Bo’yicha o’quv va tanishuv amaliyoti


Gerbariy yorlig’ining namunaviy nusxasi


Download 98 Kb.
bet5/7
Sana19.04.2023
Hajmi98 Kb.
#1364991
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 kurs Ko\'kalamzorlashtirish amaliyot dastur

Gerbariy yorlig’ining namunaviy nusxasi
Manzarali daraxt va buta turlaridan gerbariy yorlig’ini tayyorlashda 10x8 sm kattalikda oq qog’ozga quyidagilar yoziladi:

  1. TerAIRI “O’rmonchilik, dorivor o’simliklar va manzarali bog’dorchilik” kafedrasi

  2. O’simlik oilasining o’zbekcha, ruscha va lotincha nomi.

  3. O’simlik turkumining nomi.

  4. O’simlik turining nomi.

  5. Gerbariy tayyorlangan joy haqida ma’lumot.

  6. O’simlikning vatani haqida ma’lumot.

  7. Gerbariy tayyorlangan vaqt.

  8. Gerbariy tayyorlagan shaxs haqida ma’lumot (F.I.O.).

Izoh: O’simlikning oilasi, turkumi, turi o’zbekcha, ruscha va lotin tillarida yoziladi.

O’quv tanishuv amaliyotini o’tkazishni tashkil qilish
O’quv amaliyoti belgilangan reja asosida institutning tajriba xo’jaligida, Surxondaryo davlat o’rmon xo’jaligida va institut xududida o’tkaziladi. O’quv amaliyoti boshlanishidan oldin talabalarga o’tkaziladigan amaliyotning maqsad va vazifalarini amaliyot raxbari to’la tanishtiradi.
O’quv amaliyoti boshlanishidan oldin talabalarga texnika xavfsizligi bo’yicha tushuncha beriladi hamda belgilangan qoidani o’qib borib talabalarga tushunganligi to’g’risida maxsus daftarga imzo qo’ydiriladi.
Tababalarga har kuni o’rganiladigan ishlar reja bo’yicha tushuntiriladi, ish dasturi bilan tanishtiriladi. Har bir talaba mustaqil ravishda o’zi ishni bajaradi.
O’quv amaliyotini o’tayotgan talabalar albatta kundalik daftar tutishadi. Kundalik daftarga har kungi qilingan ishlar yozib boriladi. Kundalik daftarda keltirilagn ma’lumotlar o’quv amaliyoti oxirida xisobot yozishda foydalaniladi, amaliyot oxirida xisobot bilan topshiriladi.
O’QUV TANISHUV AMALIYOTINI YAKUNLASH VA HISOBOT TUZISH
«Ko’kalamzorlashtirish» fani bo’yicha o’quv amaliyoti yakunida talabalar o’quv amaliyotida bajargan ishlarini umumlashtiradi va hisobot tuzadi. Hisobotning tarkibi o’quv amaliyoti dasturiga to’g’ri kelishi shart.
O’quv amaliyoti bo’yicha hisobot «Ko’kalamzorlashtirish » bo’yicha o’quv amaliyotida rasmiylashtirilishi o’rganilgan dastlabki hujjatlar namunalari va ularning tavsifidan iborat bo’ladi. Hisobot o’quv amaliyoti yakunlangandan keyin 1 hafta ichida hisobotni qabul qilish komissiyasi oldida himoya qilinadi.



Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling