“O‘simliklarni sinfi” degan asari yaratilishi bilan boshlanadi. Linney bu asarida hamma o‘simlik tur-
larini 24 ta sinfga bo‘lgan edi.
Linney o‘simliklar olamini muayyan sinflarga bo‘lishda guldagi otaliklarning soni va ularning bi-
rikib o‘sish usullarini asos qilib oladi va bu bilan o‘simliklar klassifikatsiyasini birmuncha sodda va
qulay sistemasini yaratadi. O‘simliklar olamini turli tumanligini hozirgi zamon sistematikasi ikkita
katta bo‘limga: tuban yoki tallomli va yuksak yoki barg poyali o‘simliklarga bo‘ladi.
Tuban o‘simliklar. Tuban o‘simliklar kelib chiqishi jihatidan sodda tuzilgan organizmlar bo‘lib,
ularning tanasi organ (ildiz, poya, barg) larga ajralmagan va haqiqiy to‘qimalari bo‘lmaydi. Ularning
tanasi kattana yoki tallom deb ataladi. Hozir 200 mingdan ortiq turi aniqlangan (ko‘pi suvda). Shundan
3000 dan ortiq tur va shakllari O‘zbekistonda tarqalgan.
Ayrim tuban o‘simlik vakillarida (shilimshiq zamburug‘lar, zamburug‘lar, bakteriyalar) xlorofil
bo‘lmaganligi sababli, ular karbonat angidridni mustaqil o‘zlashtira olmaydi. Natijada tayyor organik
moddalar hisobiga oziqlanadi. Bularni geterotrof deyiladi. Bu organizmlarning ba’zi vakillari o‘simlik
va hayvon qoldiqlari, ya’ni chirindilar hisobiga yashaydi. Oziqlanish usulining bu turiga kiradigan
o‘simliklarni saprofit organizmlar deb yuritiladi. Yana ayrimlari esa tirik o‘simlik yoki hayvonlar
hisobiga yashaydi. Ular parazit organizmlar deyiladi. Tuban o‘simliklardan suv o‘tlari va lishayniklar
avtotrof yo‘l bilan oziqlanadi.
Viruslar bo‘limi - Virophyta. Viruslar (yunoncha - Virus - zahar) - bular yuqumli kasalliklarga
sabab bo‘ladigan ultramikroskopik tanachalardir. Ular tirik organimzlarda ko‘p uchraydi. Ular
tayoqcha, shar, ipsimon, bukilgan shakillarda bo‘ladi. Ularning o‘rtacha kattaligi 450-500 nm
(nonometrdan) iborat.
Faglar (yunoncha phagus - yutuvchi, yemiruvchi) mikroorganizmlarni yemiruvchi viruslardir, ular
suv, tuproq va boshqa muhitlarda uchraydi. Rikketsiyalar - bular ham mikroorganizmlar. Odam va
hayvon organizimida yashaydi, tif kasalliginini qo‘zg‘aydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |