Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
18-MAVZU: OChIQ VA YOPIQ URUG‘LI O‘SIMLIКLAR
Reja: 1. Urug‘li o‘simliklar. 2. Ochiq urug‘li o‘simliklar. 3. Ochiq urug‘li o‘simliklarning ahamiyati. 4. Yopiq urug‘li o‘simliklar. 5. Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi. Adabiyotlar: 1, 3. 1.Quruqlik sharoitida yashaydigan va urug‘ yetishtiradigan yuksak o‘simliklar urug‘li o‘simliklar deb ataladi. Bu o‘simliklarda urug‘ bo‘lishi bilan arxegonial yuksak o‘simliklardan, ya’ni moxlar, rin- iofit, plaun, qiriqbo‘g‘im va paparotniklardan tubdan farq qiladi. Hozirgi zamon yuksak urug‘ yet- ishtiruvchi o‘simliklar asosan yuqorida aytilgan sporali yoki arxegoniylardan kelib chiqqan. Urug‘li o‘simliklar ikki bo‘limga: ochiq urug‘lilar (Gymnospermae)va yopiq urug‘lilar (Angio- spermae) ga bo‘linadi. 2. Ochiq urug‘lilar qadimiy o‘simliklar bo‘lib, ularning qadimiy avlodlari toshko‘mir davrining oxirlarida yashaganlar. Jumladan urug‘li paporotniklar, bennettitlar, keytonlilar yo‘qolib ketib, qazilma holda saqlanib qolganlar. Ginkoviylar, velvichiyalarni bittadan turi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda qarag‘aylar, sagovniklar, gnetoviylar keng tarqalgandir. Yer yuzida ochiq urug‘lilarning hozir 660 turi mavjud bo‘lib, asosan daraxt, qisman buta va liana turlari uchraydi. Shoxlanishi monopodial bo‘lib, poyasi kambiy va fellogen to‘qimalarining faoliyati natijasida o‘ziga xos tuzilishga ega. Ikkilamchi yug‘onlashish xususiyati bilan yopiq urug‘li o‘simliklarga yaqin tursada gistologi elementlaridan-tarxeyalardan tuzilganligi va o‘tkazuvchi bog‘lamlar yo‘qligi bilan ulardan farq qiladi. Bargining tuzilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. 1. gr megofil linyasi bo‘yicha poporotniklarga o‘xshash barglar. 2 gr mikrofil linyasi bo‘yicha hosil qilingan nina barglar. Bargi 2-5 yilda to‘kiladi. Ochiq urug‘lilar doimiy yashil o‘simliklar bo‘lib, ildizi-asosiy va yon ildizlardan iborat, 39 mikoriza hosil bo‘ladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarning harakterli xususiyatlaridan biri urug‘ va urug‘ kurtakni ochiq bo‘lishidir. Ularning urug‘lari mevaning ichida emas, balki megosporafillarda ochiq holda joylashadi. Urug‘kurtak megosporangiydan nutsellusdan tashkil topgan bo‘lib, tashqi tomonidan intgument bilan o‘rab olingan. Megosporofilning otalanishidan urug‘ rivojlanadi. Ochiq urug‘lilarning muhim xususiyatlaridan biri, spermatozoidning spermiyaga aylanishidir. Spermiyani hosil bo‘lishi bu o‘simliklarni suvsiz muhitda ham otalanishiga imkon yaratib beradi. Ochiq urug‘lilar MDH ning shimoliy qismida, Uralda, Markaziy Osiyoda va Кavkazda keng tar- qalgandir. Ochiq urug‘lilarnig kelib chiqishi, klassifikatsiyasi olimlar orasida jonli munozaraga sabab bo‘lmoqda. Barcha arxegonial o‘simliklar uchun xos xususiyat (moxsimonlardan to ochiq urug‘lilargacha) tuxum hujayraning arxegoniyda hosil bo‘lishidir. Ochiq urug‘lilarning taraqqiy etgan shakillarning hosil bo‘lishi yopiq urug‘lilarning hosil bo‘lish davriga - devon davriga to‘g‘ri keladi. Ochiq urug‘lilar quyidagi 3 ta sinfga bo‘linadi. 1-sinf Sagovniklar. 2-sinf qubbalilar 3-sinf qobiqli urug‘lilar. Qubbalilar sinfi kordaitlar, ginkolar va ninabarglilar - qarag‘aylar tartibiga bo‘linadi. Qarag‘aylar tartibi. Bu tartib vakillari toshko‘mir davrining oxiri karbon davrining boshida keng tarqalgan. Yura davrida barq urib rivojlangan. Qarag‘aylarning 560 turi mavjud bo‘lib, 55 turkum va 10 ta oilaga bo‘linadi. Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling