Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

Novdaning shakl o‘zgarishi. Evalyutsiya jarayonida novdaning quyidagi shakl o‘zgarishlari 
uchraydi. 
1. Tuganaklar novdaning yugonlanishi asosida hosil bo‘ladi. Tuganaklarda zahira oziq moddalar 
kraxmal yoki inulin shaklida to‘planadi. Unda 3-5 tadan kurtaklar joylashgan bo‘ladi.. 
2. Piyozboshlar. Uni kundalang kesib ko‘rsak o‘zgargan barg va qisqargan poyadan tuzilgan 
bo‘ladi. 
Piyoz tubining uchki qismida kurtak joylashgan bo‘lib, undan barg, poya va gul hosil bo‘ladi. 
Pastki qismidan ildiz hosil bo‘ladi. Piyozboshlarning barglarida zahira oziq moddalar to‘planib boradi. 
3. Ildizpoyalar gulsapsar, rovoch, salomalaykum, ajrik, gumayda uchraydi. Ular o‘zida zahira oziq 
moddalarni saqlab ildiz va barg hosil qiluvchi kurtaklarni oziqlantiradi. 
Novdaning shakli o‘zgarishidan tikanaklar ham hosil bo‘ladi. masalan: limon, yantoq, nok, 
do‘lana, bodomda. Jingalaklar hosil qilish tokda uchraydi. 
Savollar: 
1. Novda qanday vazifani bajaradi? 
2. Кurtak deganda nimani tushunasiz? 
3. Novda qanday tipda shoxlanadi? 
4. Poyaning qanday shakllarini bilasiz? 
5. Poyalar shoxlanishi va yogochlanishi xususiyatiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi? 
6. Qanday shakli o‘zgargan novdalarni bilasiz? 
7. Novdada barglar qanday tartibda joylashadi? 
 
9-MAVZU: BARG VAZIFASI VA MORFOLOGIК TUZILISHI 
Reja: 
1. Bargning vazifasi. 


20
2. Bargning morflogik tuzilishi.
3. Barglarning tomirlanishi. 
4. Barglarning hayot kechirish davri. 
5. Barg metamorfozi. 
Adabiyotlar: 1, 3, 6. 
1. Barg vegetativ a’zo sifatida yuksak o‘simlilkar uchun xosdir. Barg vositasida o‘simliklarning 
tashqi muhit bilan munosabati amalga oshadi. 
Barg poyada joylashgan bo‘lib, uning o‘sish konusidagi merestema hujayralarining rivojlanishi-
dan hosil bo‘ladi. Ular poyada o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘lib, uning eniga va bo‘yiga 
o‘sishi bargning asosini va barg yaprog‘ini hosil qiladi. 
Barg quyidagi funksiyalarni bajaradi. 
1. Fotosintez 
2. Gazlar almashinuvi 
3. Suv bug‘latish 
4. Zahira oziq moddalarni saqlash 
(karam, piyoz) 
5. Himoya vazifasi (tikanaklar) 
6.Vegetativ ko‘payishga, xizmat qiladi.
(yapon binafshasi, begoniya) 
Fotosintez jarayonini К. A. Temiryazov har tomonlama o‘rganib, ko‘p yillik mehnati asosida 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling