Botanika faniga kirish
Download 0.8 Mb.
|
O’SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI kurs ishi Durdonaga
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`simlik hujayrasi ontogenezining fazalari.
- Hujayraning bo`linishi. Mitoz.
Membranalar biogenezi. Hujayralardagi membranalar biogenezi donador ER membranasi bilan genetik bog`langan deb qaraladi. Haqiqatdan ham ER hujayra membranasining oqsillari va lipidlari sintezlanuvchi asosiy organoiddir. Endoplazmatik retikulum membranalarida glitserolipidlar, mitoxondriyalar fosfolipidlari (xloroplastlar va mitoxondriyalar membranalarining shakllanishining asosiy omili), sterollar biosintezi, barcha to`yingan yog` kislotalarining sintezi, to`yingan yog` kislotalarining to`yinmagan yog` kislotalariga aylanishi oxirgi bosqichlari jarayonlari joylashgandir.
O`simlik hujayrasi ontogenezining fazalari. Yuqorida keltirilgan hujayra tuzilmalarining biogenezining ko`p bosqichli jarayonini quyidagi sxema orqali ifoda qilish mumkin: DNK RNK oqsillar molekulalardan kattaroq faol oqsil molekulalarining o`z-o`zini yig`ishi funksional faol metabolik sikllar, hujayra organoidlari. Ammo, shuni ham inobatga olish kerakki, DNK molekulasining ekspressiyalanuvchi genlari doimo o`zgarib turadi va shuning asosida hujayra o`zining bir qancha rivojlanish bosqichlarini o`tadi. Ona hujayraning bo`linib qiz hujayralari hosil qilish davridan boshlab to qiz hujayralarning bo`linishi yoki o`lishi davrigacha bo`lgan vaqt hujayraning hayotiy davri yoki uning ontogenezi deyiladi. O`simlik hujayrasining ontogenezi bir qancha bosqichlarni, xususan bo`linish, cho`zilish tufayli o`sish, differentsirovka, qarish va o`lim bosqichlarini o`z ichiga oladi. Hujayraning bo`linishi. Mitoz. Mitoz bu hujayraning shunday bo`linishiki, bunda xromosomalarning soni ikki baravar ko`payadi va har bir qiz hujayrasida xromosomalarning soni ona hujayra xromosomalaridagiga teng bo`ladi. Mitozning birinchi fazasi profaza deyiladi. Bu bosqichda hujayraning qayta qurilishi ro`y beradi. Bunda bir qancha tuzilmalar yemiriladi va bo`linish fazasi bilan bog`liq bir qancha yangi tuzilmalar vujudga keladi. Sitoplazmadagi organoidlar yadrodan surilib sitoplazmaning atrofiga to`plana boshlaydi. Yadroning hajmi kattalashadi. Xromatinlar xromosomalarning ma’lum bir qismiga (kinetoxorlarga) aylanadi. Ushbu tuzilmaning har biri ikkitadan qiz xromatidlarni tutadi. Yadrocha sekin asta dissotsiyalanadi. Yadro qobig`i erib ketadi va duk tuzilishi hosil bo`ladi. O`simlik hujayrasida hayvon hujayrasidan farqli o`laroq sentriollar (dukni tashkillovchi) yo`q. Sentriollarning vazifasini hujayra turli tomonlarida yig`iluvchi ER membranalari bajaradi. Duk (vereten) tuzilma elementlari ham u bilan bog`liqdir. Shuningdek duk tuzilmalarining tashkil topishida sitoplazmada avvaldan mavjud bo`lgan va yangidan sintezlanuvchi mikronaychalar (MH) ham foydalanilishi mumkin. Mitozning keyingi davrj prometafazada (metakinez) xromosomalarning harakatlanishi boshlanadi. Metakinez davrida xromosomalar avvalo hujayraning qutblariga qarab harakatlanadi, so`ngra esa veretenning o`rtasiga qarab suriladi. Mana shu harakatlanish davomida xromosomalardagi qiz xromatinlar chigaldan yoziladi ammo kinetoxor bilan bog`liqligicha qoladi. Xromosomalar mana shu siljish davri mobaynida vereten yon tomoniga yig`iladi va metafaza plastinkasini (metafaza) hosil bo`ladi. Bunda ular vereten yonida siljishni davom ettiradi. Metafaza davomida kichik tezlikda bo`lsa ham RNK va oqsillarning sintezi ro`y beradi. Hujayraning anafazaga o`tishi kinetoxorning bo`linishi, ikkita qiz xromatidlarning ajralishi va bo`lingan xromosomalarning kinetoxorlari oldida holatda qutblarga harakatlanishi amalga oshadi. Shuningdek mikronaychalarning ham qayta bo`linishi ro`y beradi ya`ni qutblardagi ularning miqdori kamayib vereten ekvatori yonidagi miqdori ortadi. Bu davrda vereten yonida vezikulalarning to`planishi natijasida ajratuvchi plastinka hosil bo`la boshlaydi. Shuni aytib o`tish joizki, o`simlik hujayralari 2 xil: teng va tengsiz bo`linish xususiyatiga ega. Biz XI.13-rasmda shuni ko`rsatib o`tganmiz. Hujayra bo`linishining anafaza bosqichidagi xromosomalarning harakatlanishida fizik kuchlarning ya`ni elektrostatik, elektromagnit, gidrodinamik o`zaro ta`sirlar va biokimyoviy mexanizmlar faoliyati birgalikda ta`sir ko`rsatadi. Xromosomalar ajralganidan so`ng mitozning oxirgi bosqichi telofaza ro`y beradi. Bunda yadrocha va yadro hosil bo`ladi va ekvatordagi bo`luvchi plastinkaning (fragmoplastning) hosil bo`lishi tugaydi. Shuningdek anafaza bosqichida vereten ekvatori bo`ylab har xil pufakchalar hosil bo`la boshlaydi. Golji apparatidan o`zlarida pektin moddasini tutgan kichkina vezikulalar hosil bo`la boshlaydi. Ekvator tekisligida ER membranalari ham uchraydi. Fragmoplastning hosil bo`lishi uchun kaltsiy elementi ham zarurdir. Vezikulalar bir-biri bilan qo`shilib qiz hujayralar plazmalemmasining ikkita membranasini hosil qiladi. Ushbu membranalar tarkibida pektin moddalari bolgan yarim suyuq modda bilan bir-biridan ajralgan holda bo`ladi. Vezikulalarning bir-biri bilan aloqasi veretenning mikronaychalari orqali bo`ladi. Fragmoplastning markazdan yon tomonga o`sishi unga yangi-yangi pufakchalarning qo`shilishi tufayli bo`ladi. Ammo qiz hujayralarning sitoplazmasi plazmodesmalar orqali bog`langanicha qoladi. Plazmodesimalar, hujayra plastinkasining ER elementlari bilan vereten iplari bilan mikronaychalar to`plangan joyida hosil bo`ladi. Qiz hujayralar sitoplazmasi tomonidan hujayraning birlamchi devorining shakllanishi boshlanadi va fragmoplast tarkibida kaltsiy elementini saqlagan hujayra devorining o`rta plastinkasiga aylanadi. Hujayraning birlamchi tashkil topgan sellyulozaning mikrofibrillari g`ovaksimon bo`ladi. Birlamchi hujayra devori tarkibidagi sellyulozaning miqdori 2,5% atrofida bo`ladi. Hujayraning shakllanayotgan birlamchi devoriga uning qurilish materiallari bo`lgan gemitsellyuloza, pektin moddalar va glikoproteinning tashiluvi GA vezikulalari ishtirokida bo`ladi. Chunki, ushbu moddalarning membranali bog`lanishi, kontsentrlanishi va polimerlanishi mana shu GA diktiosomalarida ro`y beradi. Donador ER organoidida sintezlangan ekstensin polipeptidi ham GA diktiosomalarida glikollanadi. Sellyulozaning sintezi uchun zarur bo`lgan fermentlar komponenti plazmalemmaning tashqi tomonida joylashgan bo`ladi. Ehtimol, hujayra devori polimerlarining yig`ilishida va ularning modifikatsiyalanishida qatnashuvchi fermentlar ham ER yoki GA vezikulalari yordamida hujayra devoriga yetkazib berilishi mumkin. Ushbu komponentlarning barchasi hujayra devoriga sekretsiya jarayoni tufayli tushadi. Sellyulozaning sintezi uchun zarur bo`lgan UDF- va GDF-glyukozalar hujayraning eruvchan fazasidan plazmalemma orqali tashiladi. Sintetaza fermenti faoliyati tufayli sintezlanadigan sellyuloza molekulalarining hujayra devoriga terilib borishi tufayli hujayra devori ichkaridan qalinlashib boradi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling