O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON
DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
2-BOSQICH 208-GURUH
TALABASI
ASHURALIYEV SHAXZODBEK NING
“BOTANIKA” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: AEROFIT SUVOTLAR VA ULARNING EKOLOGIYASI
Kurs ishi rahbari: Abdurazzakov A.A.
Andijon -2023
Mundarija.
Kirish…………………………………………………………………………3
I BOB. SUVO’TLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
l.l. Suvo'tlar bo'limlari haqida qisqacha ma'lumot……………….…………5
1.2. Aeorfit suvo'tlarining hayot tarzi va ahamiyati…………………………6
1.3. Suvo'tlarining tarqalishi………………………………………………..7
II BOB. SUVO'TLARNING KO'PAYISHI VA EKOLOGIYASI
2.1. Suvo'tlar tallomining morfologik tabaqalashuvini tiplari……………..11
2.2. Suvo'tlarining ekologiyasi…………………………………………….17
2.3. Suvo'tlarining ko'payishi……………………………………………...20
Xulosa……………………………………………………………………….27
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………28
Kirish.
Kurs ishining dolzarbligi. Hozirgi zamon botanika fanining oldida turgan muhim vazifalardan biri tabiiy sharoitda uchraydigan o’simlik guruhlarini cho’l, dasht, o’rmon, o’tloq va shu kabilar bo’yicha o’rganib, ulardan xalq xo’jaligi manfaati yo’lida keng foydalanishdir. Darslikdagi gulli o’simliklar sistemasida klassik sistematika A. Engler, A. Taxtadjyan va boshqa zamonaviy sistemalar asos qilib olingan.
O’simliklar dunyosi sodda tuzilishga ega bir hujayrali o’simliklardan tarixiy taraqqiyot jarayonida asta-sekin takomillashib borgan. Natijada murakkab tuzilishga ega va hozirgi paytda Yer yuzi o’simliklar qoplamida dominantlik qilayotgan gulli (magnoliyatoifa) o’simliklar paydo bo’lgan. Mazkur darslikning asosiy maqsadi o’simliklarning hujayra va to’qimalardan
tuzilganligini, ularning tuzilishi va funksiyalarini, vegetativ va generativ
organlarining xilma-xilligini, ularning tashqi tuzilishi morfologiyasini,
ichki tuzilishi anatomiyasini, turli sistematik kategoriyalar (bo’lim, ajdod, qabila, oila va b.) ga mansub o’ simliklarning tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllanganligini, turlarning o’simliklar qoplami (fitotsenoz) da tutgan o’rni va tashqi muhit bilan bog’liqligi, ularga turli omillarning ta‘ sirini atroflicha o’rganishga qaratilgan.
Orqali qishlog xo'jaligi ekinlarining
yangi hosildor navlarini, payvandlashning yangi noan'anaviy-zamonaviy usullarini yaratishda ilmiy izlanishlar olib boorish, ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.