Bo’yicha o’quv va tanishuv amaliyoti
Download 98 Kb.
|
2 kurs Ko\'kalamzorlashtirish amaliyot dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafedra mudiri
Taqrizchilar:
Jurayev.E.B –“O’rmonchilik, dorivor o’simliklar va manzarali bog’dorchilk” kafedrasi mudiri. q.x.f.f.d. B.I.Eshankulov – O’rmon xo’jaligi ilmiy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, q.x.f.f.d. (PhD) O’quv va tanishuv amaliyoti dasturi 20__ yil «__»_________ dagi “____”- sonli kafedra majlisida ko’rib chiqilib, tasdiqlandi. Kafedra mudiri, q.x.f.f.d E.B.Jurayev Mazkur dastur “Agrologistika va biznes” fakulteti o’quv-uslubiy kengashining 20__ yildagi ____ – sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan. Fakultet o’quv - uslubiy komissiyasi raisi ____________ Q.Tangirov Kelishildi: O’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i ____________ A.Maxmadaliyev KIRISH Ko’kalamzorlashtirish fanidan o’quv amaliyoti davomida talabalar nazariy olgan bilimlarini amaliy kuzatishlar bilan mustahkamlaydilar. Amaliyot davomida daraxt va butalarning sistematikasi, hayotiy shakllari, morfologiyasi, biologiyasi, yashash muddati, ko’payish usullari, ekologiyasi va evolyutsion taraqqiyotini o’rganadilar. Ko’kalamzorlashtirishda foydalanilayotgan manzarali daraxt va buta o’simliklarini o’rganishga alohida e’tibor qaratiladi. Termiz hududida manzarali daraxt va buta o’simliklari, ayniqsa introduktsiya qilingan nina bargli va yaproq bargli daraxtlar manzaraviyligi chuqur o’rganiladi. Ushbu amaliyot jarayonida talabalar manzaraviy daraxt va buta turlaridan gerbariylar tayyorlash bilan shug’ullanadilar va amaliyot oxirida xisobot bilan birga topshiradilar. 5411200 - Manzarali bog’dorchilik va ko’kalamzorlashtirsh ta’lim yo’nalishi bo’yicha o’quv rejasiga muvofiq 2-bosqichda «Ko’klamzorlashtirish» bo’yicha 1 hafta (30 soat) o’quv amaliyoti o’tkazish mo’ljallangan. Har bir talaba o’quv amaliyoti davomida qilingan ishlari yuzasidan xisobot yozib topshiradi. Hisobotda har kun bajarilgan ishlar yoziladi, hamda nazariya bilan bog’lanadi. Amaliyot rahbari talabidan har kuni bajarilgan ishlar yuzasidan so’raydi. Talaba yaxshi javob bersa baho qo’yib xisobotni qabul qiladi.
Download 98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling