Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264
ISBN 978-9943-26-719-0
G – 33


3
SO‘ZBOSHI
“Vatanimizning kelajagi, xalqimizning er-
tangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjami-
yatidagi obro‘-e’tibori, avvalambor, farzand-
larimizning unib o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson 
bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir”
Islom KARIMOV
Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan, barkamol, sog‘lom avlodni tar-
biyalab, yoshlarga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya tex-
nologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi 
amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil 
insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim, shubhasiz, poydevor 
vazifasini o‘taydi. O‘qish darslarida bolani qalban yuksak, ma’naviy 
boy qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonala-
ridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga 
o‘rgatish muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun birinchi navbatda, o‘quvchini o‘qish, bilim olishga 
ishtiyoqini o‘stirish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish zarur. Shun-
dagina ertangi kunning ishonchli egasi bo‘lgan farzandlarni munosib 
tarbiyalagan bo‘lamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprel-
dagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining 
davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiq-
langan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda Xalq 
ta’limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiq-
langan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1–4-sinflari uchun o‘qish 
fani dasturi amaliyotga joriy etildi. 
Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda o‘qish fanini 
o‘qitish ning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida kompetensi-
yaviy yondashuvga asoslangan DTS va o‘quv dasturlari asosida 4-sinf 
o‘qituvchilari uchun hamkorlik, didаktik o‘yin texnologiyalari va in-
tegratsiyalashgan ta’lim mazmunini ochib berishga qaratilgan ushbu 
metodik qo‘llanma yaratildi. Shuningdek, qo‘llanmadagi multimedia 
ilovalari o‘qitishning o‘yinli shakllari va mediatexnikalar bilan ishlash, 
pedagogik texnologiyalardan o‘rinli va mahorat bilan foydalanish o‘quv 
jarayonida o‘zlashtirishning yuqori ko‘rsatkichlariga erishish imkonini 
yaratadi.


4

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling