Bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar


Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 458.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana02.05.2023
Hajmi458.04 Kb.
#1421938
1   2   3   4   5   6   7
4.Kreditning bahosiga ta’sir qiluvchi omillar. 
Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo’limi hisoblanadi. Bu siyosat turli 
kreditlar va qarzdorlar bo’yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan 
quyidagi 3 omillarni o’z ichiga oladi: 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi; 
kredit resurslari (o’z va jalb qilingan mablag’lari) manbalari; 
kreditlash, qarzdorlar turlari va yo’nalishlari 
Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta’sir etadi. 
Bank tomonidan berilgan kreditlarning iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida joy 
lashtirilganlik holati. 
Ushbu yo’nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari kredit portfelini 
diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlaridan biri kreditlarni mijozlarning tarmoq 
xususiyatiga ko’ra joylashtirilganligi hisoblanadi. Shu jixatdan olganda, ushbu yo’nalish 
kredit siyosatining samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omillardan biri 
hisoblanadi.
II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va o’zoq muddatli kreditlarning o’zaro nisbati. 
Tijorat banklari faoliyatining mazmuniga ko’ra, avvvalo, qisqa muddatli kreditlash 
institutlari hisoblanadi. Ular xo’jalik sub’ektlarining aylnma mablag’larga bo’lgan 
ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o’ynaydi. Ko’pchilik rivojlanayotgan davlatlarda 
inflyatsiya darajasining nisbatan yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat banklarining kredit 
portfelida qisqa muddatli kreditlarning salmog’ining yanada oshishiga sabab bo’ladi. 
Inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo’lmagan va barqaror bo’lgan sharoitda o’zoq 
muddatli kreditlar xajmini oshirish tijorat banki daromad bazasini mustaxkamlashning 
sinalgan usullaridan biri hisoblanadi. 
III. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan 
kreditlar salmog’ining o’zgarishi. 
Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan kreditlar 
salmog’ining o’zgarishi kredit siyosatining samaradorligini tavsiflovchi asosiy 
ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank amaliyotida, xususan, G’arbiy Evropa 
davlatlarining bank amaliyotida muddati o’tgan kreditlar jami kredit qo’yilmalari hajmidagi 
salmog’ini 3 foizdan oshmasligi normal xolat hisoblanadi. Bu ko’rsatkichning yo’l qo’yilishi 
mumkin bo’lgan chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil qiladi. 
IV. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi 
salmog’ining barqarorligini ta’minlash. 
Tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi omillaridan biri 
kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi yuqori va 
barqaror darajasini ta’minlash hisoblanadi. Buning boisi shundaki, kreditlash tijorat banklari 
faoliyatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Shuning uchun banklar yalpi daromadining asosiy 
qismini kreditlash faoliyatidan olishlari lozim. 
V. Kreditlash shakllaridan foidalanish darajasi. 


Kreditlash shakllaridan to’laqonli tarzida foydalanish kredit siyosatining 
samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kreditlash 
shakllari bankning kreditlash imkoniyatini oshirishga bevosita ta’sir qiladi. 
Hozirgi vaqtda, Respublikamiz bank amaliyotida kreditlashning asosan ikki shaklidan 
foydalanilmoqda. Bo’lar mijozni alohida ssuda hisobraqamidan kredit liniyasi ochmasdan 
turib kreditlash shakli va faktoring shaklidir. 
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlashning overdraft, kontokorrent, 
kredit liniyasi ochish yo’li bilan kreditlash, forfeyting shakllaridan foydalanilmayotganligi 
ularning kredit siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi. 
VI. Foizlarni o’stirmaslik maqomiga ega bo’lgan kreditlar va ularga hisoblangan 
foizlar miqdoining o’zgarishi. 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 dekabrdagi “Tijorat 
banklarining kreditlari bo’yicha foizlarni o’stirmaslik siyosati to’g’risida”gi Nizomga ko’ra, 
banklar quydiagi hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to’xtatadilar: 
a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va 
foizlarni to’lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan 
va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno; 
b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va 
unga hisoblangan foizlarni to’lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, 
yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno; 
v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan fozlarni qaytarilish 
muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda shubxa uyg’otgan xolda. 
Foiz hisoblash to’xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi tegishli foizli 
daromadlar hisobraqamidan chegirib tashlanishi lozim. Bunda tegishli foizli daromadlar 
hisobraqami debetlanadi, 16309-“Hisoblangan, lekin undirilmagan foizlar” hisobraqami 
kreditlanadi. 
VII. Banklarning kreditlash faoliyatida garov ob’ektlaridan foydalanish samaradorligi. 
Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni garov asosida berish kredit 
siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, garov ob’ektlaridan 
unumli foydalanish masalasini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor 
garov ob’ektlarini sotish evaziga kreditlarning asosiy qarz summasi va ularga hisoblangan 
foizlarni undirishga qaratiladi. 
VIII. Tijorat banklarining etarli darajada barqaror resurs manbalariga ega ekanligi. 
Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati bevosita 
ularni etarli darajada kredit resurslari bilan ta’minlanganligiga bog’liq. 
Hozirgi kunda kredit siyosatini to’zishda har bir tijorat banki mustaqil bo’lib, ular 
kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib bormoqda. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo’jalik sub’ektlarini kreditlash 
funktsiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lganligi uchun banklar faoliyatining 
samaradorligi va likvidliligini ta’minlash uchun avvalambor, banklarning kredit siyosatini 
turli ishlab chiqishga e’tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar uning aktiv 
operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar 
tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va o’tkazishni taqazo qiladi. 

Download 458.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling