Botanika faniga kirish
Hujayralarning differensiallanishi
Download 282 Kb.
|
DURDONA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2 Hujayraning kimyoviy tarkibi. Membranalarning o`z-o`zini qurishi.
- Polisomalarning o`z-o`zini qurishi.
Hujayralarning differensiallanishi. Hujayralarning differensiallanishi bu ularning orasidagi keskin sifat farqlaridir. Hujayralar orasidagi farqlar ularning bajaradigan vazifasiga bog`liqdir. Bu esa o`z navbatida hujayralarning bajaradigan fiziologik funksiyasi yoki boshqa hayotiy mahim vazifalarni bajarishga qaratilgan biokimyoviy va tuzilma xususiyatlari bilan ifodalanadi. Ularning barchasi o`simlikning u yo bu organining yoki uning o`zining ontogeneziga bog`liqdir. Masalan meristema hujayralarning ksilema to`qimalariga aylanishi hujayra sitoplazmasining ulishi va ikkilamchi devorning qalinilashishi va ligninlanishi bilan boradi (XI.3-rasm).
2.2 Hujayraning kimyoviy tarkibi. Membranalarning o`z-o`zini qurishi. Membranalar tarkibiga kiruvchi lipidlar va oqsillar o`z-o`zini qurish xususiyatiga ega. Membrananing gidrofob oqsillari bir-biri bilan assotsiyalanishi mumkin. Membrananing tuzilma oqsillari uning boshqa oqsillarining tuzilishini belgilashi mumkin. Membranadagi lipid komponentlarining yig`ilishida silliq ER, xloroplastlarda hamda Iipid tomchilaridagi (sferasomalarda) Iipid molekulalari qatnashadi. Boshqa bir biopolimerlar, masalan, GA sintezlanuvchi glikoproteinlar va glikolipidlar vezikulalarda lipidlar yig`ilishi joyiga yetkaziladi. Membranalardagi yig`ish jarayoni tarkibiy qismlarning va oqsil-oqsil, lipid-oqsil, lipid-lipid qismlarning o`zaro ta`siri (bir-birini tanishi) natijasida yuzaga keladi. Membrananing mustahkamligi komponentlar o`rtasidagi yuzaga keladigan gidrofob bog`lar tufayli bo`ladi. Bundan tashqari plazmolemmaning shakllanishida GA vezikulalarining tayyor membrana bloklari ham qatnashadi. Polisomalarning o`z-o`zini qurishi. Ribosoma subbirliklarining yig`ilishi bosqichma-bosqich ro`y beradi. Avvalo mRNK molekulasining har bir subbirligiga xos oqsillar 28S va 18S ishtirokida ketma-ket birikadi. Ribosomaning kichik subbirligi GTF va ATF hamda initsiatsiya`ning oqsil omillari mavjudligida tashabbuskor tRNK bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi. Hosil bo`lgan ushbu kompleks magniy ionlari ishtirokida mRNK bilan bog`lanadi. Ribosomaning katta subbirligi mRNK bilan bog`lanadi va shu taxlitda butun ribosoma hosil bo`ladi. Binobarin ribosomalarning yig`ilish joyi mRNK hisoblanadi. Bir molekula mRNK bir nechta ribosomalar uchun yig`ilish joyi bo`lib xizmat qilganligi uchun sitoplazmada poliribosomalar kompleksi vujudga keladi. Shuningdek poliribosomalar kompleksi donador ER va yadroning tashqi membranasi yuzasida ham hosil bo`lishi mumkin. Download 282 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling