Botanika va dorivor o’simliklar kafedrasi


I BOB. Adabiyotlar tahlili


Download 0.86 Mb.
bet6/14
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#252298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tayyori

I BOB. Adabiyotlar tahlili

Ma’lumki har bir dorivor o’simlik , shu dorivor o’simlik mahsulotini tayyorlash uchun ishlab chiqilgan qoida, talab (instuksiya) tasdiqlangandan so’ngra qabul qilinadi. Ushbu instruksiyada dorivor o’simlik mahsulotini oqilona yig’ish, quritish reglamenti bilan bir qatorda o’simlikning tabiiy zahirasini saqlash va qayta tiklanish muddatlari ham o’rganilgan va aniqlangan bo’ladi. dorivor o’simliklarni vegetatsiya davrining bosqichlarida, uning tarkibidagi biofaol moddalar sifat va miqdor jihatidan o’zgarib turishi to’g’risidagi ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda dorivor o’simlik mahsulotini optimal yig’ish muddatlari va quritish yo’llari, hamda saqlsh qoidalari ishlab chiqilgan bo’ladiki, bu qoidalarga amal qilingandagina, dorivor mahsulotni sifatiga qo’yilgan me’yoriy-texnik hujjat talablariga javob berishi kafolatlanadi. Bu borada olib boriladigan ishlar bir necha yo’nalishlarda olib boriladi. birinchidan qardoshlik turlarini kimviy tarkiblari va farmakologik ta’sirlari bir-birlariga o’xshash bo’lishi mumkin. shuning uchun so’nggi vaqtlarda ilmiy tibbiyotda ishlatilib kelinayotgan dorivor o’simlikning qardoshlik bo’yicha boshqa yaqin turlari ichidan zahirasi ko’p, etarli bo’lganlarini izlash bo’yicha olib borilayotgan tadqiqotlar dolzarb masalalardan bo’lib qolmoqda. shuni ham takidlash lozimki, agar doimiy ishlatilib kelinayotgan o’simliklarni o’rnini bosa oladigan yangi turlari topilsa, doimiy ishlatilib kelingan joylardagi o’simliklar zahirasini kamayib ketishini oldini olingan bo’ladi, hamda ularni kamaygan joylardagi zahiralari ham tiklanishi tezlashadi. ularga misol qilib bo’ymadaron, kiyik o’ti, achchiq ermon, samarqand bo’znochi va boshqalarni keltirish mumkin. Xalq tabobati tajribalarini o’rganish orqali, olib borilgan fitokimyoviy tadqiqotlar natijasida ishlatilib kelinayotgan offitsinal dorivor o’simliklar qatorini istiqbolli boshqa o’simlik turlarini hisobiga boyitish mumkin bo’ladi, hamda ular tibbiyot amaliyotida qo’llanilishi mumkin. 6.

Zahirasi chegaralangan dorivor o’simliklarni madaniylashtirish va ekish. bu dorivor o’simliklarni himoya qilishni ixtisoslashtirilgan shakli bo’lib, o’simliklarni iqtisodiy jihatidan samarali ekib hosil olish yo’nalishiga qaratilgan. bu usul birinchi navbatda ta’minlay oladigan tabiiy zahirasi bo’lmagan dorivor o’simliklar xom ashyolari (tirnoqgul, qalampir yalpiz, dorivor moychechak, bo’ymadaron, achchiq shuvoq va boshqalar), etarlicha tarqalmagan dorivor o’simliklar bo’lib, sanoat miqyosida ishlab chiqarish ehtiyojini qondiraolmaydiganlar (yapon soforasi, do’lana turlari, arslonquyruq, adonis turlari). Ayrim o’simlik turlarini himoya qilishni eng ishonchli, samarali usullaridan biri, o’simliklar urug’lari bankini yaratish bo’lib, o’simlikni toza genetik materiali saqlanib, u ilmiy va amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi.

Qadim zamonlardan beri inson moddalardagi kasalliklardan najot izlagan. Dorivor preparatlar doirasini asta-sekin to'ldiradigan o'simlik kelib chiqishi tadqiqot, kuzatish va sinov. Ilmiyning rivojlanishi va rivojlanishi bilan tibbiyotda, odamda uchragan o'simliklarning shifobaxsh xususiyatlari dori-darmonlarni qidirish tekshirildi va ularning ba'zilari ancha tan olingan shifo ishi uchun amal qiladi. Jami 3000 botanika turlari, odatda dorivor o'simliklar deb hisoblanadi, ilmiy tibbiyot tan olinadi, amal qiladi, atigi 500 ga yaqin o'simliklar. Kimyoning rivojlanishi bilan ko'pchilik o'simlik  laboratoriyalarda olingan.




Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling