Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
O‘simlikning hayot kechirishiga qarab novdanig tiplari
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
O‘simlikning hayot kechirishiga qarab novdanig tiplari. Poyaning tuzilishi o‘simlik hayot
19 kechirish davri bilan bog‘liqdir. Ba’zi o‘simliklar 5 - 7 xafta yashasa, ayrim o‘simliklar 5000 yil hayot kechiradi. O‘t o‘simliklar poyasi Vegetatsiyasinig oxirida o‘z faoliyatini tugatsa, daraxt o‘simliklarda hayo- tining oxirigacha saqlanib qoladi. Quyida ayrim o‘simlik poyasining yashash davrlari ko‘rsatilgan. Baobab 5150 yil. Mamont daraxti 5000. Кiparis 3000. Eman 1200. Tilog‘och 500. Olma 200. O‘tsimon poyali o‘simliklar hayot kechirish davriga qarab, bir yillik, ikki yilik va ko‘p yillik tur- larga ajratiladi. Bir yillik o‘simliklar bir Vegetatsiya davrida o‘z faoliyatini tugallab, kuzga borib halok bo‘ladi. masalan: Bug‘doy, kanop, arpa, sholi va hokazo. Ikki yillik o‘simliklar birinchi yili ventativ organlarini hosil qilsa, ikkinchi yili generativ organlar hosil qiladi. Masalan: sabzi, lavlagi, turp. Кo‘p yillik o‘tsimon o‘simliklar doimiy yer osti ildiz poyalar, ildizlar, piyoz boshlar hosil qilish xsusiyatiga ega bo‘ladi. O‘simliklar poyasini shoxlanishi va yogochlanishi xsusiyatiga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin. 1. Daraxtlar. 2. Butalar. 3. Chala butalar. Daraxtlarda asosiy poya yaxshi rivojlangan bo‘lib undan yon shoxlar hosil bo‘ladi. Ularning poya- si erdan bir necha metrgacha kutarilib turadi. Butalarda asosiy poya rivojlanmagan, ular ildiz bo‘g‘izidan hosil bo‘ladi, bo‘yi 4-6 m ga yetadi. Masalan: anor, malina, it burun, smorodina, siren, saksovul kabi cho‘l o‘simliklari kiradi. Chala butalar poyaning pastki qismi yog‘ochlashib po‘kak bilan qoplanadi, yuqori qismi esa bir yillik bo‘lib, qishga borib halok bo‘ladi. masalan: shuvoq, astragal, o‘lmas o‘t kabilar. Novdada barglar joylanishi. Novdada barglar quyidagi tartibda joylashadi: 1. Navbat bilan yoki spiralsimon 2.Qarama - qarshi 3. Mutovka shaklida. Bunday joylanishining asosiy mohiyati novdadagi barglar quyoshdan keladigan nurlarni tusmaslik qonuniga amal qiladi. Navbat bilan yoki spiralsimon joylanishda barg har bir bug‘inida bittadan joylashadi. Ular takror- lanib ikki barg oralig‘ida hosil bo‘lgan spiral barg sikli deyiladi. Barg siklida joylashgan barglar spirali soni kasr suratiga, undagi barglar soni maxrajiga yozib ko‘rsatiladi. Masalan: 1/2, 1/3, 2/5, 3/8, 5/13. 1/2 sondagi barg joylanishi galla guldoshlar oilasiga, 1/3 lolada, 2/5 olma, olxuri, nokda uchraydi. Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling