Fizika guruh talabasi eshimbetova shohistaning optika
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Eshimbetova Sh 2-G fizika optika kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. BOB. GOLOGRAFIYANING AMALIYOTDA QO’LANILISHI 2.1. Golografiyani qollash usullari.
1.3. Golografiyaning asosi
Endi keling golografiyaning asosi bilan tanishishga o’taylik. Xo’sh, jism to’g’risidagi malumot (uning tasviri) qanday qilib qayd etiladi va qanday qilib tiklanadi? Buning uchun jismdan chiqayotgan to’lqin amplitudasi va fazasini qayd qilish va qayta tiklash zarur. Bu esa amalda mumkin. Chunki interferensiyada, intensivlikning taqsimoti interferensiyaga kiruvchi barcha to’lqinlarning ham amplitudalariga, ham fazalariga bog’liq Shuning uchun ham faza, ham 12 amplituda haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish uchun jismdan chiquvchi to’lqindan (jism to’lqini) tashqari, yorug’lik manbayidan boruvchi, unga kogerent bo’lgan to’lqindan ham (tayanch to’lqini) foydalaniladi. Golografiyaning asosiy g’oyasiga muvofiq, jism hamda tayanch to’lqinlari hosil qiladigan interferension manzaradagi intensivliklar taqsimoti rasmga tushirib olinadi. So’ngra, esa fotoplastinkada qayd qilingan qoraygan taqsimotlar yorug’lik difraksiyasi yordamida qayta tiklanib, jism bo’lmasa ham, uni o’rganish imkoniyati vujudga keladi. II. BOB. GOLOGRAFIYANING AMALIYOTDA QO’LANILISHI 2.1. Golografiyani qo'llash usullari. Golografiya usulidan hozir juda ko’p sohalarda foydalaniladi. Lekin ularning eng muhimi - ma'lumotlarni yozish va saqlash. Golografiya oddiy mikrofotografiya usuliga qaraganda, bir xil hajmga yuzlab marta ko’p ma'lumotni yozishga imkon beradi. Masalan, o’lchamlari 32x32 mm bo’lgan fotoplastinkaga, har birining yuzasi 1 mm 2 dan bo’lgan 1024 ta gologrammani, ya'ni 1024 betli kitobni joylashtirish mumkin. Golografik xotirali EHM, golografik elektron mikroskop, golografik kino va televideniye, golografik interferometrlar kabi istiqbolli sohalar endigina rivojlana boshlamoqda. Yorug’lik ko’plab atomlar tomonidan chiqariladi hamda ko’plab elektromagnit nurlanishlarning yig’indisidan iborat bo’ladi. Bu nurlanishlar mustaqil ravishda amalga oshirilgani uchun yorug’lik vektorining hamma yo’nalishlar bo’yicha taqsimoti bir xil bo’ladi. Yorug’lik to’lqinlarining qutblanish mexanizmini yaxshiroq tasavvur qilish uchun mexanik to’lqinlarning qutblanishi bilan tanishaylik. Bo’ylama to’lqinlar (tovush to’lqinlari) holida tebranish to’lqinning tarqalish yo’nalishi bilan mos keladi. Ko’ndalang to'lqinlar holida esa tebranish to’lqinning tarqalish yo’nalishiga perpendikular bo’ladi. Shu bilan birga to’lqinning tarqalish yo’nalishiga perpendikular bo’lgan yo’nalish cheksiz ko’pdir. Qutblagichlar. Endi yorug’lik to’lqinlarining tabiatini aniqlash uchun yuqorida keltirilganga o’xshash tajriba o’tkazib ko’raylik. Yorug’lik to’lqini holida «tirqishli to'siq» vazifasini nima bajarishi mumkin, degan savol tug’iladi. Bu vazifani ba'zi kristallar, masalan, turmalin o’tashi mumkin. Bunday kristallar anizotropik xususiyatlarga ega bo’lganliklari uchun, yorug’lik tebranishining ma'lum yo’nalishidagisini o’tkazib, boshqalarini o’tkazmaydi. Boshqacha aytganda, ular yorug’likni qutblash xususiyatiga ega va shuning uchun ularni qutblagichlar deyiladi. Yorug’lik to’lqinining qutblanish xususiyatiga egaligi uning ko’ndalang to’lqin ekanligini isbotlaydi. Tabiiy yorug’lik ikkita dielektrikning (misol uchun havo va suv) chegarasiga tushganda bir qismi qaytadi, bir qismi esa sinib ikkinchi muhitda harakatlanadi. Bu nurlarning yo’liga turmalin plastinka qo’yib, ularning qisman qutblanganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Tajribalar qaytgan nurda tushish tekisligiga perpendikular bo’lgan tebranish singanida esa tushish tekisligiga parallel tebranish (strelkalar bilan ko’rsatilgan) ustunroq bo’lishini ko’rsatdi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling