Botanika faniga kirish
Organoidlarning biogenezi
Download 0.8 Mb.
|
O’SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI kurs ishi Durdonaga
Organoidlarning biogenezi. Organoidlarning biogenezi juda ham keng bo`lganligi uchun biz quyida uchta asosiy organoid, ya`ni xloroplastlar, mitoxondriyalar va membranalar biogeneziga old ayrim hollarni ko`rib chiqamiz.
Xloroplastlar biogenezi. Hujayra ontogenezida xloroplastlar plastidlardan, ya`ni meristemalar hujayralaridagi proplastidlardan hosil bo`ladi. Proplastidlarning ichki membranasi juda kuchsiz rivojlangan bo`ladi. Proplastidlardan xloroplastlarning rivojlanishi bir qator o`zgarishlar, xususan plastidlar membranalari tizimining differentsirovkasi (lamellalar va granlarning hosil bo`lishi) bilan boradi. Shuning bilan bir qatorda pigment laming sintezi va tashkillanishi, yorug`lik yig`uvchi kompleksning, FT-I, FT-II hamda boshqa komponentlarning sintezlanishi jarayonlari ro`y beradi.Xloroplastlar va plastidalar membranalari sistemasining qurilishi va qayta qurilishi doimiy ravishda membranalar tuzilishining yangilanishi ya`ni oqsillar va lipidlarning yemirilishi va membrana tarkibiga boshqa yangi komponentlarning kirib kelishi bilan boradi. Xloroplastlarning biogenezi faqatgina yorug`likda ro`y beradi. Buni biz qorong`ulikda o`sgan o`simliklar maysalaridagi etioplastlarning o`zgarishida ham ko`rishimiz mumkin. Etioplastlarning xloroplastlarga aylanishi xloroplastlarning rRNK, mRNK molekulalarining, tuzilma oqsillari sintezining va boshqa komponentlarining sintezlanishi bilan boradi. Bunda yorug`lik ta`sirida, etioplastlarning protoxlorofillidi tezda xlorofill «a» hosil qiladi. Keyingi ikki soat davomida xlorofillning miqdori juda sekin o`zgaradi. So`ngra nisbatan tezlashadi. Bu vaqtga kelib xloroplastning lamelyar tuzilishi shakllangan bo`lsada granlari hozircha bo`lmaydi. Hozirgi ma’lumotlarga asosan FT-II va YoTK xloroplastlarda granlarni tashkillashtiruvchi deb qaraladi. Hujayralarning o`sishi mobaynida xloroplastlar sonining ortishi proplastidlarning bo`linishi yoki xloroplastlarning differentsiatsiyasi tufayli bo`ladi Ayrim hollarda xloroplastlarning kurtaklanishi ham kuzatiladi. Bo`linishdan so`ng hosil bo`lgan xloroplastlarning o`lchamlari ortadi. Xloroplastlarning bo`linishi har 6-20 soatda bo`lishi va har doim ham yadroning bo`linishiga to`g`ri kelmasligi mumkin. Plastidlarning bo`linishini qizil nurlar (660 nm) orqali tez lashtirish va uzun qizil nurlar orqali (730 nm) to`xtatish mumkin. Shuningdek xloroplastlarning bo`linishi past harorat tufayli ham to`xtashi mumkin. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling