"botanika" fanidan
Turli yo'g'onlikdagi ipli (geterotrixal) tuzilma
Download 44.21 Kb.
|
208 Aerofit suvotlar va ularning ekologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psevdoparenximatoz (soxta toqima) tuzilma.
Turli yo'g'onlikdagi ipli (geterotrixal) tuzilma. Geterotrixal tuzilma ipsimonning morfologik takomillashuvi oqibatida turli vazifalarni: birikish, tayanch berish, assimilyatsiyalanish, hosil qilish kabilarni bajarishga moslanish natijasida yuzaga kelgan, Geterotrihal tuzilmali taliomning ko'p qismi substrat bo'ylab gorizantal joylashib birikish vazifasini bajaradi va undan tikkasiga (vertikal) yo'nalgan assimilyatsiya vazifasini bajaruvchi qismlardan iborat. Bunday tuzilish har ikkala qismning birortasini reduktsiyasi yoki takomillashib rivojlanib ketishi tufayli ro'y beradi. Ayrim suvoMlarda ipning tikka joylashgan qismi bo'g'im va bo'g'im oraliqlarga maxsustashib, ulardan bo'g 'imli tuzilgan yon shoxchalar chiqadi. Bug'imlardan bundan tashqari qo'shimcha iplar chiqib, bo'g'im oraliqlarni qoplovchi yopqichlar o 'sib chiqishi mumkin. Substratga , birikishni rangsiz rizoidlar bajaradi. Geterotrixal tuzilishdagi bunday shakl o'zgarishlar xara suvo'tlarida ro'y beradi. Geterotrixal tuzilma yashil, qo'ng'ir, qizil ayrim sariqyashil va tillarang suvo'tlarga xos. Ipsimon taliomning morfologiya va vazifasiga ko'ra tabaqalashuvi va rivojlanishi suvo'tlarni morfologiya jihatdan taraqqiyotidagi muhim aramorfozlardan hisoblanadi. Bu morfologiya jihatdan yirik tallomlarni yuzaga kelishiga olib kelgan va psevdoparenximatilc tuzilmani hosil bo’lishiga asos bo'lgan.
Psevdoparenximatoz (soxta to'qima) tuzilma. Psevdoparenximatoz tuzilmaning harakterli xususiyati bo’lib, yirik xajmli ko'p hujayrali geterotrixal tallomni morfologiya va fiziologiya jihatidan (abaqalashib "to'qima" hosil qilishidir. "To'qima" hosil bo'lish xususivatiga ko'ra xaqiqiysidan farqlanganligi tufayli uni soxta to'qima deyiladi. Bu xildagi to'qimaning ichida oddiydan murakkabga tomon takomillashuvni ko'rish mumkin. Murakkab tuzilganlarida to'qima tabaqalashib to'q rangli mayda hujayralardan iborat assimilatsiya vazifasini bajaruvchi tashqi po'stloq qavat, yirik, deyarli rangsiz hujayrali tayanch va o'tkazish vazifalarini bajaradigan markaziy qavatga, ba'zan esa assimlyatsiya mahsulotlarining ta'minlovchi, yirik, rangsiz hujayrali qavatlardan iborat Bo'ladi. Psevdoparenximatoz tuzilma suvo'tlarning morfologiya jihatidan taraqqiyotdagi boshi berk muhim yo'nalish hisoblanadi. Qadimda uni hosil bo’lishi aramorfozlardagi muhim voqea hisoblangan. Bu esa morfologiya jihatdan yirik suvo'tlar taksonlarini ba'zan boshqa ko'rinishdagi quiuqlikdagi yuksak o'simiiklarni eslatadigan turlami paydo bo'lishiga sabab bulgan. Download 44.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling