Botanika va dorivor o’simliklar kafedrasi
Astеgасеа oilasining taksanomik tahlili …………………………………....14
Download 0.86 Mb.
|
Tayyori
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA................................................................................................................29
2.1 Astеgасеа oilasining taksanomik tahlili …………………………………....14
2.2 Tapinambur o'simligining bioekalogik tasnifi..............................................19 2. 3 Tapinambur o'simligi tuganagining labaratoriya tahlili..............................................27 XULOSA................................................................................................................29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................................30 KIRISH Inson hayot gultoji bo’lsa, unga hayot beruvchi yashil o’simliklardir. Bular birgina inson hayotidagina emas, balki tabiatdagi mavjud barchaqurt – qumursqalardan tortib to ulkan umurtqali hayvonlar hayotida ham g’oyat katta ahamiyatga egadir. O’zbekiston florasi ko’plab foydali, dorivor, efirmoyli va manzarali o’simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi. Aksariyat o’simlik turlari meditsinada, kulinariyada, ko’kalamzorlashtirish va shu boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq, O’zbekiston florasidagi foydali ahamiyatga ega o’simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to’la to’kis o’rganilgan emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko’plab o’simlik turlari hali o’z o’rnini topgani yo’q. Zero, istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohatlar vayangilanishlar zamirida muqaddas O’zbekistonda yashayotgan xalqimizning, xususan, ertangi kunumiz egasi bo’lgan aziz farzandlarimizning farovon hayoti, baxt-u saodatini ta’minlashdek maqsad mujassamligi barchaga yaxshi ma’lum. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi farmoni yurtimizdaistiqlol yillarida birinchi Prezidentimiz rahnamoligida olib borilgan islohatlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlardagi vazifalarni amalga oshirish maqsadini ko’zda tutadi.[1] Ma'lumki, dunyo miqyosida farmasevtika korxonlarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50% dorivor o'simlik homashyosidan tayyorlanmoqda.Mutloq ko'pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O'zbekiston Respuplikasida farmasevtika sanoati jadallik bilan rivojlanishi bunday korxonalarning dorivor o'simliklar homashyosiga bo'lgan talabni keskin ortishiga sabab bo'lmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki tabiiy holda o'suvchi dorivor o'simliklar zahiralarining chegaralanganligi tufayli farmasevtika sanoati korxonalarining dorivor o'simliklar homashyosiga bo'lgan talabini,asosan dorivor o'simliklar o'stirish orqaligina qondirish mumkin. Zero, respublikamizda so’nggi yillarda dorivor o’simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o’simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o’simliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro’yxatga olingan, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo’llanib kelinmoqda.2019-yilda 48 mln AQSh dollari qiymatidagi qayta ishlangan dorivor o’simliklardan olingan mahsulotlar eksport qilingan. Ma’umki hududlarda o’sadigan o'simlik va yashaydigan hayvonlani tabiiy sharoitda saqlab qolish uchun qo’riqxonalar tashkil qilishni ahamiyati kattadir. Dorivor o’simliklami tabiatdagi zaxirasini saqlab qolish va har yili ulardan ma’lum miqdorda mahsulot tayyorlab turish maqsadida, yuqorida aytib o’tilgan tadbirlardan tashqari yana quyidagi qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir: 1. Dorivor o’simlik mahsulotlarini o’z vaqtida to’g’ri va kerakli miqdorda tayyorlash, to’g’ri quritish va saqlash lozim. Bu esa yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklami ortiqcha yig’ib, keyinchalik ularni mog’orlatib va chiritib yoki qurtlatib ketishi natijasida tashlashdan saqlaydi. 2. Dorivor o’simlik mahsulotlarini ilmiy asoslangan reja bo’yicha, ko’p o’sadigan joylarni va zaxirasini to’g’ri aniqlab olgan hamda tayyorlanadigan joylarini vaqt-vaqtida almashtirib turgan holda yig’ish lozim. Agarda shu keltirilgan qoidalarga amal qilinsa, bu dorivor о ‘simliklami tabiatda o ‘sish joyini saqlab qolish mumkin. 3. Ko‘p yillik o‘simliklaming yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi) dan dori tayyorlanadigan bo‘lsa, ularning ildizi bilan sug‘urib olmaslik lozim. Bordi-yu, yer ostki organlari (ildizpoya, ildiz, tuganak) kavlanadigan bo‘lsa, mevasi pishib to‘kilgandan so‘ng yig‘ish kerak. Aks holda shu dorivor о ‘ simliklar keyinchalik o‘sha joyida о‘sib chiqmasligi mumkin. 4. Yovvoyi holda o‘sadigan dorivor о‘simliklar dori tayyorlash uchun yig‘ib olingandan so’ng (ayniqsa, yer osti organlari kavlab olingandan so’ng) ularning keyinchalik yana o’sib chiqishiga katta ahamiyat berish lozim. Buning uchun bir yerdan necha yilgacha o’simlik mahsuiotini yig’ish mumkin va necha yil dam berish kerakgi haqidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak. 5. Dorivor o’simliklardan kompleks va hamma qismlaridan to’liq foydalanish zarur bo’lganda ularning xom ashyosini kamroq tayyorlash kerak. Natijada tabiiy o’sish joyida ularning zaxiralarini saqlab qolish mumkin bo’ladi. Agarda dorivor о‘simiiklar ildizpoyasi, ildizi, tuganak yoki piyozi dorivor mahsulot bo‘lsa, shu o‘simliklaming yer ustki qismini kimyoviy va farmakologik jihatdan o‘rganib, yer ostki organlari o‘rida ishlatishga tavsiya etish, shu o‘simlikning tabiiy o‘sish joyidagi zaxirasini saqlab qolishda ahamiyati juda katta. Bu ham dorivor o’simliklarni muhofaza qilishning asosiytadbirlaridan biridir. 6. Dorivor o’simliklami sug’oriladigan yerlarga ko’proq ekib o’stirish va ularni agrotexnikasini yaratilsa, respublikamizda tabiiy sharoitda o'sayotgan dorivor о‘simliklar zaxirasini saqlab qolish imkoniyati yaratiladi. Yuqorida keltirilgan dorivor о‘simliklar zaxirasini tabiatda saqlab qolish tadbirlariga birinchi galda bu ishga mutasaddi rahbarlar o‘zlari qat’iy rioya qilishlari va boshqalardan ham buni talab qilishlari lozim. Shu ishlarning hammasi amalga oshirilsa, tabiat boyliklaridan biri bo‘lgan dorivor о ‘simliklar tabiiy o‘sish joylarida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi va insonga ko‘p xizmat qiladi. Dorivor o‘simliklar resurslaridan oqilona foydalanishning asosiy yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:mahsulot tayyorlashni to’g’ri rejalash va joyini aniqlash. Ayrim mintaqalar, tumanlar, joylar uchun uzoq vaqtga mo’ljallangan resursshunoslik tadqiqotlari dasturini yaratish va dorivor o’simliklar tayyorlash joyi, hajmini nazorat qilish bo’yicha takliflar ishlab chiqiladi. Masalan, ma’lum bir tumada terish mumkin bo’lgan yovvoyi holda tarqalgan o’simliklarni ro’yxati va eng ko’pi bilan qanchagacha hajmda terish mumkinligi aniqlanadi. Bunda teriladigan turlar shu ko’rsatilgan joy atrofida (kiyiko’ti er ustki qismi, mayda gulli tog’rayhon o’ti va boshqalar); yoki qishloq atrofidagi joylardan terish ruxsat berilgan (yapon saforasi g’unchalari, do’lana mevalari) yoki alohida ajratilgan uchastkalar institut sog’lomlashtirish ormgohi atrofidan (tubulg’ibargli bo’ymadaron guli va boshqalar). Dorivor o’simliklarni biologik o’ziga xosligini hisobga olish. Dorivor o’simliklardan oqilona foydalanishda, ularni biologik rivojlanish qonuniyatlari bilimini bilish, terilgandan keyin qancha muddatda bu o’simlik yana o’zining tabiiy zahirasini tiklanish muddatini aniqlash, shu o’simlikdagi biologik faol, ta’sir qiluvchi moddasini hosil bo’lishi va to’planish dinamikasiga atrof-muhitni ta’sirini hisobga olish. bular o’simlik mahsulotlarini yig’ishni optimal muddati, usuli va sharoitini aniqlash, shu bilan birga tayyorlash ishlarini samarali bo’lishiga olib keladi. Asoslanmagan va me’yorlanmasdan dorivor o’simliklarni va boshqa foydali o’simliklarni tayyorlash, ularning tabiiy zahirasini tez kamayib ketishiga olib keladi. Bunday hollar, ko’pincha tayyorlash ishlari bilan ma’suliyatsiz mutuxassis bo’lmagan, tasodifiy odamlar va tashkilotar shug’ullanganda sodir bo’ladi. Ko’pchilik dorivor o’simliklar, o’zlari bilan birga o’sadigan o’simliklarni orasida alohida ahamiyatli o’rni bo’lib, ularni ko’plab terish, birga o’sadigan o’simliklar orasidagi bog’liqlikni, tizimni, mutanosiblik (balans)ni buzilishiga olib keladi. Masalan doimi terish chimyonda dalachoy, oddiy va tubulg’ibargli bo’ymadaron, achchiq shuvoq, samarqand bo’znochi kabi o’simliklarni kamayib ketishiga olib kelgan.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling