Boyitish sxemalari


Download 299 Kb.
bet1/3
Sana04.01.2023
Hajmi299 Kb.
#1077008
  1   2   3
Bog'liq
Boyitish sxemalari

BOYITISH SXEMALARI


Reja:



  1. Qo‘lda va mexanizatsiyalashgan saralash.

  2. Tanlab maydalash va dekripitatsiya.

  3. Zarrachalarning shakli va ishqalanishiga qarab boyitish

Qo‘lda va mexanizatsiyalashgan saralash.
Ko‘lda saralash ajratiluvchi minerallarning rangi, yaltirokligi va shaklidagi farqqa asoslangan. Masalan, ko‘mir bu belgilar bilan puch tog‘ jinsidan ajralib turadi. Puch tog‘ jinslarini foydali qazilma massasidan ajratib olishni ruda saralovchi moslama yonida joylashgan ishchi - saralovchilar olib boradilar. Qo‘lda saralash tasmali konveyerlarda yoki ruda saralash stollarida, ba’zan tarnovcha yoki elaklarda olib boriladi. Ruda saralovchi tasma ko‘pincha gorizontal joylashtiriladi. Tasmaning kengligi 1200 mm dan oshmaydi, xarakatlanish tezligi 0,2 dan 0,4 m/sek. gacha. Agar tasmaning kengligi 800 mm oshmasa saralovchilar tasma bo‘ylab bir-biridan 1,5-2 m masofada tasmaning bir tomonida, agar tasmaning kengligi bundan ortik bo‘lsa ikki tomonidan joylashadilar. Tasmada xarakatlanayotgan mahsulot qatlami qalinligi mahsulotdagi eng katta bo‘lak o‘lchamidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Mahsulot tasmada xarakatlanadi va saralovchilar qo‘lda puch tog‘ jinslarini yoki ruda bo‘laklarini qabul qiluvchi vagonchalarga soladilar. Puch tog‘ jinslari chiqindilar maydoniga jo‘natiladi, ruda bo‘laklari esa boyitmaga qo‘shiladi. Tasmada qolgan mahsulot qayta ishlashning boshqa operatsiyalariga uzatiladi.
Ruda saralash stollari-gorizontal, dumaloq, vertikal o‘q atrofida aylanuvchi bo‘ladi. Stol yuzasi disk yoki xalqa ko‘rinishiga ega. Oxirgi holda saralovchilar xalqaning ham tashqi tomonidan, ham ichki tomonidan joylashadilar.
Ruda saralash sharoitini yaxshilash maqsadida mahsulot bo‘laklari yuzasidagi changni yo‘kotish uchun suv bilan yuviladi, yoki minerallarning rangli yoki yaltiroqligidagi farqni oshirish uchun maxsus yoritish qo‘llaniladi.
Qo‘lda saralash o‘lchami 50-100 mm li mahsulot uchun qo‘llaniladi. Bundan kichik o‘lchamdagi mahsulotni saralash unumdorligi ortikroq yiriklikdagi mahsulot qo‘lda saralash uchun og‘ir.
Mexanizatsiyalashgan saralash minerallarning nur qaytarish qobiliyati, radioaktiv xususiyati, rentgen nurlari oqimida shu’lalanishi va x. k. larga asoslanadi.
76-rasmda olmosli rudalarni gravitatsiya usulida boyitish xomaki boyitmasidan olmosni rentgen-lyuminessent separatorlarda ajratish sxemasi keltirilgan.

76-rasm. Olmosli rudalarni boyitish uchun rentgan lyuminessent separatorlarning sxemasi.
1-bunker; 2-tebratkich; 3-voronka; 4-rentgen trubkasi;
5-rentgen nurlari; 6-fotokuchaytirgich; 7-elektromagnit; 8-yig‘uvchi.
Bunkerdan xomaki olmosli boyitma tebratkich orqali voronkaga bir qatlam xolida beriladi. Mahsulotdagi zarrachalar tushayotib rentgen trubkadan tarqalayotgan rentgen nurlari tutamini kesib o‘tadi. Olmos zarrachalari rentgen nurlari orqali o‘tganda lyuminessent yorug‘lik paydo bo‘ladi va fotokuchaytirgichda bu yorug‘lik ta’siri ostida elektr toki hosil bo‘ladi va elektromagnit o‘zagini xarakatga keltirib, voronkani chapga olmos uchun tarnovcha tomonga suradi. Olmos zarrachasi yig‘uvchi idishga tushadi. Fotokuchaytirgichdan tok berish to‘xtatilgandan keyin voronka prujina orqali normal holga keltiriladi.
Voronkaga olmosdan tashqari mineral zarrachalar tushsa tok xosil bo‘lmaydi va mahsulot orqali ikkinchi voronkada yana bir bor olmos ushlagichdan o‘tib chiqindi tomonga yo‘naltiriladi.
Separatorning ishlab chiqarish unumdorligi mahsulotning dastlabki yirikligiga bog‘liq holda 0,3 dan 2,4 t/soat oraligida tebranadi.
Mexanizatsiyalashgan saralash ko‘mirning yirik sinflarini, uranni va boshqa radioaktiv rudalarni, olmosli ruda va ohaktoshlarni boyitishda ishlatiladi.



Download 299 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling