44
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida
“Eng ulug‘ fazilat” ertagi o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
“O‘yla, izla, top” o‘yini. O‘quvchilar
darslikdagi savollarni
o‘qib, ularga javob berishadi:
Ota o‘g‘illarini qanday sinab ko‘rdi?
–
Nima uchun kenja o‘g‘ilning ishi otasiga juda ma’qul keldi?
–
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Eng ulug‘ fazilat” ertagini o‘qish.
26-dars
Mavzu: “Har kim ekkanin o‘rar” (
Munavvar qori Abdurashidxonov).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga qarindoshlik rishtalarining qanchalik mu-
him ligi haqida ma’lumot berish, “Har kim ekkanin o‘rar”
ertagi bi-
lan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini
shakl lantirish.
TK 2: mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli
munosabat bildirish.
Do'stlaringiz bilan baham: