Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

3. Moxsimonlar-Bryophyta. Moxsimonlar hayot kechirishi, ekologiyasi jihatidan suvo‘tlariga ya-
qin guruh bo‘lib, harakterli xususiyatlaridan biri ildizini bo‘lmasligi, o‘tkazuvchi naylar hosil qilmasli-
gi va yog‘ochlangan shakllarining bo‘lmasligidir. 
Moxsimonlarga 35000 turdagi o‘simliklar kiradi. Yer yo‘zining barcha materiklarida turlicha tar-
qalgandir. Ayrim vakillari daraxt po‘stloqlarida epifit hayot kechiradi. 
Moxsimonlar asosan shimoliy yarim sharning sovuq va o‘rta mintaqasida keng tarqalgan. Ayniqsa, 
o‘rmon va botqoq hududida ko‘p uchraydi. Moxsimonlarning kelib chiqishi masalasi turlicha hal qi-
linadi. Filogenetik sistema asoschilari A. Taxtadjan, 
 G. Gayekkel fikricha moxsimonlar psilofitlardan kelib chiqqan. Amerika biologlari G. Fray va 


37
A. Кlark moxsimonlarni ipsimon yashil suv o‘tlaridan kelib chiqqan degan fikrni ilgari suradi. Bu fikr-
lar К. Meyer tomonidan ham tasdiqlangan. Moxsimonlar avtotrof o‘simliklardir. Ularning tanasi poya 
va barg hosil qiladi, ildizi bo‘lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajaradi. Rizoidlar epidermisini o‘sishi 
natijasida hosil bo‘ladi. Moxsimonlarda o‘tkazuvchi naylar bog‘lami hosil bo‘lmaydi. Moxsiomnlarn-
ing o‘lchami 20-40 sm ni tashkil qiladi. 
Moxsimonlar jinssiz, jinsiy va vegetativ usulda ko‘payadi. 
Jinssiz usulda ko‘payish sporafit nasl deb nomlanadi. Sporangiyda yetilgan sporalar qulay sha-
roitga tushib protonema yashil o‘simtani hosil qiladi. 
Jinsiy ko‘payish moxsimonlarda anteridiy va arxegoniynnig hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. Jinsiy 
nasl gametofit deb nomlanib, o‘zida sporofit naslni saqlash xususiyatiga ega. Vegetativ ko‘payish 
vegetativ tananing biror bo‘lagi bilan amalga oshadi. 
Кlassifikatsiyasi. Moxsimonlar 3 ta sinfga bo‘linadi.
1. Sinf Jigar moxlari - Hepaticae 2. Sinf poya bargli moxlar - Musci 3. Sinf antoserotlar - Antho-
cerotales. 
Jigar moxlar sinfi. Bu sinfni shunday nomlanishga sabab sinf vakillaridan biri morshansiya avlodi 
tallomidan XIX asrda Yevropada jigar kasalligini davolashda foydalanilgan. Jigar moxlar vakillari ta-
nasi dorzoventral tuzilishda bo‘lib, tanasining usti ostiga o‘xshamaydi. Tallomlari, shakllari 
plastinkasimon bo‘lib, poya va bargga bo‘linmagan. Morshansiya ikki uyli o‘simlik bo‘lib, bir tal-
lomida arxegoniy, ikkinchi tollomida esa anteridiy yetishadi. Marshansiya jinsiy, jinssiz va vegetativ 
usullarda ko‘payadi, zax va soya yerlarda ya’ni o‘rmonlarda va ariq bo‘ylarida o‘sadi. 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling