Fizika guruh talabasi eshimbetova shohistaning optika


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana14.05.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1458844
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Eshimbetova Sh 2-G fizika optika kurs ishi



OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI 
QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-G 
FIZIKA GURUH TALABASI ESHIMBETOVA SHOHISTANING OPTIKA 
FANIDAN GOLOGRAFIYA VA UNING AMALIYOTDA QO’LLANILISHI 
MAVZUSIDA YOZGAN 
KURS ISHI 
  
  
  
  
ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N.  
BAJARDI: ESHIMBETOVA SH. 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
NUKUS_2023 


MUNDARIJA 
KIRISH ...................................................................................................................... 3 
I. BOB. GOLOGRAFIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA ........................... 6 
1.1. Golografiya haqida tarixiy ma’lumotlar .......................................................... 6 
1.2. Golografiyaning fizik xususiyatlari ................................................................... 9 
1.3. Golografiyaning asosi ...................................................................................... 12 
II. BOB. GOLOGRAFIYANING AMALIYOTDA QO’LANILISHI ................... 13 
2.1. Golografiyani qo'llash usullari. ........................................................................ 13 
2.2. Golografiyani qo'llash usullari ......................................................................... 14 
2.2. Golografik ma'lumotlarni qayta ishlash ........................................................... 22 
III. XULOSA ........................................................................................................... 24 
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .......................................................... 25 


KIRISH 
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya 
tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, o`quvchi yoshlarimizning 
jahon andozalariga mos bo’lgan sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni 
egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo`lib voyaga yetishlarini 
ta’minlash, ularning qobiliyat hamda iste’dodi, intellektual salohiyatini ro`yobga 
chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini kamol 
toptirish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Noana’naviy o`qitish metodlaridan 
dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish o`qituvchidan yuksak 
mahoratni talab etadi. Dars tushunarli, qiziqarli bo`lishi uchun o`quv materiallarini 
saralash, o`quv jarayonini loyihalashtirish, o`quv jarayoniga tegishli bo`lgan turli 
topshiriqlarni bajarish uchun tavsiyalar berish ham zarur. Nazariy va amaliy 
mashg’ulotlar o`tkazishda yangi adabiyotlardan foydalanish bilan bir qatorda 
internet ma’lumotlari va elektron kitoblardan foydalanish fizika ta’limi darslari 
samaradorligini yanada oshiradi. Buning uchun esa o`qituvchining o`zi noan’anaviy 
o`qitish metodlaridan bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi talab etiladi. 
Mustaqillik sharofati bilan yoshlarimizning har tomonlama bilim olishi, fikrlashi 
uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa shaxslarning barkamol bo`lishida 
bilim olish huquqi ahamiyatlidir. Chunki ta`lim xalq ma’naviyatini shakllantiradigan 
va boyitadigan eng muhim omildir. Maktab ta`lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat 
nazoratida bo`lishi asosiy qonunimizda belgilab qo`yilgan. Shu bilan birga, bu keng 
jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki hamda qo`llab-quvvatlashlarini talab 
qiladigan umummilliy masaladir. Konstitutsiyamiz har bir moddasi yuksak tafakkur 
va qalb harorati bilan bitilgan. Konstitutsiyamizda bilim olish haqida alohida 
to`xtalib o`tilgan. Mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va ta`lim sohasini 
rivojlantirish borasida qilingan salmoqli ishlarni raqamlar misolida sharxlaydigan 
bo`lsak, maktab ta`limini rivojlantirish umummilliy dasturi doirasida 8832 
maktabda qurilish ta`mirlash, rekonstruksiya va jihozlash ishlari amalga oshirilgani, 
1537 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etilgani istiqlol yillarida ilm-fan 
sirlari va zamonaviy texnologiyalarni puxta o`zlashtirgan, yuksak malakali kadrlarni 


tayyorlaydigan oliy o`quv yurtlari soni salkam ikki baravar ko`payib, bizning bu 
sohada o`zgalar havas qiladigan ulkan marralarga erishganimizdan dalolat beradi. 
Mamlakatimizda olib borilgan keng ko`lamli ishlarning natijasi, tasdig`i sifatida 
yoshlarimizning fan olimpiadalarida faol qatnashib, 150 dan ziyod oltin, kumush 
medallarni qo`lga kiritgani, xalqaro san`at va musiqa festevallari 670 dan ortiq 
sovrinlarni qo`lga kiritgani misolida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Darhaqiqat, faqat 
sog`lom xalq, sog`lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo`ladi. Zero, sog`lom 
bolalar davlatimiz hamda xalqimizning eng katta boyligi, buyuk kelajagimiz 
bunyodkoridir [1]. 
Golografiya to'lqin interferentsiyasiga asoslangan ma'lumotlarni ro'yxatdan 
o'tkazish usuli. Optik golografiya holografiyaning bir turi hisoblanib, unda optik 
nurlanish natijasida hosil bo'lgan yorug'lik maydoni qayd etiladi. Golografiya 
yordamida olingan rasm gologramma deb nomlanadi va olingan narsalar tomonidan 
yaratilgan vizual taassurotning eng aniq avtostereoskopik ko'payishi hisoblanadi. 
Shu bilan birga, kosmik chuqurlik va ko'p burchakli tuyg'u saqlanib qoladi va tasvir 
gologramma bo'lgan oyna orqali olib tashlangan narsaning ko'rinishiga o'xshaydi. 
Golografiya va tasvirni ro'yxatga olishning barcha boshqa usullari o'rtasidagi asosiy 
farq, olingan barcha ob'ektlar haqidagi ma'lumotlarni sensorning butun yuzasi 
bo'ylab tarqatishdir, masalan, fotografik plita. Shuning uchun gologrammaning 
shikastlanishi, uning maydonining pasayishiga olib keladi, bu tasvirning bir qismini 
yo'qotishiga olib kelmaydi. Bir nechta qismlarga bo'linib ketgan gologramma bilan 
suratga olingan plastinkaning har bir bo'lagi qo'lga olingan barcha narsalarning 
tasvirini o'z ichiga oladi. Faqatgina mavjud bo'lgan burchaklar soni kamayadi va 
juda kichik bo'laklardagi rasm stereoskopik va ravshanlikni yo'qotadi. 
Olingan tasvirning mukammalligiga qaramay, golografiya an'anaviy stereo 
fotografiyani o'rnini bosa olmadi. Texnologiyaning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda, tortishish juda qiyin va faqat laboratoriya sharoitida lazer yoritilishi 
bilan amalga oshirilad. Golografiya spektroskopiya, fotogrammetriya, mikroskopiya 
va golografik interferometriyada, shuningdek ma'lumotlarni yozish va hujjatlarni 
himoya qilish moslamalarini yaratish uchun o'z dasturini topdi. Kompyuter 


golografiyasi natijasida hosil bo'lgan optik elementlar (masalan, difraksion linzalar) 
zamonaviy optik qurilmalarda keng qo'llaniladi. Odamzod yaralibdiki hozirgi kecha 
kunduzgacha taraqqiyot yo’lini o’tib kelmoqda. Shu bilan birgalikda fan va 
madaniyat ham o’z rivojini topmoqda. Ayniqsa hozir biz ilm-fan va texnika 
rivojlangan asrda yashayapmiz. Keling biz uchun hozir oddiy va har xillari bo’lgan 
televizor tarixiga bir nazar solib ko’raylik. Avval boshda katta va o’ta og’ir 
darajadagi televizorlar ixtiro qilingan va bu voqea o’ta e’tiborga molik bo’lgan. Buni 
qarangki, o’sha televizorlar rangdor ham emas faqatgina oq va qora ranglardan 
iborat edi. Bora bora uning hajmi kichrayib, ixchamroq qilib chiqarila boshladi. Endi 
uni bemalol ko’tarib o’rnini almashtirish ham mumkin, ya’ni unchalik qiyinchilik 
tug’dirmas edi. Shu tariqa fan rivojlanib, biz oq-qora televizorlardan voz kechdik va 
endi o’zimiz uchun qulay bo’lgan rangdor televizorga o’tdik. Shu tariqa hayotimiz 
ancha go’zallashdi. Xuddi shuningdek bizning xotiralarimizni saqlab qo’yish uchun 
tushadigan suratlarimizning rivojlanish bosqichlari ham taraqqiy topib bordi va o’z 
cho’qqisiga yetdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Oq-qoradan rangli sura’atlaga, rangli 
sur’atlardan endi “hajmiy” suratlarga o’tilmoqda. Faqat endi yangi taraqqiyot 
golografik texnologiyalarning yanada rivojlanishi hayotimizni yanada qulay va oson 
qiladi.
Kurs ishining dolzarbligi: Golografiya hamda gologrammalarning afzalligi va 
ularning fan va texnika taraqqiyotiga qo’shayotgan hissasi qanchalik muhim 
ahamiyatga ega bo’layotgani.
Ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish hamda o`qitish 
metodlarini uzluksiz takomillashtirish, o`quvchilar bilimlarining oshirib borilishi 
o`qituvchidan o`z bilimini uzluksiz ravishda to`ldirib va yangilab borishni, malaka 
va metodik mahoratini yuksaltirishni taqozo qiladi. 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling