Bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar


Kapital bozorida o’rta va o’zoq muddatli kreditlar bahosining shakllanishi


Download 458.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana02.05.2023
Hajmi458.04 Kb.
#1421938
1   2   3   4   5   6   7
3. Kapital bozorida o’rta va o’zoq muddatli kreditlar bahosining shakllanishi. 
Kredit bozorining funktsiyalari uning mohiyati va kapitalistik xo’jalikda bajaradigan 
roli, shuningdek, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish 
bo’yicha vaziflalar bilan belgilanadi. 
Kredit bozorining beshta asosiy funktsiyasini ajratib ko’rsatish lozim: 
- kredit orqali tovar muomalasiga xizmat ko’rsatish; 
- korxonalar, aholi, davlat, shuningdek, xorijiy mijozlarning pul jamg’armalarini 
jamg’arish va to’plash; 
- pul fondlarini bevosita ssuda kapitaliga aylantirish va undan ishlab chiqarish 
jarayoniga xizmat ko’rsatish uchun kapital qo’yilmalar ko’rinishida foydalanish; 
- davlat va iste’mol xarajatlarini qoplash uchun kapital manbalari sifatida davlat va 
aholiga xizmat ko’rsatish; 

kapital markazlashuvini jadallashtirshi, kuchli moliya-sanoat guruhlari 
shakllanishiga ko’maklashish. 
Kredit bozorining aytib o’tilgan funktsiyalari ishlab chiqarishning kapitalistik usulini 
qo’llab-quvvatlash, davlat-monopolistik kapitalizmi iqtisodiy tizimining faoliyatini 
ta’minlashga yo’naltiriladi. 
Pul kapitali jamg’arilishi va harakatini aks ettirar ekan, kredit bozori uning pul 
shaklidagi qiymati harakati, kredit resurslari va qimmatli qog’ozlar ko’rinishida turli pul 
fondlari hosil bo’lishi va foydalanilishi bilan uyg’unlikda bog’langan bo’ladi. Bozor 
vositasida kapitalistik ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga, uning ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarga ta’siriga sarflanadigan pul fondlari harakati, hajmi va yo’nalishini aniqlash 
va o’lchash mumkin. 
Kimoshdi savdolari turli usullar bilan: amerikacha va gollandcha tizim, shuningdek, 
qat’iy belgilangan foiz stavkasi bilan o’tkazilishi mumkin. Kimoshdi savdosi o’tkazishning 
amerikacha usulida talabnoma banklar tomonidan taklif etiladigan foiz stavkalari bo’yicha 
qondirliadi. Rossiya Federatsiyasida bank talabnomalarida taklif etilayotgan foiz stavkasi 
Markaziy bank tomonidan taklif etilgan minimal stavkadan past bo’lishi mumkin emas. 
Bunda foiz stavkasi minimal stavkaga teng bo’lgan talabnoma sotilmagan kreditlar qoldig’iga 
proportsional ravishda qondiriladi. Gollandcha usulda barcha talabnomalar qondirilgan 
talabnomalar ro’yxatiga (otsechenie??? stavkasi bo’yicha) kiritiladigan oxirgi foiz stavkasi 
bo’yicha qondiriladi. Qat’iy belgilangan foiz stavkali kimoshdi savdosida barcha 
talabnomalar qondiriladi. Biroq, bunday stavkada talabnomalar umumiy miqdori kimoshdi 
savdosiga taklif etilgan kredit hajmidan oshib ketganida talabnomalar qisman qondiriladi. 
Qondirilgan talabnomalar darajasi kimoshdi savdosi krediti umumiy hajmining talabnomalar 
miqdoriga nisbatiga mos keladi. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan 1996 yil 20 
apreldagi 41-sonli Kredit resurslari kimoshdi savdosini o’tkazish Tartibiga muvofiq 
O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasida (O’zRVB) moliyaviy vositalarni so’mda va 
xorijiy valyutada joylashtirish bo’yicha kimoshdi savdolari o’tkazish tartibi belgilangan. 


Kimoshdi savdolarida quyidagi turda operatsiyalar amalga oshiriladi: 
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan keyin - Markaziy bank) 
kreditlarini kimoshdi savdosida joylashtirish; 
- depozit omonatlarini kimoshdi savdosida joylashtirish; 
- banklararo kreditlarni kimoshdi savdosida joylashtirish. 
Kredit resurslari kimoshdi savdosini amalga oshirishdan asosiy maqsad ichki moliya 
bozorini sog’lomlashtirish va mustahkamlash hisoblanadi. 

Download 458.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling