinchalik aytib o‘tilgan ta’sirlarga bardosh
berish xususiyatiga ega bo‘lgan mexanik
to‘qimalarga zarurat tug‘iladi. Aslida pishiqlik
o‘simlikning barcha to‘qimalarining ishtirokida
hosil bo‘ladi, lekin mexanik to‘qimalar tufayli
bu pishiqlik bir necha marta otadi.
Mexanik to‘qimalarning hujayralari devorining juda qalinlashishi va tez-tez yog‘ochlanishi bilan farq qiladi. Ko‘pincha esa mexanik to‘qimalarning hujayralari o‘lik bo‘ladi. Mexanik to‘qimalar ularni tashkil qiluvchi shakli va turiga qarab: kollenxima, sklerenxima, sklereidlar deb ataladigan uchta asosiy guruhga bo‘linadi.
O‘TKAZUVCHI TO‘QIMALAR. O‘simliklarda suv va unda erigan mineral moddalarni ildizdan poya orqali yuqoriga ko‘taruvchi, fotosintez natijasida hosil bo‘lgan organik moddalarni boshqa organlarga olib borish vazifasini o‘tkazuvchi to‘qimalar bajaradi. Ularning birinchisi ko‘tariluvchi, ikkinchisi tushuvchi oqim deyiladi.
Ko‘tariluvchi oqim naycha va traxeidlar orqali, tushuvchi oqim esa to‘rli naychalar va ularning yo‘ldosh hujayralari
orqali amalga oshadi. Yopiq urug‘li o‘simliklarning
naychalari juda ingichka kapillyarlardan iborat
bo‘lib, ular hujayralarning uzun qatoridan hosil
bo‘lgan. Bu hujayralarning ko‘ndalang to‘siqlari
qisman va butunlay erib ketadi, naychalar devori
yog‘ochlashib, hujayralar protoplasti nobud bo‘ladi
va naychalar ichi suv bilan to‘la o‘lik naychaga
aylanadi. Ularning uzunligi turli o‘simliklarda
turlicha
bo‘lib, 10 sm dan 2-3 m gacha bo‘ladi.
AJRATUVCHI TO‘QIMALAR. Hujayralarning hayot faoliyati natijasida bir qator chiqindilar hosil bo‘ladi. Ularga organik kislotalarining ba’zi tuzlari, smolalar, efir moylar, kauchuk va boshqalar kiradi. Bu moddalar o‘simliklar organizmidagi maxsus ajratish sistemasi yordamida chiqarib yuboriladi. Bu sistemalar smola yo‘llari va sut naychalaridir. Ba’zan oddiy parenxima hujayralari ham chiqindilarni tashkariga chiqarish vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik ninabargli daraxtlarning yog‘ochligi, po‘st va bargida uchraydigan smola yo‘llari smola kanallari deb ataladigan uzunasiga ketgan bo‘shliqlardan iborat bo‘lib, ularning ichki tomoni parenxima hujayralari bilan qoplangan. Bu hujayralar ajratuvchi hujayralar deb ataladi.
Sut naychalari o‘simlik tanasida tarmoqlanib ketgan kanallar sistemasidan iborat. Sut naychalari doimo tirik bo‘lib, unda muallaq holda kauchuk, juda kichik smola tomchilari, kraxmal donachalar va alkaloidlar bo‘ladi.
ADABIYOTLAR
1. Burigin I. A., Jongurazov F. X. Botanika. Toshkent, “O`qituvchi”, 1977.
2. Васильев А. И. и другие. Ботаника: морфология и анатомия растений. М., “Просвещение”, 1988.
3. Жуковский П. М. Ботаника. М., 1982.
4. Тихомиров Ф. К. Ботаника. М., 1968.
5. Хржановский И. Г., Пономаренко С. Ф. Ботаника. М., “Колос”, 1988.
6. Хржановский И. Г. Курс общей ботаники. ч. 1, М., 1982
7. Hamdamov I. va boshq;- Botanika asoslari. Toshkent, “Mehnat”, 1990.
Download 125.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling