Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

Tutash areal deb, ma’lum tur individlarning shu arealni tashkil qilgan maydonlari bo‘yicha tarqal-
ishiga aytiladi. 
Uzilgan areallar, chuchuq bodom (Amygdalus communis) O‘zbekistonning Parkent tumani va 
Turkmanistonning G‘arbiy Кopetdog‘ida o‘sadi. Ayrim turlarining areali tor bo‘lishi mumkin, chunki, 
tashqi muhitning keskin qisqarishi natijasida ular yashaydigan maydon keskin qisqarishi mumkin. 
O‘zining sobiq maydonlarida saqlanib qolgan bu turlar relekt turlar yoki relektlar deyiladi. Masalan: 
yong‘oq (juglans regia). Juda ham kichik arealni ishg‘ol qiluvchi turlar endimik turlar yoki endimi-
klar deyiladi. 
O‘z arealini kengaytirishga ulgurmagan yoki kengaytira olmaydigan turlar neoendemiklar 
deyiladi. (tog‘li mamlakatlarda yoki orollarda o‘suvchi o‘simliklar). Yer yuzida joylashib ulgurmagan 
yosh turlar paleoendemiklar deyiladi. 
Lentasimon areal -masalan: turang‘il teragi Sirdaryo, Amudaryo va boshqa daryolar bo‘ylarida 
o‘sadi. Areal chegaralariga antropogen omillar ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: O‘rta Osiyo 
tog‘lari va cho‘llarida o‘suvchi archa, pista, bodom, yong‘oq, yovvoyi olmalar, saksovul, shuvoq bu-
larning areali ancha toraygan. Insonlar ham areallarni kengaytiradi masalan: o‘rta tolali g‘o‘za Ameri-
kadan, ingichka tolali g‘o‘za Misrdan, pomidor - kartoshkalar Janubiy Amerikadan olib kelingan.
Insonlar o‘z hayot faoliyatida o‘zi uchun kerakli o‘simliklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib 
turadilar. Bu umumiy nom bilan introduksiya deyiladi. Masalan: Xitoydan Кavkazning qora dengiz 
sohillariga choy, sitrus, bambuk, tunga daraxtlarini olib kelib ekilishi. 
Savollar: 
1. O‘simliklar jo‘g‘rofiyasi nimani o‘rganadi? 
2. O‘simliklar jo‘g‘rofiyasining qanday bo‘limlari bor? 
3. O‘simliklarni yer shari bo‘ylab tarqalish qonuniyati nimalardan iborat? 
4. O‘simliklar xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga ko‘ra qanday guruhlarga ajratiladi? 
5. Flora deganda nimani tushunasiz? 
6. O‘simlik areali nima va uning qanday xillarini bilasiz? 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling