Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar: 1, 3, 5.
- B. A. Bo‘kov
- F. I. Ruprext (1866)
- V. N. Sukachyev (1957)
22-MAVZU: GEOBOTANIКAGA КIRISh Reja: 46 1. Geobotanika fani va uning vazifasi. 2. O‘simliklar jamoasi to‘g‘risida tushuncha. 3. O‘simliklar jomaosining tuzilishi va tarkibi (daminant-edifikatorlar va yaruslar). 4. Geobotanikaning taksonamik birliklari. (assatsiatsiya, formatsiya, tiplar). Adabiyotlar: 1, 3, 5. 1. Tabiatda o‘simlik qoplamini hosil bo‘lishida bir turdagi o‘simlik qatnashmasdan bir necha tur ishtirok yetadi. Mana shu turlar guruhi o‘simliklar jamoasi yoki fitotsenoz deyiladi. O‘simlik jamoasining turli tumanligini ularni yer shari bo‘ylab tarqalish qonuniyatlarini geo- botanika fani o‘rganadi (yoki fitosenologiya). Geobotanika fanining vazifasini, uning ta’rifini dastlab professor. B. A. Bo‘kov tomonidan quyidagicha ta’riflangan. Geobotanika o‘simliklar jamoasi to‘g‘risidagi fan bo‘lib, uning tuzilishini, o‘zaro munosabatini, tashqi muhit bilan aloqasini va undan foydalanishda jamoalarining o‘zgarishini o‘rganadi. Insonlar orasida dastlabki geobotanik tushunchalar o‘rmon, o‘tloq, botqoq, dasht shaklida bo‘lgan. Geobotanika fan sifatida XIX asrda shakllangan. Bu termin birinchi marta rus botanigi, akademik F. I. Ruprext (1866) va nemis botanigi A. Grizebox tomonidan taklif yetilgan. Geobotanika o‘simliklar sistematikasidan farqli ravishda ayrim tur, turkum va oilani o‘rganmay, balki jamoaga kiruvchi har xil oilaga mansub o‘simliklar guruhini o‘rganadi. 2. O‘simlik jamoalari kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy va insonlar tomonidan yaratilgan turlarga bo‘linadi. Tabiiy o‘simlik jamoalari ma’lum tabiiy tarixiy rivojlanish asosida hosil bo‘lib, uning tar- kibida yovvoyi o‘simlik turlari qatnashadi. Insonlar tomonidan yaratilgan o‘simlik jamoalarida madaniy o‘simlikar bilan begona o‘tlar birga o‘sadi. Bunday o‘simlik jamoalari agrofitotsenoz deyiladi. Respublikamiz sharoitida quyidagi agrofi- totsenoz uchraydi. Paxta dalalari bedazorlar, bug‘doyzorlar, bog‘ - mevazorlar va hokozo. Shunday qilib geobotanika fani quyidagi vazifalarini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 1. Tabiiy va madaniy o‘simlik jamoalari fitotsenoz va agrofitosenozlarni o‘rganish. 2. Fitoseno- zlarni tuzilishini floristik tarkibini aniqlash. 3. Fitosenozdagi o‘simliklarni bir biriga ta’sirini o‘rganish. 4. Tashqi muhit ta’sirida fotosenozlarning hosil bo‘lishi va o‘zgarishini o‘rganish. 5. Fitosenozlarning tarqalishini o‘rganish. 6. Fitosenozlarga tarixiy- tabiiy sharoit ta’sirini o‘rganish. 7. Fitosenozlarni klassifikatsiyalash. 8. O‘simlik jamoalarini to‘g‘ri joylashtirish va undan foydalanish. Bu vazifalarni muvoffaqiyatli hal qilish qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, botqoqliklarni quritish, o‘rmonlar holatini yaxshilash, o‘simlik qoplamini klassifikatsiya qilish kabi ishlarni amalga oshirish orqali bajariladi. Shunday qilib, fotosenoz yoki o‘simliklar jamoasini o‘rganish geobotanika fanining vazifasidir. O‘simliklar jamoasida tuban va yuksak o‘simliklar qatnashadi. Masalan: ba’zi o‘simlik jamoalari- da barcha gulli o‘simliklar bilan birga tuproqlarda ayrim suv o‘tlarini, bakteriyalarni zamburug‘larni uchratish mumkin. O‘simliklar jamoasi deganda muayan bir erda bir guruh o‘simliklarning birgalikda yashashi va ma’lum bir manzara hosil qilishi tushuniladi. Yer yuzida bunday guruhlar o‘rmon, o‘tloqlar, botqoqlik, dasht, cho‘l o‘simliklari tipini hosil qiladi. Akademik V. N. Sukachyev (1957) ta’biri bilan aytganda-fitotsenoz bu bir laboratoriya bo‘lib, unda doimo moddalar va energiyalar hosil bo‘lishi, o‘zgarishi va yig‘ilishi sodir bo‘lib turadi. O‘simliklar jamoasi o‘zaro bir-biri bilan tashqi muhit bilan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bunda jamoalarning tarkib topishi, o‘zgarishi rivojlanishi ularning tarixiy taraqqiyotiga va tashqi muhitning uyg‘unlashgan ta’siriga bog‘liq ravishda o‘tadi. Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling