"botanika" fanidan


Download 44.21 Kb.
bet3/12
Sana01.04.2023
Hajmi44.21 Kb.
#1316605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
208 Aerofit suvotlar va ularning ekologiyasi

Kurs ishining tuzilishi. Mundarija, kirish, asosiy qism, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va Internet saytlaridan iborat.


I BOB SUVO’TLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
1.1. Suvo'tlar bo'limlari haqida qisqacha ma’lumot
Tuban o'simliklarning suvda, nam joylarda va tuproqda yashaydigan katta guruhi suvo'tlar deyiladi. Suvo'tlar xujayrasida xlorofil bo'lishi bilan baktyeriyalardan farq qiladi. Lekin ular tarkibida boshqa pigmentlar borligi tufayli rangi qo'ng'ir sizil va ko'k- yashil bo'ladi. Хlorofill borligi uchun suvo'tlar avtotrof o'simliklar hisoblanadi. Suvo'tlar tashqi ko'rinishidan juda xilma- xil bo'ladi. Ular orasida mikroskopik mayda bir xujayralilar bilan bir qatorda bir necha o'n metrga yetadigan juda yirik vakillari ham bor. Koloniya bo'lib yashaydigan suvo'tlar bir xujayralilar orasidagi zvenodir. Ularning tanasi o'zaro bo'sh birikkan xujayralar to'dasidan iborat. Suvo'tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo'linmagan tallomdir. Biroq ba'zi vakillarning tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo'lib, funksyasiga muvofiq ravishda tanasi ayrim qismlarga ajralgan bo'ladi. Suvo'tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Jinsiy yo'l bilan ko'payish oogamiya, izogomiya, getyerogamiya tipida ro'y byeradi. Suvo'tlar dengizlarda va chuchuk suvlarda suvning tiniqligiga qarab har xil chuqurlikda (tiniq dengizda 100-150 m ) yashaydi. Ularning ba'zilari, asosan, mikroskopik shakillarining juda ko'p to'dasi erkin suzib yurib fitoplonkton hosil qiladi. Boshqalari esa suv xavzalari ostiga yopishib yashab, bentos (suv xavzasi ostidagi o'simlik va hayvon organizmlar to'dasi) tarkibiga kiradi. Tuproq suvo'tlari yer yuzasida va uning ustki qatlamlarida yashaydi. Ularning ko'pi tuproqda organik moddalarni to'planishiga yordam beradi va unimdorlikning muhim omili hisoblanadi.1
Suvo'tlar tabiatda keng tarqalgan: ular daryo va dengizlarda, tuproq va qoyalar yuzasida, daraxt po'stloqlarida, hayvon junlarida, uylar devorida uchraydi. Suvo'tlar atrof-muhitga osonlik bilan moslashadi, Yer yuzidagi barcha geografik mintaqalarda tarqalgan. Ular boshqa o'simliklar o'smaydigan ko'l va dengizlarning chuqur joylarida, g'orlarida, qor, muz taglarida va issiq buloqlarda o'sadi. Suvo'tlarning asosiy hayot manbai-suv hisoblanadi.
1.2. Aeorfit suvo'tlarining hayot tarzi va ahamiyati
Ekologik sharoitlar (yorug'lik, harorat, muhit va uning kimyoviy tarkibi) yig'indisi ta‘sirida suvo'tlar har xil jamoalar yoki senozlar hosil qiladi. Bunda har qaysi jamoaning o'ziga xos doimiy turlari bo'ladi. Asosiy algologik jamoalar quyidagilardir: plankton suvo'tlar (fitoplankton), neyston suvo'tlar (fitoneyston), bentos suvo'tlar fitobentos), aerofil suvo'tlar (aerofiton), tuproq suvo'tlari fitoedafon), issiq manbalar suvo'tlari (termofiton), qor va muz suvo'tlari (kriofiton), sho'r suvo'tlar (galofiton), ohaktoshlarda o'suvchi suvo'tlar (kalsefillar) shular jumlasidandir.
Shundan plankton, neyston, bentos jamoalar suv sharoitiga moslashgan. Ko'l va dengizlarda o'sadigan mayda suvo'tlar planktonlar tarkibiga kiradi. Ular suvda muallaq qalqib yuradigan mikroskopik o'simlik va hayvon organizmlari yig'indisidan iborat. Suv havzalarining qiyalik va taglarini qoplab oladigan suvo'tlari bentosni tashkil etadi. Bentos suvo'tlar mikro-va makroskopik bo'lib, ularning hayoti muhit bilan bog'liq. Mikroskopik neyston suvo'tlar suvning ustki qatlamida joylashadi. Aerofil va tuproq suvo'tlari suvda o'sadigan suvo'tlarga nisbatan o'zgaruvchan harorat va namlik ta‘siriga ko'proq uchraydi. O'zgaruvchan harorat ta‘sirida o'suvchi suvo'tlar kriofil jamoani tashkil etadi. Muhit tarkibining o'zgarishidan hosil bo'ladigan suvo'tlar jamoasi galofiton va kalsefillar deyiladi.
Chuchuk suv havzalarida va dengiz suvlarida uchraydigan algotsenoz tarkibi bir xil emas. Suvo'tlarning har xil biotsenozlarga tarqalishiga va uning tarkibida tarlarning mo'l yoki kam bo'lishiga ko'plab abiotik, biotik va antropogen omillar ta‘sir ko'rsatadi.
Suvo'tlar tabiatda boshqa organizmlar bilan simbioz holda ham yashaydi. Suvo’tlarining tabiatdagi va insonlar hayotidagi ahamiyati. Suvo'tlar tabiatda juda keng tarqalgan bo'lib, moddalar aylanishida ayrim biogeotsenozlarda va insonlarning xo'jalik faoliyatida katta ahamiyatga ega. Suv o'tlaridan nihoyatda ko'p biomassa hosil bo'ladi. Ana shu biomassaning kimyoviy tarkibi har xil bo'lganligidan kishilar va hayvonlar hayotida katta rol o'ynaydi. Ayniqsa, suv hayvonlari va baliqlar hayoti suv o'tlari bilan chambarchas bog'liqdir.
Suvda hech narsaga birikmasdan muallaq holda o'sadigan plankton suvo'tlar hayvonlarning oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Suvo'tlarning bir necha turlari indikatorlik vazifasini bajaradi. Suvo'tlarning turlariga qarab, suvlarning iflos va tozalik darajasi aniqlaniladi.
Suvo'tlaridan hosil bo'ladigan organik moddalar turli sohalarda ishlatiladi. Kishilar suvo'tlardan oziq-ovqat, mollarga yem-xashak sifatida, dehqonchilikda esa o'g'it o'rnida foydalaniladi. Suvo'tlarida moy kam bo'lsa ham, oqsil, uglevod va vitaminlar ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham ular sanoat uchun muhim xom ashyo hisoblanadi.
Kladofora yashil suvo'tidan sifatli qog'oz va kartonlar tayyorlanadi. Ko'pgina suvo'tlardan esa sanoatda yod, brom olinadi. Suvo'tlarni quruq haydash natijasida ko'mir, smola, kreozid, yog'och spirti, atseton olish mumkin. Sapropel - chirindi qoldiqlaridan iborat organik loyqa. U tibbiyotda, chorvachilikda, oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Uni quruq haydash natijasida smola, gaz, koks olinadi. Bu mahsulotlardan o'z navbatida benzin, kerosin, og'ir moy, lak, organik kislotalar, ammiak va boshqa mahsulotlar olinadi.
Qizil suvo'tlaridan agar-agar olinadi. Agar-agar marmelad tayyorlashda, qog'oz va farmatsevtika sohasida ishlatiladi. Qo'ng'ir va qizil suvo'tlarining bazilaridan algin kislotasi tayyorlanadi. Algin kislotasi esa to'qimachilik va qog'oz sanoatlarida (gazlama va qog'ozga ishlov berishda), shuningdek, plastmassa sanoatida (asosiy xom ashyo sifatida) ishlatiladi.
Qizil suvo'tlardan gigartina va xondurus, qo'ng'ir suvo'tlaridan laminariya tabobatda keng qo'llaniladi.
Suvo'tlar fiziologiya, biokimyo, genetika, biofizika va biologiyaning boshqa sohalarida tadqiqotlar olib borish uchun muhim ob‘ekt sifatida ham foydalaniladi. 2
1.3. SUVO'TLARINING TARQALISHI
Suvo'tlar yer kurrasi bo'ylab turli suv, quruqlik va tuproq biotoplarida keng tarqalgan. Bu organizmlarning quyidagi ekologiya jihatdan gumhlari ma 'lum: Plankton suvo'tlar, Bentos suvo'tlar, Quruqlik suvo'tlari, Tuproq suvo'tlari Qaynoq buloqlar suvo'tlari, Muz va qor suvo'tlari, Sho'r suvlardagi suvo'tlar.

Download 44.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling