Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

3. Novdaning shoxlanish tiplari. Poyada joylashgan apikal va yon kurtaklarning rivojlanishidan 
asosiy va yon novdalar hosil bo‘ladi. Bu kurtaklarning rivojlanishi har xil bo‘lib ularni quyidagi shox-
lanish tiplariga ajratish mumkin. 
1.Dixotomik. 2.Monopodial 3.Simpodial 4. Yolg‘on dixotomik shoxlanish. Dixotomik shoxlan-
ishda novda uchida joylashgan ikkita initsial kurtaklar o‘z rivojlanishini davom ettirishi asosida hosil 
bo‘ladi. Bu tipdagi shoxlanish kelib chiqishiga ko‘ra qadimiy bo‘lib suv o‘tlarida, moxsimonlarda, 
plaun, paporotniklar va ochiq urug‘lilarda uchraydi. 
Monopodial shoxlanishda novda uchida joylashgan kurtak o‘simlik hayotining oxirigacha o‘sishini 
davom ettiradi. Bunday tipdagi shoxlanish qarag‘ay, qora qarag‘ay, oq qarag‘ay kabi o‘simliklarda 
uchraydi. 
Simpidial shoxlanishda o‘sish konusida joylashgan initsial kurtak o‘sishni to‘xtatib, yondagi hu-
jayrani rivojlanishiga olib keladi. Natijada uchki kurtak o‘sishdan to‘xtab yon shoxlari rivojlanadi. 
Yolg‘on dixotomik shoxlanish. Кo‘pchilik yopiq urug‘li o‘simliklar uchun xosdir. Bunday shox-
lanishda apikal kurtak tezda o‘sishdan to‘xtaydi va 2 ta yon kurtak rivojlanadi. Bunday shoxlanish si-
ren, kashtan va boshqa o‘simliklarda uchraydi. 
O‘simliklarning shoxlanish tiplarini o‘rganish agronomiya uchun muhim ahamiyatga ega. Shoxlan-
ish turlarini to‘g‘ri bilish asosida o‘simlik hosilini oshirish mumkin. 
Mevachilikda simpodial shoxlarni qoldirish asosida gullash va meva hosil qilishni ko‘paytirish 
mumkin. Paxtachilikda g‘o‘zani chekanka qilish asosida simpodial shoxlar rivojlantirilib, paxta hosili 
oshiriladi. 
4. Poyaning shakli va tiplari. O‘simliklar poyasining shakli turlichadir. Uni ko‘ndalang kesigini 
ko‘rsak, ko‘pchiligi doira shaklida, qiyoqda 3 qirrali, labguldoshlarda 4, soyavonguldoshlarda ko‘p 
qirrali ekanligini ko‘ramiz.
G‘allaguldoshlar va soyavonguldoshlar oilasi vakillarining bo‘g‘in oralig‘i asosiy parenxima bilan 
to‘lgan bo‘ladi. Bunday poya poxol poya deyiladi.
Poyalar bargli va bargsiz bo‘ladi. Bargsiz poya piyoz,qoqi o‘t, 
lola 
guldoshlar 
kabi 
o‘simliklarda uchraydi. Ularni poyasi oxrida to‘pgular hosil qilib tugaydi. Bunday bargsiz poyalar 
strelka deb nomlanib. Poyaning qisqargan qismi ildiz bo‘g‘izida joylashib u yerda mutovka hosil qiladi. 
Poyani o‘sishiga qarab tik o‘suvchi, sudralib o‘suvchi, ilashib o‘suvchi, o‘ralib o‘suvchi, turlarga 
bo‘linadi. 
Bunday guruhlarning hosil bo‘lishi poyada maxanik to‘qimalarning rivojlaniishga bog‘liq. 
Ilashib va chirmashib o‘suvchi poyalar lianalar deyiladi. Bunday o‘simliklarga quy pechak, no‘xot, 
ximel, daraxtsimonlardan-tok, namatak kabilar kiradi. Lianalar o‘zi ilashadigan o‘simlikka soat 
strelkasi bo‘ylab (ximel) va soat strelkasiga qarshi harakatlanadi. 
Sudralib o‘suvchi novdalar bo‘g‘imlarda ildiz hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday o‘simliklarga 
kulupnay, semizut, ajrik, kabi o‘simliklar misol bo‘ladi. 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling