Bo’yin qiyshiqligi tasnifi


Bo’yin qiyshiqligini oldini olish


Download 33.46 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi33.46 Kb.
#1583515
1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Bo’yin qiyshiqligini oldini olish
Patologiyaning oldini olish uning shakli bilan belgilanadi va uning paydo bo’lish sabablariga bog’liq.
Kundalik massaj terapevtik mashqlar bilan birgalikda sternokleidomastoid mushak tolasining uzayishini ta’minlaydi, bu esa bolaning faol o’sishi paytida zararlanish xavfini kamaytiradi.
Yumshoq to’qimalarning, bo’yinning limfa tugunlarining yiringli yallig’lanish kasalliklarini o’z vaqtida samarali davolash dermodesmogenik bo’yin qiyshiqligi rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi.
Bolani ratsional parvarish qilish pozitsion bo’yin qiyshiqligi paydo bo’lishining oldini oladi.

Spastik bo’yin qiyshiqligi kattalarga ortopedik yostiqdan foydalanish, tananing bir tomonida spazm paydo bo’lishiga olib keladigan harakatlardan saqlanish, gipertonik holatdagi mushaklarni bo’shashtirishni o’rganish tavsiya etiladi.




Bolalarda bo‘yin qiyshiqligi

Bo‘yin qiyshiqligi - bo‘yin deforatsiyasi bo‘lib, bunda bosh bir tomonga egilgan bo‘ladi. Bo‘yin qiyshiqligi suyak, mushak va asab to‘qimalarining holati buzulganligidan dalolat beradi.


Bo‘yin qiyshiqligi tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Tug‘ma bo‘yin qiyshiqligi juda ko‘p uchraydigan kasallikdir. Bu kasallikka ko‘pincha qizlar uchraydi. Odatda bo‘yin qiyshiqligi o‘ng tomonda rivojlanadi. Kasallik rivojlanishiga tug‘ish jarayonidagi shikast va bo‘yin mushaklari rivojlanishidagi patologiya sabab bo‘ladi.
Afsuski tug‘ma bo‘yin qiyshiqligini tug‘ruqxonaning o‘zida bilish juda qiyin. Faqatgina 1% holatlarda u chaqaloq hayotining birinchi kunlarida aniqlanadi. Bola o‘sgan sari bo‘yinning kasal tomoni rivojlanishi sog‘ tomondan ortda qolib, chaqaloqning 3 haftasiga kelganda bola boshini faqat bir tomonga qaratayotgani aniq seziladi.
Agar vaqtida bo‘yin qiyshiqligini davolamasa, borgan sari bolaning yuzi assimetriyaga uchraydi, bosh doim bir tomonga qaragani sababli yuz suyaklari qiyshiq rivojlanadi va g‘ilaylik vujudga kelishi mumkin. Bola 6-7 yoshga yetganda uning nafaqat boshida, balki umurtqasida ham qiyshiklik aniq ko‘rinadi.

Download 33.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling