Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   264
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Nihollarning nolasi” hikoyasi o‘qittiriladi, mazmuni so‘zlatiladi. 
Mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
– Bolalar qayerga nihol ekishdi?
– Nihollar qachon nobud bo‘ldi?
O‘quvchilar bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Mozaika” mashqi. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga 
bo‘li nadilar. Har bir kichik guruhlarga suv tasvirlangan rasmli 
konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida 
yig‘adilar.
III. Yangi mavzu bayoni.
– Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan?
O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
– Bugun biz sizlar bilan Zafar Diyorning “Suv bilan suhbat” she’ri 
bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan suv, uning ahamiyati haqida suhbatlashib, fikrlari 
tinglanadi. 
– Hayotimizda suvning ahamiyati qanday?
– Suvsiz qancha vaqt yashay olamiz?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. 
She’r muallifi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Suv” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Suv 
bilan suhbat” she’ri matni o‘qiladi.
O‘qituvchi “Suv bilan suhbat” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r 
mazmuni tushuntiriladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida 
“Suv bilan suhbat” she’ri o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savol va topshiriqni o‘qib, ularga javob berishadi:
She’rda suvning oqishi nimalarga o‘xshatiladi?
– 
She’rni rollarga bo‘lib ifodali o‘qing.
– 
“Maqolni yig‘” o‘yini. Ekranda katakchalar ko‘rsatiladi. Uning
atrofiga maqolning bo‘g‘inlari tomchi shaklida tarqatib yuboril-
gan bo‘ladi. O‘quvchilar maqolni yig‘adilar. Ja vob: Suv – hayot manbayi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling