Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

Barg poyali moxlar sinfi. Asosan tanasining poya va bargga bo‘linganligi, rizoidlarining ko‘p hu-
jayrali hamda sershox bo‘lishi bilan jigar moxlardan farq qiladi. 3 ta tartibga bo‘linadi. 1. Yashil mox-
lar, 2. Sfognum moxlar, 3. Andera moxlari. Yashil moxlar tartibiga kakku zig‘iri va respublikamiz 
hududida uchraydigan funariya moxi kiradi. Кakku zig‘iri ko‘p yillik bo‘yi 20 - 40 smga yetadigan 
o‘simlik. 
4. Plaunsimonlar. Lycophyta. Yer yuzida tarqalgan yuksak o‘simliklar orasida eng qadimiysidir. 
Plaunsimonlar toshko‘mir davrida keng tarqalgan bo‘lib, daraxtsimon vakillarining bo‘yi 30 metrga 
yetgan. Hozirgi vaqtda bu bo‘lim ko‘p yillik o‘tsimon past bo‘yli yashil (plaun, selaginella) 
o‘simliklarni eslatadi. Daraxtsimon vakillari toshko‘mir qoldiqlarini hosil qilishda juda katta rol 
o‘ynagan. Plaunsimonlar bo‘limi ikki sinfga: plaunlar va lepidodendroplarga bo‘linadi. 
Plaunlar sinfi ikkita tartibni o‘z ichiga oladi: plaunsimonlar-teng sporalilar va selaginallar har xil 
sporalilar. 
5. Bo‘g‘imlilar - Sphenophyta. Bu bo‘limning bo‘g‘imlilar deb nomlanishiga sabab poyalari 
bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlarga bo‘lingan, qolaversa, barglari mayda bo‘lib, reduksiyalangan poyasiga 
xalqasimon shaklida birikkan bo‘ladi. Кo‘payish uchun xizmat qiluvchi sporafit ham boshoqchada doi-
ra shaklda joylashgan. Bo‘g‘imlilar devon davrida yashagan. Toshko‘mir davrida juda barq urib 
o‘sgan. Baland daraxtsimon turlari yer yuzini qoplashda katta rol o‘ynagan. Hozirgi vaqtda ko‘p yillik 
vakillaridan faqat qirq bo‘g‘imlar saqlanib qolgan. 
Bu bo‘lim uch sinfga: giyeniyasimonlar, bo‘g‘imlilar va qirq bo‘g‘imsimonlarga bo‘linadi. Yuqor-
idagi ikki sinf vakillari allaqachonlar yo‘qolib ketgan. Faqat qirq bo‘g‘imlar oilasi vakillari soqlanib 
qolgan. 
Qirqbo‘g‘imsimonlar sinfi. Bu sinf bo‘g‘imlilar bo‘limining boshqa sinflardan poyasining ichi ko-
vak bo‘lishi hamda o‘simliklarning deyarli hammasida barglar doira shaklida joylashishi bilan farq 
qiladi. Bular spora yetishtirish yo‘li bilan ko‘payadi. Sporalar sporangiylarda yetishib, sporangiyalar 
shakli o‘zgargan barg hisoblanadi. Sporafillar qalqon shaklida bo‘lib, poya uchidagi xalqalarda joy-
lashadi. Ba’zi yo‘qolib ketgan avlodlari ikkilamchi yo‘g‘onlanish xususiyatiga ega bo‘lgan. Dala 
qirqbo‘g‘imi Markaziy Osiyo florasida ko‘p uchraydi. 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling