Botanika Mavzu; O’simliklar dunyosiga ekologik omillarning ta’siri Darsning maqsadi Ta’limiy maqsad
Download 24.39 Kb.
|
1.botanika Mamatova Sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Mustaqil topshiriq. Bir savolga uch javob 7 minut
- III. Yangi mavzu bayoni
- Yangi mavzuni mustahkamlash. 1.Mustaqil topshiriq
- 2.Mustaqil topshiriq
- V. Darsni yakunlash.
II. O’tilgan mavzuni so’rash.
1.Mustaqil topshiriq. ‘’CHAYNVORD’’ 4 minut O’quvchilar guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga alohida chaynvord beriladi. Har qaysi guruh o’z chaynvordiga yashiringan 10 tadan so’zni topishi kerak.
2.Mustaqil topshiriq. Bir savolga uch javob 7 minut Har bir guruhdan 4 tadan o’quvchi chiqadi. Bitta o’quvchi savol oladi qolgan uchta o’quvchi esa savolga mos keladigan javobni topishi kerak. Javobni qidirib topish uchun 1 daqiqa beriladi. Bir o’quvchi faqat bitta javob olishi mumkin. Uchta javob ham to’g’ri bo’lsa rag’bat beriladi. Agar javoblar orasidan bittasi xato bo’lsa ham javob noto’g’ri hisoblanadi va rag’bat berilmaydi. 1.Adirlarda qaysi o’simliklar keng tarqalgan. – 1.partak, 2. Ermon, 3.qo’ziquloq 2.Adirlarda asosan lalmi ekinlardan qaysilari ekiladi. – 1.arpa, 2.bug’doy, 3.no’xat 3.Tog'larda uchraydigan manzarali o'simliklar. – archa, terak, qayin 4.Tog’larda uchraydigan muhofazaga molik turlar. – lola, shirach, kovrak 5.Yaylovlarda yer bag'irlab o'sadigan past bo'yli butalar qaysilar. – irg’ay, na’matak, uchqat 6.Yaylovlarda uchraydigan ko’p yillik o’tlar qaysilar. – toron, shuvoq, betaga III. Yangi mavzu bayoni O’simliklar hayoti tashqi muhit bilan uzviy bog’langan. Tashqi muhitning o’simlik hayot faoliyatiga ta’sir etuvchi ayrim tarkibiy qismiga ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar yig’indisi o’z navbatida o’simliklarning yashash sharoiti, ya’ni ularning tashqi muhitini belgilab beradi. Ekologik omillar abiotik va biotic guruhlarga ajratiladi. Abiotik omillarga o’lik tabiatning tarkibiy qismlari kiradi. Ulardan eng muhimlari tuproq, harorat, suv, yorug’lik va havodir. Biotic omillarga tirik tabiatning tarkibiy qismlari kiradi. Bularga bakteriyalar, zamburug’lar, hayvonlar va o’simliklar kiradi. Tuproq o’simliklarning yashash muhiti hisoblanadi. Ularni suv va mineral ozuqalar bilan ta’minlaydi. Yorug’lik va harorat ta’sirida o’simliklarda fotosintez, nafas olish, o’sish, urug’ning unishi va mevalarning pishishi kabi muhim hayotiy jarayonlar sodir bo’ladi. Suv o’simlik organizmi umumiy vaznining 60-90% ini tashkil etadi. Yorug’lik o’simlik hayoti uchun juda zarur, chunki faqat yorug’likda fotosintez jarayoni sodir bo’ladi. O’simliklar yorug’likka munosabatiga qarab, soyasevarlar, yorug’sevarlarga ajratiladi. O’simliklar bir-biriga ijobiy va salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan: yorug’sevar o’simliklar soyasevar o’simliklarga sharoit yaratsa, zarpechak, devpechak, shumg’iya kabi parazit o’simliklar ayrim yovvoyi va madaniy o’simliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Archa, qarag’ay, terak va boshqa o’simliklar o’zidan uchuvchan moddalar (fitonsidlar) ajratib chiqaradi. Ajralgan moddalar ko’pchilik zararli organizmlarni holdan toydiradi va hatto nobud qiladi. O’rta Osiyo cho’llaridagi o’simliklar qoplamiga yumronqoziq va qo’shoyoqlar katta talofat ko’rsatadi. Cho’lning eng muhim o’simligi hisoblangan iloqning 60%ini yumronqoziqlar yeb qo’yar ekan. Ma’lum bo’lishicha, qo’shoyoq uyasidan qo’ng’irboshning 1240 g og’irlikdagi piyozboshi zahirasi topilgan.
“Qor bo’roni” O’quvchilar guruhga ajratiladi. Har bir guruh a’zolariga alohida qog’ozchalar tarqatiladi. O’quvchilar qog’ozchalarga mavzu yuzasidan savollar yozadilar. Savollarni yumaloqlab koptopcha shakliga keltiradi va bu koptokchani raqib guruhdan bitta o’quvchini ismini aytib otadi. Ismi aytilgan o’quvchi koptokchadan bitta qog’ozni olib savolga javob beradi. Javob berilgan savollar koptokchadan olib tashlanadi.
“Zanjir” Bu metodda o’quvchilarga savol va javoblar ketma-ket holatda beriladi. Buning uchun o’quvchilarga savol va javoblar yozilgan varaqchalar tarqatiladi. Birinchi o’quvchining varaqchasiga birinchi betiga savol yozilgan bo’ladi. Ikkinchi betiga esa boshqa savolning javobi. Birinchi o’quvchi savolini o’qiydi, boshqa bir o’quvchida esa shu savolning javobi bo’ladi. O’sha o’quvchi javobni o’qiydi va varaqchaning orqa tomonidagi savolni o’qiydi. Savol va javoblar shu tariqa bir-biriga zanjir kabi ulanib davom etaveradi. Eng oxirgi savolning javobi esa birinchi savolni o’qigan o’quvchining varaqchasining orqa tomonida bo’ladi. 1.Tashqi muhitning o’simlik hayot faoliyatiga ta’sir etuvchi ayrim tarkibiy qismiga nima deb ataladi?- 2.ekologik omil qanday guruhlarga ajratiladi? j. abiotic va biotik 3.suv o’simlik organizmi umumiy vaznining necha %ini tashkil etadi? j. 60-90%ini 4.O’simliklarning yorug’likka munosabatiga qarab qanday guruhlarga ajratiladi? j. soyasevarlar va yorug’sevarlarga 5.Ayrim yovvoyi va madaniy o’simliklarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi parazit o’simliklar qaysilar? j. zarpechak, devpechak, shumg’iya 6.Qaysi o’simliklar o’zidan fitonsidlar ajratib chiqaradi? j. archa, qarag’ay, terak
Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar bilimlari tahlil qilinib, ularga ballar beriladi. Kundalikka yozilishi ta’minlanadi. Uyga vazifa beriladi. 47-mavzuni o’qish, parazit o’simliklar va fitonsid ajratuvchi o’simliklarning rasmini chizish, 123-betdagi savollarga javob yozish. Download 24.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling