Fizika guruh talabasi eshimbetova shohistaning optika


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana14.05.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1458844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Eshimbetova Sh 2-G fizika optika kurs ishi

 
 
 
 
 
 
 


III. XULOSA 
Men o’z kurs ishimni tayyorlash jarayonida turli xil adabiyotlardan 
foydalandim va golografiya tushunchasi bilan yanada yaqindan tanishdim. 
Golografiya interferensiya hodisasiga asoslangan, boshqacha aytganda to’lqinning 
fazaviy munosabatlarini interferension manzaraning amplitudaviy strukturasiga 
aylantiradi. Golografiyada ko’p qo’shimcha tasvirlar paydo bo’lishi imkoniyati bor. 
Golografik eksperimentning barcha aytib o’tilganlardan tashqari yana ko’p nozik 
bo’lgan xususiyatlari bor. Xususan tayanch to’lqin hamda golografiyalanadigan 
to’lqin intensivliklari nisbati, asbobning vibratsiyasi, jelatin qatlamidagi fazaviy 
buzilishlar va boshqalar muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, 
golografiya turli paytlarda mavjud bo’lgan to’lqinlar interferensiyasini kuzatish 
imkonini beradi. Gologramma foto plastinka qatlamidagi qorayishlar taqsimotida 
yorug’likning keyingi difraksiyasi buyumning to’lqin maydonini tiklaydi va 
kuzatilayotgan buyum yo’q bo’lganida shu maydonni o’rganish imkonini beradi. 
Shunday qilib, amaliy nuqtayi nazardan golografiya juda katta ko’lamdagi 
ma’lumotni qayd qilish, yozib olish, saqlash va shaklini juda tez almashtirish 
qobiliyatiga ega. Golografiya asosidagi fizik prinsiplardan kelib chiqadigan bu 
jihatlar tufayli golografiya turli texnik va ilmiy masalalarni yechish uchun keng 
qo’llaniladigan bo’ldi. Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, fan va texnikaning 
rivojlanishi golografiyaning rivojlanishiga katta imkoniyat yaratib berdi va insoniyat 
hayotini go’zallashtirishda davom etib kelmoqda. Men kurs ishimda turli xil 
adabiyotlardan foydalandim va golografiya tushunchasi bilan yanada yaqindan 
tanishdim. Golografiya interferensiya hamda difraksiya hodisalariga asoslangan
boshqacha qilib aytganda to’lqinning fazaviy munosabatlarini interferension 
manzaraning amplitudaviy strukturasiga aylantiradi. Xulosa qilib shuni aytishim 
mumkinki, golografiyaning rivolanishi hali oldinda hamda bu rivojlanishga o’z 
hissamni qo`shish niyati paydo bo’ldi. Golografiyaning rivolanishi insoniyatni hayot 
darajasini yangi bosqichga olib chiqadi. 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling