17-MAVZU: ARXEGONIAL O‘SIMLIКLAR YO‘SINLAR, PLAUNLAR, QIRQBO‘G‘IMLAR,
PAPOROTNIКLAR
Reja:
1. Yuksak o‘simliklar
2. Arxegonial o‘simliklarning klassifikatsiyasi.
3. Moxsimonlar (yo‘sinlar).
4. Plaunsimonlar.
5. Bo‘g‘imlilar.
6. Paporotniksimonlar.
Adabiyotlar: 1, 2.
1. Yuksak o‘simliklar - Cormobionta. Yuksak o‘simliklarning tuban o‘simliklardan farqi tanasi
to‘qimalaridan tashkil topgan bo‘lib, ildiz poya va barg hosil qiladi. Ular asosan quruqda o‘sishga mos-
lashgan bo‘lib, evalusion nuqtai nazaridan suvo‘tlaridan kelib chiqqan.
Olimlar fikricha yuksak o‘simliklarda xlorofill donachalarining mavjudligi, kraxmal hosil qilish
xususiyatlari ularni yashil o‘simliklardan kelib chiqqan degan fikr yuritishga asos bo‘lgan.
Yuksak o‘simliklarda anteridiy va oogoniylarning hosil bo‘lishi ularning qo‘ng‘ir suv o‘tlaridan
kelib chiqqanligini asoslaydi. (G.Shenk, L.Кursanov, К.Meyer). Yuksak o‘simliklar Qizil suv
o‘tlaridan kelib chiqqan degan gipotizani ilgari suruvchi olimlar ham bor. (P. Van). Bu fikirlar yuksak
o‘simliklarni suvo‘tlarining u yoki bu guruhlardan kelib chiqqanligini isbotlaydi.
Yuksak o‘simliklar suv o‘tlaridan kelib chiqqan bo‘lsada o‘ziga xos morfologik xususiyatlarga ega
1. Кo‘p hujayrali organizmlar bo‘lib poya, barg hosil qiladi.
2. Suv o‘tlaridagi qat- tana o‘rniga ularda stela va epidermis hosil bo‘lgan.
3. Yuksak o‘simliklar rizoid va ildiz hosil qiladi.
Yuksak o‘simliklar ikkita katta guruhga bo‘linadi. 1. Arxegonial o‘simliklar. 2. Gullik o‘simliklar.
2. Arxegonial o‘simlikar, quyidagi 7 ta bo‘limga bo‘linadi.
1. Rinofitlar bo‘limi. 2. Psilotlar bo‘limi. 3. Moxsimonlar bo‘limi. 4. Plaunsimonlar bo‘limi. 5.
Bo‘g‘imlilar bo‘limi. 6. Paporotniksimonlar bo‘limi. 7. Ochiq urug‘lilar.
Arxegonial o‘simliklar uchun harakterli asosiy xususiyatlardan biri ko‘p hujayrali arxegoniyning
hosil bo‘lishidir. O‘simliklarning tarqalishi spora va urug‘ vositasida bo‘ladi. Arxegoniyning asosiy
vazifasi tuxum hujayrasini hosil qilishga xizmat qilishdir. Arxegonial o‘simliklarning otalik organi
anteridiy deb nomlanadi. Unda ko‘p miqdorda spermatozoid hosil bo‘ladi.
Gulli o‘simliklarning 250000 turi mavjud. Ular uchun harakterli xususiyat ko‘payishga xizmat qi-
luvchi anteridiy va arxegoniyning qisqarib, o‘rniga gulning hosil bo‘lishidir. Guldagi tuxum hujayrasi-
ning otalanib rivojlanishidan urug‘ va meva hosil qiladi. Shuning uchun bunday o‘simliklar yopiq
urug‘li o‘simliklar deb nomlanadi. Gullik yoki yopiq urug‘li o‘simliklar ikkita sinfga bo‘linadi. 1. Ikki
pallalilar. 2. Bir pallalilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |