Botirov Nodirning "Yangi avlod darsliklari" mavzusida tayyorlagan kurs ishi
Yangi avlod darsliklarining joriy etilishidan ko’zlangan maqsadlar
Download 34.76 Kb.
|
Botirov N Kurs ishi
2.Yangi avlod darsliklarining joriy etilishidan ko’zlangan maqsadlar
Yangi avlod darsliklarida nafaqat fanlar, balki XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalar ham o‘rgatilib, bu o’quvchiga mustaqil dunyoqarash, tanqidiy fikrlash jarayoni shakllanishiga ham yordam beradi. O‘zbekistonda bir qism maktab o‘quvchilari o‘quv yilini yangi avlod darsliklari bilan boshlayotganligi ham bejizga emas. Prezidentimizning 11 maydagi (PF-134) qarori bilan XTVga 2022 yil oxirigacha 3, 6, 7 va 10-sinf o‘quvchilari uchun, 2023−2024 yillarda esa 4, 5, 8, 9 va 11- sinflar uchun o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va ishchi daftarlarini ishlab chiqish topshirilgan edi. Vazirlik mazkur topshiriq muddatidan avval bajarilgani haqida xabar berdi. 3-sinf uchun yangi darsliklar, jumladan, rus va ingliz tillaridagi darsliklar maktablarga yetkazib berildi. Xalq deputatlari poytaxt kengashi sessiyasida ham bugungi kunga qadar mamlakatda darsliklarning 60 foizi chop etilgani, poytaxtda maktablar 47 foizga yangi darsliklar bilan ta’minlangani haqida ma’lum qilindi. 2022-yilning may oyida prezident tomonidan 2026 yilgacha Maktab ta’limini rivojlantirish dasturi tasdiqlangan edi. Unda davlat maktablariga o‘quv dasturlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrim fanlar bo‘yicha darsliklarni tanlashga ruxsat berildi Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov raisligida xalq taʼlimi tizimidagi mavjud muammolarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib, unda darsliklar mavzusi ham muhokama qilindi. Administratsiya rahbari oʻrinbosari, ayni paytda darsliklarni takomillashtirish ishchi guruhi rahbari Komil Allamjonovning yigʻilishda maʼlum qilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 14 ta maktab, 139 ta sinfda 1-4 sinflar uchun yangi avlod darsliklari tajriba-sinovdan oʻtkaziladi. Jarayonda 4146 nafar oʻquvchi ishtirok etadi. Aniq va tabiiy fanlar darsliklari, oʻquv dasturlari yuzasidan finlyandiyalik mutaxassislar xulosalari olinmoqda va ularni chop etish boʻyicha Otava hamda Sanora nashriyotlari bilan onlayn muhokamalar tashkil etildi. Sardor Umurzakov bu jarayonda hokimlar faol ishtirok etishi, biroq xalal bermasligi kerakligini taʼkidladi. 2022- yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan muhim xalqaro siyosiy tadbir munosabati bilan Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining qaroriga ko‘ra, Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga, shuningdek, Oqdaryo, Toyloq, Samarqand tumanlarining mahalliy kengashlari qarorlari va Jomboy tuman hokimligining tegishli farmoyishiga asosan, Samarqand tumanidagi 3 ta (7, 23, 53), Toyloq tumanidagi 5 ta (11, 12 , 15, 17, 59), Oqdaryo tumanidagi 5 ta (25, 38, 39, 41, 48), Jomboy tumanidagi 6 ta (5, 6, 8, 22, 20 va 44) umumta’lim maktablariga 5-19-sentyabr kunlari navbatdan tashqari ta’til berilib, qoldirilgan dars soatlari o‘quv yili davomida beriladigan ta’tillar hisobiga qoplanishi belgilangan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2022-yildan boshlab Xorazm hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1-4 boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun bepul tushlik berish yoʻlga qoʻyilgan edi. Maqsad yosh avlodga barcha sharoitlarni yaratib berish. Taʼkidlash joizki, bugungi kunda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ilgʻor xalqaro tajriba asosida “Milliy oʻquv dasturi”ni tuzish, mazkur dastur asosida 2021–2022-oʻquv yilining 1-sentyabrigacha 1–2-sinf oʻquvchilari uchun yetti tilda yangi avlod darsliklarini, ushbu sinflarda dars beruvchi oʻqituvchilarga metodik qoʻllanmalar, oʻquvchining mashq daftari, multimedia ilovalarini yaratish va nashr etish sohasida tizimli ishlar olib borilmoqda. “Adolat”SDP saylovoldi dasturida taʼlim sifatiga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar sifatining nazoratini olib borish partiyaning parlament quyi palatasidagi fraksiyasining 2021-yilgi ish rejasida hamda bu yilgi Davlat dasturining 225-bandida belgilangan umumiy oʻrta taʼlimning “Milliy oʻquv dasturi”ni joriy etish vazifalari ijrosi ustidan parlament va deputatlik nazoratini olib borish belgilangan. Amaldagi darsliklar kamchiliklari boʻyicha aholidan, ota-onalardan bir qator takliflar kelib tushmoqda va ushbu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Jumladan, darslikda oʻquv dasturining bob va mavzulari toʻlaligicha oʻz ifodasini topmagan, darslikdagi mavzularning oʻquv rejadagi dars soatlariga nomutanosib, mavzularni yoritishda materiallar ilmiy jihatdan toʻgʻri berilmagan, darslik mavzularini oʻzlashtirish uchun berilgan mashq, topshiriq va amaliy mashgʻulotlar pedagogik texnologiyalar asosida tuzilmagan. Deputatlar, partiya faollari tomonidan hududlarda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqitiladigan darsliklarni oʻrganishda nafaqat darsliklardagi xatoliklar, balki ayrim maktablarda darsliklarning yetarli emasligi, ayrim maktablardagi kutubxonalar ham talab darajasida emasligi koʻzga tashlandi. Xususan, Andijon viloyatida maktab oʻquvchilari 96, Buxoro viloyatida 97 foizga darsliklar bilan taʼminlangan, Qorakoʻl tumanidagi 23, 50-umumiy oʻrta taʼlim maktablarida va Olot tumanidagi 4, 35-umumiy oʻrta taʼlim maktablarida alohida kutubxona yoʻq, kutubxona oʻqituvchilar xonasida joylashgan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Adolat” SDP fraksiyasi Xalq taʼlimi vazirligiga rasmiy xat bilan murojaat qilgan edi. Vazirlik fraksiya murojaatini eʼtibor olib, amaldagi darslikdagi kamchiliklarni bartaraf etishga kirishdi. Bugungi kunda partiyaning takliflari darsliklarni yaratish va nashr etish sohasida ijobiy natija bermoqda. Deputatlar Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markaziga tashrifi davomida “Milliy oʻquv dasturi”ning joriy etilishi holati, oʻquv adabiyotlarning yaratilishi va nashr etilishi, “Milliy oʻquv dasturi”ning xalqaro ekspertlar, amaliyotchi oʻqituvchilar ishtirokida sinovdan oʻtkazilgani, ular tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalarning inobatga olinganiga alohida eʼtibor qaratdi. Download 34.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling