Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova
F – fikringizni bayon eting. S
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Arra” metodi.
- “O‘z o‘rningni top” mеtodi.
F
– fikringizni bayon eting. S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating. M – ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring. U – fikringizni umumlashtiring. Maqsadi: o‘quvchilar mashg‘ulotda o‘rganilayotgan mavzuning mu ho kamasi jarayonida unga doir masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini ba- yon qilish, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko‘rsatish, ularni tasdiq- lovchi misollarni keltirish va umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishga o‘rgatish. Vazifasi: o‘quvchilarni erkin fikrlash, o‘z fikrini himoya qilish, bosh qalarga fikrini o‘tkazish, ochiq holda bahslashish va bahs-muno- zara madaniyatiga o‘rgatadi. Masalan, N.A.Samarqandiyning “Sulton Maxmud va Beruniy” rivoyatida qo‘llanilgan. “Arra” metodi. Mazkur mеtodga ko‘ra kichik guruh 4-5 o‘quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari yangi mavzu yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydilar. Guruh ichida o‘quvchilar rivoyat matnini qismlarga ajratib, bo‘lib oladilar. Har bir o‘quvchi o‘ziga tеgishli qismini puxta o‘zlashtirib “mutaxassis”ga aylanadi. 7 Ma’lum vaqtdan so‘ng har bir kichik guruhdagi “mutaxassis”lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o‘tkaziladi. Shu tarzda ri- voyat mazmunini barcha o‘quvchilar o‘zlashtirib oladilar. Maqsadi: o‘quvchilarda muloqotlashuv, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish. Vazifasi: o‘quvchilarni guruh bilan ishlash, guruh a’zolariga o‘z fikrini tushuntirib, isbotlashga o‘rgatish. Masalan, Xondamirning “Tan- beh” rivoyatida qo‘llanilgan. “O‘z o‘rningni top” mеtodi. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarali va zi yatlarda muammoning yеchimini topishga yo‘naltirilgan. Bunda o‘quv chilar o‘z fikrini bayon qilishi, muloqot ko‘nikmalarini qaytadan tuza tishga imkoniyatlar mavjud bo‘ladi va dars so‘ngida o‘qituvchi to- monidan mavzuni o‘zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiri- ladi. Maqsadi: o‘quvchilarda o‘z fikrini bayon qilish, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish. Vazifasi: o‘quvchilarni muammoli vaziyatlar orqali mustaqil tarzda o‘z fikrlarini isbotlashga o‘rgatiladi. Masalan, Xans Kristyan Andersen- ning “Bolalar gurungi” ertagida (2-qism) qo‘llanilgan. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling