Botirov Nodirning "Yangi avlod darsliklari" mavzusida tayyorlagan kurs ishi


Download 34.76 Kb.
bet1/4
Sana15.02.2023
Hajmi34.76 Kb.
#1203053
  1   2   3   4
Bog'liq
Botirov N Kurs ishi


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti


Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Tarix) mutaxassisligi II kurs magistrant talabasi
Botirov Nodirning “Yangi avlod darsliklari” mavzusida tayyorlagan kurs ishi

Mavzu: Yangi avlod darsliklari
I.Kirish. II. Asosiy qism.
Reja:

  1. Yangi avlod darsliklarining afzalliklari va o’quv amaliyotidagi samarasi

  2. Yangi avlod darsliklarining joriy etilishidan ko’zlangan maqsadlar

  3. Ta’lim sohasidagi farmondan kutilayotgan natijalar

III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bugungi kunda ta’lim sohasida tub islohotlar amalga oshirib borilmoqda. Davlat va jamiyatdagi malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojlar inobatga olinib, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ta’lim sohasi takomillashtirildi. Maktab ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim sohalari, ixtisoslashgan ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonlari qaytadan isloh qilindi. Xorijiy mamlakatlardagi ta’lim yangiliklari tajriba amaliyotlarida keng ko’lamda yo’lga qo’yila boshlandi, xususan, bu borada yangi avlod darsliklarining ta’lim sohasidagi afzallliklaridan foydalanishning yo’lga qo’yilishi ham shular qatoridandir. Ta’lim tizimidagi mavjud umumta’lim va kasb-hunar dasturlari o’rtasida uzviylik va vorislikning yo’qligi sababli tayanch va o’rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo’naltirilganlik va mehnat faoliyati ko’nikmalari shakllanmay qolayapti. Natijada yigit va qizlar o’z qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monand hayot yo’lini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar.
O’quv jarayoni bilim darajasi o’rtacha bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallangan bo’lib, ta’limning iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o’quv dasturlari bo’yicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti, o’quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan to’liq holi bo’lganicha yo’q, ularda ma’naviyat va axloq asoslarini o’rgatuvchi, iqtisodiy huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga yetarlicha o’rin berilmayapti.
Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta’lim muassasalariga o’tish ko’proq og’izda bo’lib, amalda esa ularda ta’lim eskirib qolgan moddiy-texnika va o’quv-uslubiy bazasida, tegishli qayta tayyorgarlikdan o’tmagan o’qituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda.
Kasb-hunar ta’limining obro’si hamda o’qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Ta’lim xizmati ko’rsatish va kadrlar tayyorlash sohasida marketing mavjud emas, ta’lim tizimini ko’p variantli moliyalash sxemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda baholash tizimi qoniqarsiz ishlamoqda.

Download 34.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling