Botanika faniga kirish
Organoidlarning biogenezi
Download 282 Kb.
|
DURDONA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mitoxondriyalarning biogenezi.
Organoidlarning biogenezi. Organoidlarning biogenezi juda ham keng bo`lganligi uchun biz quyida uchta asosiy organoid, ya`ni xloroplastlar, mitoxondriyalar va membranalar biogeneziga old ayrim hollarni ko`rib chiqamiz.
Xloroplastlar biogenezi. Hujayra ontogenezida xloroplastlar plastidlardan, ya`ni meristemalar hujayralaridagi proplastidlardan hosil bo`ladi. Proplastidlarning ichki membranasi juda kuchsiz rivojlangan bo`ladi. Proplastidlardan xloroplastlarning rivojlanishi bir qator o`zgarishlar, xususan plastidlar membranalari tizimining differentsirovkasi (lamellalar va granlarning hosil bo`lishi) bilan boradi. Shuning bilan bir qatorda pigment laming sintezi va tashkillanishi, yorug`lik yig`uvchi kompleksning, FT-I, FT-II hamda boshqa komponentlarning sintezlanishi jarayonlari ro`y beradi.Xloroplastlar va plastidalar membranalari sistemasining qurilishi va qayta qurilishi doimiy ravishda membranalar tuzilishining yangilanishi ya`ni oqsillar va lipidlarning yemirilishi va membrana tarkibiga boshqa yangi komponentlarning kirib kelishi bilan boradi. Mitoxondriyalarning biogenezi. O`z xususiy genetik tizimiga egaligi hamda mitoxondrial DNK molekulasining replikatsiyalanishi tufayli mitoxondriyalar mustaqil ko`payish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham hujayrada mitoxondriyalar o`zlaridan oldingi mitoxondriyalardan va ehtimol promitoxondriyalardan ko`payish xususiyatiga ega. Meristema hujayralarida tizimcha ko`rinishda ajralgan mitoxondriyalar kuzatiladi. Meristematik hujayralarning cho`zilish tufayli o`sishida mitoxondriyalarning soni 3-8 marotaba ko`payadi va ularning tuzilishi o`zgaradi. Mitoxondriyalar bolinganidan so`ng ularning o`sishi qo`shimcha qurilish orqali bo`ladi. Aytish lozimki, mitoxondriyalarning biogenezi hodisasi hozircha to`laligicha o`rganilmagan. Mitoxondriyalar tarkibiga kiruvchi ko`pchilik oqsillar sitoplazmada sintezlanadi. Mitoxondriyalar tarkibiga kiruvchi jami oqsillarning 5-15% mitoxondrial polisomalarning mahsuloti hisoblanadi va ular faqatgina mitoxondriyalarning ichki membranalari tarkibiga kiradi. Mitoxondriyalarning oqsillar gidrofob polipeptidlardir va ularning fosfolipidlar ishtirokida o`z-o`zini yig`ishi ichki membrananing shakllanishi uchun zaruriy hisoblanadi. Mitoxondriyalarning hayotiyligi hujayra yadrosi, sitoplazmasi va mitoxondriyalarning o`zining birgalikdagi faoliyati bilan belgilanadi. Mitoxondriyalarning yarim hayotiy davri turli organlar va to`qimalarda har xil, o`rtacha 5-10 kunga teng deb qaraladi. Ammo ichki membranaga nisbatan tashqi membrana tezroq yangilanadi. O`simlik membranalariga xos polien yog` kislotalarining (linolat, linolenat, araxidonat) sintezi ham mana shu retikulumda ketadi. Shuningdek retikulum membranasidan vakuolalar, mikrotellar, sferosomalar ehtimol plastidlar va mitoxondriyalarning tashqi membranalari hosil bo`ladi. Retikulum yadro qobig`i bilan bevosita bog`langandir. Goldji apparatining membranalari tizimi orqali u plazmalemmaning sintezida qatnashadi. Membranalarning bir-biriga o`tishi ya`ni membrananing bir holatidan boshqacha bir holatiga o`tishi «membranalar toki» deb nomlanadi. Hujayra membrana komponentlarining o`zaro munosabatlari endomembranalar tizimi kontsepsiyasi sifatida qaralib o`rganilib keladi. Ushbu konsepsiya tufayli va membranalarning differensiyasi va «membranalar toki» hisobga olingan holda membranalarning vazifaviy doimiyligi tushuntiriladi. Download 282 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling