"botanika" fanidan
Download 44.21 Kb.
|
208 Aerofit suvotlar va ularning ekologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinsiy kopayish, jinsiy jarayon
Jinssiz ko'payish. Suvo'tlarning jinssiz ko'payishi maxsuslangan hujayra-spora yordamida amalga oshadi. Spora yoki zoospora (xivchinli спора) oddiy vegetativ bujayralardan o'zining o'lchami va shakli, hamda yuzaga kelishi bilan ham farqlanadigan maxsus sporangiy deb ataladigan hujayralarda ham paydo bo'lishi mumkin. Spora va zoosporalar oddiy vegetativ hujayralardan o'lchamlarini ancha kichikligi bilan farqlanadi. Ular yumaloq, cho'ziqyumaloq, tuxumsimon, tetraedr, po'stli yoki po'stsiz bo'lishi mumkin. Sporangiyda hosil bo'layotgan sporalarni soni
bittadan (Oedogonium, Vaucheria) bir necha yuzlab (Cladophora) bo'ladi. Suvo'tlar hayotida sporalar tarqalish vazifasini ham bajaradi. Sporalar hosil bo'lishi va rivojlanish bosqichlariga ko'ra ekzova endosporalar (ko'k-yashil suvo'tlarning harakatsiz sporalari) aplonosporalar (avtospora, gipnospora, gemizoosporalar yashil suvo'tlarning harakatlanadigan sporalari, mono va tetrasporalar (qo'ng'ir va qizil suvo'tlarning harakatlanmaydigan sporalari) bispora va guruhlariga ajratiladi. Gaploid aplanosporalar va zoosporalar prokariot va eukariot suvo'tiarda uchraydi. Uiardan ayrimlari, masalan Volvox lurkumining zoosporalari voyaga yetgan hujayralarga aynan o 'xshash bo'ladi. Zoosporalarning 1,2,4 yoki ko'p miqdordagi xivchinlari bor. Aplanosporalar ko'pincha sporangiy ichidayoq po'st bilan o'ralib, voyaga yetgan hujayraga o 'xshashligi tufayli avtospora ham deyiladi. Aplanosporalar o 'zoq vaqt tinim davrida bo’lishga moslashganligi tufayli gipnospora ham deyiladi. Xivchinlarini yo'qotgan, ammo qisqaruvchi vakuola' va ko'zchasi mavjud zoosporani gemizoospora deyiladi. Sporani tuzilishi va uni hosil bo'lishi suvo't sistematikasi uchun katta ahamiyatga ega. Jinsiy ko'payish, jinsiy jarayon SuvoMlarning jinsiy ko'payishi jinsiy jarayon bilan bogMiq bo'lib, u ikki hujayrani qo'shilishi va yangi suvoM yoki zoosproraga aylanadigan zigota hosil bo’lishi bilan bog'liq. Jinsiy jarayonni yuzaga kelishi suvoMlarning tarixiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. SuvoMlardagi jinsiy ko'payish bir qancha ko'rimshlarda boradi. Hozirgi zamon suvoMlarida ham jinsiy jarayon juda soddaligicha qolgan. Bunga suv muhiti sabab bo’lib, u uzoq asr, vaqtlar davomida kam o'zgargan. SuvoMlardagi jinsiy jarayon maxsus hujayra hosil qilmay va shunday hujayra hosil qilish bilan amalga oshadi. Jinsiy jarayonni maxsus hujayra hosil qifmay ro'y berishini eng soddasi gologamiya-po'sti bo'lmagan ikki vegetativ hujayrani qo'shilishidir. Bir hujayrali xivchinli suvo'tlarda, masalan. Yashil suvo'tlardan Volvox turkumida voyaga yetgan ikkita vegetativ hujayrani o'zaro qo'shilishi bilan ro'y beradi. Xivchinsiz ikkita vegetativ hujayrani o'zaro qo'shilish jarayoni konyugatsiya deyiladi. Bu jinsiy jarayon yashil suvo'tlaridan faqat matashuvchilar sinfi vakillari uchun xos holos. Jinsiy jarayonda ishtirok etayotgan hujayralar gametalar vazifasini bajaradi. Hosil bo'lgan hujayra tashqi ko'rinishidan xech ham farqlanmaydi, ammo ular fiziologiya jihatidan, bin erkak, ikkinchisi urg'ochi vazifasini bajaradi. Zigota tinim davrini o'tagach unib, bitta (Zygnemcitales) ikkita (Desmiciiales) yoki to'rtta (Mesataenialea) o'simtani hosil qiladi. Gametofitlar, gametosporofitlar va sporofitlar tashqi ko'rinishdan farqlanmasada ular aniq bilinib turadigan morfologik farqlarga ega. Shunga bog'Iiq holda izomorf (o'xshash) va geteremorf (o'xshamagan) rivojlanish farqlanadi. Gametosporofitning ko'pchinigida o'zgarishli rivojlanishlar kuzatilmaydi. Ba'zan gametofit va sporofitlar morfologiyasi bo'yicha o'zaro farqlanmaydi, ammo turlicha ekologiya sharoitlarida o'sganda farqlanadi. Geteromorf rivojlanishda gametofit va sporofit morfologiyasi bo'yicha anchafarqlanadi. Yashil suvo'tlaridan Ascosiphonia turkumida gemotofit ko'p hujayrali, bo'yi bir necha santimetr kelsa, sporofit mikroskopik darajada tuzilgan, bir hujayrali hisoblanadi. Gametofit va sporofitni nisbatlari boshqacha ham bo'ladi. Qo'ng'ir suvo'tlaridan laminariya japonica turida gametofit mikroskop ostida kolsa bo'ladigan darajada kichik bo'lsa, sporofit uzunligi 12 metrlagacha yetadi. Suvo'tlar barcha gumhlarining rivojlanishiga ularni tarixiy tarqkiyotiga nuktai nazardan qaraydigan bo'lsak, quyidagi asosiy bosqichlarni ko'rishimiz mumkin; 1. Hujayrani bir necha bulaklarga bo'linishi va jinsiy ko'payishidagi siklomorfoz. 2. Bo’linishni ma'lum sonda bo'lishi va belgilangan miqdordagi yangi hujayralarni hosil bo'lishi. Sporani yuzaga kelishi. 3. Gologamiya asosidagi jinsiy jarayonni paydo bo'lishi. 4. Gametalami hosil bo'lishi va izo-, anizo- va oogamiyani sodirligi. Spora va gametalami hosil qiluvchi maxsus hosilani yo'qligi. ham ma organizmlar imkoniyat dara Iasi dag i gametosporadan iborat. 5. Qayta tiklanadigan sporofitni hosil boiishi. Gametosporofitiling rivojlanishida ma'lum taitibda boimagan almashinuvni va tiklanadigan sporofitni yuzaga kelishi. 6. Rivojlanishida sporofit va gametofitni navbatlanishi. 7. Rivojlanishida bir morfologik tuzulishni ikkinchisidan ustunlik qilishi (dominantligi). 8. Dibiontda keyingi avlodning o 'simtalarini yuzaga kelishi. Xulosa. Takidlash joizki botanika fanida o' simliklar dunyosini o'rganib chigish va o'simliklar yangi turlarini kashf qilishi ancha mehnat talab qiladi. Biz bu kurs ishida bunga e'tibor qaratdik bu o 'simlik dunyosini o'rganadigan Botanika fanining muhim mavzularidan biri bo'lgan Aeorfit suvo‘tlar va ulaming ekologiyasi mavzusida muhokamalar olib bordik. Bu mavzuda asosan o'simliklarning suvo‘tlar va ularning ekologiyasi o'rganish to’plagan bilimlarimizni tahlil qilishga va amaliyotga tatbiq qilishga qaratdik Bugungi kunda mamlakatimizda o'simliklardan yuqori hosil olish, o'simliklarning yangi hosildor, kasalliklarga chidamli navlarini yaratish bo'yicha turli xil usullar mavjud lekin, mamlakatimizda keyingi paytda har bir sohada bo'lyotgani kabi yechimini kutayotgan muammolarni hal etishda soha vakillaridan hamda olimlarimizdan masalaga innovatsion yondashuvlar talab etilmogda. Yer kurrasining deyarli hamma qismida uchraydigan o' simliklaming tabiat va inson hayotidagi roli beqiyosdir. O’simlik turlarida farmatsevtika sanoati uchun muhim ahamiyatga ega bo'Igan ko plab organik moddalar biosintezlanadi. Jumladan, O'simlik turlari tarkibidan tinchlantiruvchi dori preparatlari, siydik haydovchi, yurak faoliyatini yaxshilovchi, jarohatlarni davolovchi, og'riq goldiruvchi, gormon tabiatga ega, o'smaga qarshi ta'sir ko'rsatuvchi va boshga ko'plab yo 'nalishlarda terapevtik ta'sir faolligiga ega bo'lgan dori preparatlarini yaratishda ishlatiluvchi fiziologik faol moddalar ajratib olinadi. Download 44.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling