Botirov Nodirning "Yangi avlod darsliklari" mavzusida tayyorlagan kurs ishi
Download 34.76 Kb.
|
Botirov N Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tarkibi
Kurs ishining maqsadi: Yangi avlod darsliklarining afzalliklari va ta’lim sohasida samarali uslublaridan foydalanishni o’rganish.
Kurs ishining ob’ekti: Yangi avlod darsliklarida ilm-fan va ta’lim sohasining integratsiyalashuv jarayoni. Kurs ishining predmeti: Yangi avlod darsliklari va ta’limga oid islohotlarning shakl va metodlari. Kurs ishining vazifalari: 1.Yangi avlod darsliklarining afzalliklari va o’quv amaliyotidagi samarasi 2.Yangi avlod darsliklarining joriy etilishidan ko’zlangan maqsadlar 3.Ta’lim sohasidagi farmondan kutilayotgan natijalar Kurs ishining tarkibi: Kirish, 3 bo’lim, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 1.Yangi avlod darsliklarining afzalliklari va o’quv amaliyotidagi samarasi Prezidentga taqdimot qilingan yangi avlod darsliklarining o`quv-metodik komplekslar (O`MK) asosini 4K tamoyili tashkil etadi va bu uning afzalliklarini namoyon etadi: Kritik (tanqidiy) fikrlash; Kollaborasiya (jamoaviy ishlash); Kreativlik (ijodkorlik); Kommunikasiya (muloqot ko`nikmalari). Shuningdek, darsliklar bolalarga o`yin orqali ta`lim berishga ham moslashgan. Ya`ni bolalar psixologiyasi hisobga olingan. O`quv-metodik komplekslar Android, IOS platformalarida ongni o`stiradigan o`yinlar to`plamiga ega. – Darslikdagi ma`lumotlar rang-barang rasmlar, grafikalar, sodda matnlar orqali berilgan. U o`quvchini zeriktirib qo`ymaydi, aksincha yanada qiziqtiradi. – Boshlang`ich sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan. Hozirgi bolalar zamonaviy texnologiyalarni bizdan yaxshiroq tushunadi. Shu sababli gadjetlar orqali ta`lim olish ularni yanada fanga qiziqtiradi va bu uning kelgusida qay darajada samara berishini amaliy jihatdan asoslashga bog'liqdir. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga kelib, boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi avlod darsliklari taqdimoti bilan tanishdi. Qayd etilishicha, o‘quv-metodik komplekslarni ishlab chiqishda PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA kabi xalqaro dasturlar tomonidan o‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini baholashda qo‘llaniladigan namunaviy topshiriqlar o‘rganib chiqilgan va asos qilib olingan. O‘MK faol o‘quv jarayoni uchun to‘liq materiallar to‘plami: darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchilar uchun uslubiy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Estudy elektron ta’lim platformasi ham ushbu tizimga uyg‘un tarzda kiritilgan. U matematika, tabiatshunoslik, informatika kabi fanlar bo‘yicha o‘quv kurslarni hamda egallangan bilimlarni mustahkamlash uchun 300 dan ziyod ongni oshiradigan o‘yinli vazifalarni o‘z ichiga oladi. O‘quv-metodik komplekslar Android, IOS platformalari va “Matematika» va “Alifbo» mobil ilovalari uchun o‘zbek va rus tillarida ongni o‘stiradigan o‘yinlar to‘plamiga ega interfaol o‘quv dasturini ham o‘z ichiga oladi. E’tiborlisi, 1-3 sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi, xususan, tasviriy san’at, o‘zbek tili va musiqiy savodxonlik bo‘yicha kitoblar kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan. Bu o‘quvchilarni fanga yanada ko‘proq qiziqtirish hamda bugungi o‘smirlar hayotida muhim bo‘lgan gadjetlarni foydali vositaga aylantirish maqsadida ishlab chiqildi. Kengaytirilgan reallik ilovasi 1 marta yuklab olinadi va oflayn rejimida ishlaydi. Ushbu darsliklarda nafaqat fanlar, balki XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalar ham o‘rgatiladi. Davlat rahbari Xalqaro kongress markazida ta’lim sifatini oshirish va yangi avlod darsliklarini joriy etishga bag‘ishlangan ko‘rgazma-taqdimot bilan tanishib, sohadagi islohotlar haqida murojat qildi. Maktab o‘qituvchilari bilan norasmiy muhitda muloqot ham qildi. Bu ushbu dasturga jiddiy yondashishni talab etmoqda. “Yangi avlod darsliklarini tayyorlash jarayonini yanada tezlashtirishimiz lozim” – ushbu fikrni aytgan Xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidovning topshirig'i yangi avlod darsliklarini joriy etishni jadallashtirdi. Yangi vazir ta'limdagi innovatsiyalar eng chekka hududdagi o‘quvchiga yetib borishi lozimligini qayd etdi. Xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining ilk ishchi tashrifini Respublika ta'lim markazi hamda Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishishdan boshlaganligi fikrimiz dalilidir. Respublika ta'lim markaziga tashrif chog‘ida markaz direktori Shuhrat Sattorov umumiy o‘rta ta'lim maktablarida ta'lim mazmuni, darsliklarni tayyorlash jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berdi. Xususan vazir yangi avlod darsliklari, ularni yaratgan mualliflar faoliyati va qolgan darsliklarning yaratilish muddatlari bilan tanishtirildi. Baxtiyor Saidov yangi darsliklarni yuqori baholab, ularni yaratish jarayoni yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. “Yangi avlod darsliklarini tayyorlash jarayonini yanada tezlashtirishimiz lozim, darsliklar yozilishini cho‘zmasligimiz lozim, sababi, darsliklarning kechikishi jamiyat rivojlanishining kechikishi degani”. Shuningdek, ta'lim mazmunini xalqaro darajaga ko‘tarish, yoshlarni ta'lim olishga qiziqtirish, dars berishning innovatsion usullaridan foydalanish, vizual kontentni rivojlantirish kerakligi borasida takliflar bildirdi. Vazir innovatsiyalardan qishloqlarda foydalanish masalasini ko‘tarib, ularning chekka hududlarga yetib borishini ham ta'minlashga alohida e'tibor berish lozimligini qayd etdi. Bu barcha hududlarda ta’lim samaradorligini jiddiy nazoratga olinishidan dalolatdir. O‘rganish jarayoni Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida davom etdi. Institut rektori Ayubxon Radjiyev tomonidan so‘nggi yillarda muassasa tomonidan amalga oshirilgan islohotlar, xususan, malaka oshirishdagi o‘zgarishlar, ilmiy-tadqiqot ishlaridagi ustuvor yo‘nalishlar, ta'limdagi muammolar yechimiga qaratilgan o‘ndan ortiq ilmiy-amaliy loyihalar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. Vazir institut tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni yuqori baholab, dolzarbligi nuqtayi nazaridan oxirigacha samarali yakunlash lozimligini qayd etdi. Download 34.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling