Boyitish sxemalari
Tanlab maydalash va dekripitatsiya
Download 299 Kb.
|
Boyitish sxemalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zarrachalarning shakli va ishqalanishiga qarab boyitish
Tanlab maydalash va dekripitatsiya.
Tanlab maydalab boyitish shunga asoslanganki, zarba va ishqalanish orqali yanchilgandan keiyn engil maydalanuvchi bir xil minerallar mayda sinfda yig‘iladi, boshqalari qiyin maydalanuvchilari esa yirik mahsulotda to‘planadi. SHu yo‘l bilan olingan mahsulotni elash minerallarni ajratishga imkon beradi. Tanlab maydalash bilan yonuvchi slanetslarni boyitishda yirik jinslarni ajratish mumkin. Dekripitatsiya – minerallarni qizdirib, tez sovutilganda uvalanib ketish xodisasi. Dekripitatsiya xususiyatini bir nechta ko‘rinishda uchraydigan, yirik kristallar hosil qiluvchi minerallar namoyon qiladi. Bunday minerallarga barit va kalsit kiradi. Dekripitatsiyadan keyin mahsulotni elash darz ketib maydalangan mahsulotni darz ketmagan mahsulotdan ajratishga imkon beradi. Zarrachalarning shakli va ishqalanishiga qarab boyitish Mineral zarrachalarning xususiyati va ularning shakli zarrachalarning qiya yuza bo‘ylab xarakatlanish tezligini belgilaydi. Dumaloq shakldagi zarracha tebranish kuchini engib dumalaydi, yassi shakldagi zarrachalar esa sirpanish kuchini engib sirpanadi. Dumaloq shakldagi zarrachalar yassi shakldagi zarrachalarga nisbatan kattaroq tezlikda xarakatlanadi. G‘adir-budir yuzali zarrachalar tekis yuzali zarrachalarga nisbatan sekinroq sirpanadi. Zarracha qiya yuza bo‘ylab xarakatlanganda kichik ishqalanishga ega zarrachalar katta tezlikka ega bo‘ladi va yuzadan tushishda kichik xarakatlanish tezligiga ega zarrachalarga nisbatan uzokroq masofaga uchib tushadi. SHu xodisa minerallarni ajratish uchun ishlatiladi. 77 - rasmda foydali qazilmani boyitishda ishqalanish koeffitsienti, yiriklik va zarrachalarning shaklidagi farq ishlatiladigan vibratsion separator keltirilgan. 77-rasm. Rudani ishqalanish bo‘yicha quruq boyitish uchun vibratsion separator. 1-separator yuzasi rama bilan; 2-pastki rama; 3-tayanch prujinasi; 4-uzatma. Yanchilgan quruq mahsulot vibratsiyalanuvchi yuzaning o‘rtasidan pastroqqa beriladi. Yuzaning qiyaligi xam ko‘ndalangiga, xam bo‘ylamasiga sozlanishi mumkin. Kichik ishkalanish koeffitsientiga ega dumaloq zarrachalar yuzaning qiyaligi bo‘ylab pastga sirpanib xarakatlanadi, ishqalanish koeffitsienti katta yassi zarrachalar esa yuqoriga xarakatlanadi. Vibratsion separatorlar asbestli rudalarni boyitishda va abraziv kukunlari ajratishda keng qo‘llaniladi. Download 299 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling