Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova
Metodik qo‘llanmaning tuzilishi
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
Metodik qo‘llanmaning tuzilishi
Ushbu metodik qo‘llanma 4-sinf “O‘qish kitobi” (S.Matchonov, A.Shojalilov, X.G‘ulomova, Sh.Sariyev, Z.Dolimov) darsligi asosida yaratildi. O‘quv reja bo‘yicha o‘qish darslariga 170 soat ajratilgan. Qo‘llanmada 119 ta mavzuga ilg‘or pedagogik va axborot-kommu- nikatsiya texnologiyalarga asoslangan namunaviy dars ishlanmalari beril gan. Mazkur metodik qo‘llanmada o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hamda kompetensiyalar yoritib berilgan. O‘quvchilar jamoada ishlash, mustaqil izlanish, erkin fikrlash, muammoli vaziyatlarning yechimini topa olish hamda maqsadli foy- dalanish va o‘rgatish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. O‘qish fanidan berilgan dars ishlanma namunalarida interfaol usullardan foy- dalanish, didaktik o‘yin texnologiyalar o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, darslikning 119 ta mavzusiga multimedia ilovalari yaratilgan. Jumladan, ularga 32 ta animatsiya, 24 ta videolavha, 6 ta qo‘shiq, 102 ta lug‘at ishi, 86 ta ta’limiy o‘yin, 30 ta test topshiriqlari kiritilgan. Multimedia ilovaning birinchi sahifasida poytaxtimiz Toshkent shah rining zamonaviy binolari, Registon maydoni, Amir Temur haykali, Mustaqillik maydoni arkasidagi laylak tasvirlari musiqa sadolari os- tida ko‘rinadi. Mundarijaga o‘tish uchun sahifa burchagidagi kitob tas- viriga bosiladi. Mundarijada 119 ta namunaviy darslarning mavzulari ko‘rsatilgan. Dars mavzusi yozilgan qator kursor orqali tanlansa, o‘sha darsga tegishli sahifa ochiladi. Multimedia ilovada mavzuga oid animatsiya, videolavha, ta’limiy mashqlar va krossvordlar berilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning tasav- vurlarini kengaytirib, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 5 Lug‘at ustida ishlash o‘quvchilarning so‘z boyligini va nut qi ni o‘stiradi. Mustaqil fikrlash hamda ijodiy ishlash ko‘nikmalarini shakl- lantiradi. O‘qish darslarida tayanch va fanga oid kompetensiya elementlari 119 ta dars ishlanmalarining maqsadlarida quyidagicha ko‘rsatilgan: Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling